228
sikli smolasi ko‗p bo‗lgan xomashyo uchun 48 soat, yengilroq xomashyo uchun
60 soat.
Kameralarning ish grafigi:
Boshqa kameraga olish - 0,5 с
Kamerani sovutish: suv bug‗i bilan -2,0 с
Suvni tushirish - 3,0 с
qopqog‗ini olish -2,0 с
Koksni tushirish - 6,0 с
Kamerani ishga tayyorlash - 8,0 с
Xomashyoni berish - 24,0 С
Jami : 48,0 soat.
Kameralar 0,4 va 0,18 MPa bosimda ishlashga moslashgan.
Kam smolali xomashyo 0,4
MPa da ishlanadi, bunda parchalangan
moddalarni miqdori ko‗p bo‗ladi, bug‗larni
tezligi meyordagidan oshib
ketmasligi va kameradagi mahsulotlarni kolonnaga o‗tib ketishini oldini olish
uchun 0,4 MPa bosimda ishlanadi.
5.12 -jadval
Koksning sifati xom ashyoni kameraga kelayotgandagi haroratga bog‗liq:
Ko‗rsatkichlar
490
0
С
500
0
С
510
0
С
Uchuvchi
moddalar,%
10,0
7,0
6,8
Ezilishga vaqtinchalik qarshiligi, MPa
5
8
10
g‗ovakligi, %
50,0
40,0
33,0
Xomashyoni berishning hajmiy tezligi 0,12-0, 13 va 0,08-0,1с
-1
.
Ba‘zi bir qurilmalar koksni qizdirish moslamalari bilan ta‘minlanadi. Bu
moslamalarda koks 1200-1300
0
С da qizdiriladi va yuqori sifatli koks olinadi.
Uni grafitlangan elektrdlar olish uchun ishlatiladi.
Uzluksiz kokslash jarayoni
Mutaxassislar kokslash jarayonini
uzluksiz usulda o‗tish
borasida
tadqiqotlar olib borib ijobiy natija olganlar.
Uzluksiz usulda reaktorda issiqlik
229
tashuvchi (teplonositel‘) vazifasini koksni mayda zarrachalari bajaradi.
Reaktorda koksni mayda zarrachalarini sirtida xomashyo yupqa qatlam shaklida
yopishadi. Zarrachaning issiqligi tufayli xomashyo
tarkibidagi yengil uchuvchi
moddalar bug‗lanib navbatdagi o‗zgarishlarga uchraydi. Zarrachani sirti koks
bilan qoplanadi. Bu jarayon bir necha marotaba qaytariladi. Zarrachaning hajmi
kattalashgach reaktordan chiqib ketadi.
Uzluksiz kokslanishni 3 ta bosqichga bo‗lish mumkin:
1) zarrachani sirti
xomashyo bilan qoplanishi, yengil moddalarni hosil
bo‗lishi (koks hosil bo‗lishi);
2) koksni quritish va qizdirish natijasida yengil moddalar
ajralib chiqadi;
3) ajralib chiqqach moddalarni parchalanish va zichlanish reaksiyalari.
Reaktordagi yuqori harorat (500
0
С) va reaktorga suv bug‗ini berilishi
natijasida yengil moddalar tez bug‗lanadi va reaktordan tez olib chiqib ketadi.
Natijada ikkilamchi zichlanish moddalari hosil bo‗lmaydi.
Shu sababli koksni
hosil bo‗lish miqdori, yarim uzluksiz jarayonga nisbatan kamroqdir. Uzluksiz
jarayon 50-chi yillarning o‗rtasida sanoatda joriy qilindi.