245
Т va Р
у
ning parametrlari piroliz jarayonining selektivligini belgilaydi.
Selektivlik darajasi deganda asosiy mahsulotlar (etilen)
chiqishining, kam
ahamiyatli mahsulotlar (metan, etan, С
5
fraksiya va boshqalar) chiqishiga
nisbati tushuniladi.
Т ning qiymatining ortishi va Р
у
ning kamayishi bilan selektivlik darajasi
ortadi.
Uglevodorodlar termik jihatdan beqaror birikmalar hisoblanadi. Qizdirish
jarayonida ular nisbatan yengil birikmalar hosil qilib parchalanadi, bunda
reaksiyaning so‗nggi mahsulotlari uglerod va vodorod hisoblanadi.
Piroliz jarayonida yuqori miqdorda olefinlar
olishning termodinamik
imkoni alohida uglevodorodlarning, yuqori temperaturalargacha qizdirish
jarayonida, termik barqarorligining turlicha bo‗lishiga asoslangan.
650
о
С gacha bo‗lgan temperaturalar oralig‗ida xom ashyoning
boshlang‗ich
komponentlari, 650-900
о
С oralig‗ida – olefinlar, 900-1050
о
С
oralig‗ida atsetilen uglevodorodlari, 1050
о
С dan yuqori temperaturalarda –
uglerod va vodorod yuqori barqarorlikga ega. Keltirilgan chegaralar ma‘lum
darajada shartli hisoblanadi.
Qurilmada etanning pirolizi 810-850
о
С temperaturalar oralig‗ida olib
boriladi. Jarayonning temperatura rejimi mavjud pirolizga uchratiladigan xom
ashyo bilan aniqlanadi. Piroliz gazining zmeyevikdan
chiqish temperaturasi
belgilovchi
temperatura
hisoblanadi.
Etanning
konversiya
darajasi
temperaturaga to‗g‗ri proporsional, shuning uchun temperatura rejimini
o‗zgartirish yo‗li bilan, pechga beriladigan xom ashyo miqdorini (siklga
qaytariladigan etanni hisobga olgan holda) tartibga solish mumkin.
Xom ashyoning 1 % ning konversiya (pirolizga uchrashi) temperaturasi
piroliz reaksiyasining shartli boshlanish
temperaturasi hisoblanadi, bu etan
uchun 750
о
С ga to‗g‗ri keladi, shuning uchun piroliz zmeyevikini, turli
vazifalarni bajaruvchi, bir necha zonaga bo‗lish mumkin.
246
Radiant
zmeyevikning
uzunligi
bo‗yicha
temperaturalarning
taqsimlanishi,
piroliz natijalari uchun, katta ahamiyatga ega. Temperatura egri
chizig‗ining shakli, reaksiyaga kirishuvchi oqimning piroliz zonasining so‗nggi
(oqim yo‗nalishi bo‗yicha) uchdan bir qismi davomidagi temperaturalar
farqining, umumiy piroliz zonasidagi temperaturalar farqiga nisbati sifatida
qabul qilinadigan, profil omili bilan tavsiflanadi.Temperatura egri chizig‗ining
to‗g‗ri chiziqli shakli uchun profil omili 0,33 ga teng, botiq egri chiziq uchun u
bu qiymatdan ortiq, qabariq egri chiziq uchun u bu qiymatdan kam bo‗ladi.
Boshqa sharoitlar birxil bo‗lganda, temperatura egri chizig‗ining qabariq
shakli etilen va aromatik uglevodorodlar chiqishining ortishiga, botiq shakli esa,
odatda, nisbatan yuqori molekulyar olefinlar –
propilen, butilen, butadiyen
chiqishining ortishiga yordam beradi.
Temperatura profilini tartibga solish yordamida, ma‘lum chegaralarda
piroliz mahsulotlari tarkibini o‗zgartirish mumkin (zonalar bo‗yicha
tartibga
solish).
Vertikal joylashgan piroliz zmeyeviklari uchun pirolizning temperatura
egri chizig‗ining bir tekis ortib borishi va reaksiya rejimining keskin
o‗zgarishining oldini olishni ta‘minlash uchun, bir quvurning yuqori va quyi
nuqtalari orasida metalning tashqi yuzasi temperaturalar farqining ruxsat etilgan
qiymati
belgilanadi, SRT-VI turdagi zmeyeviklar uchun u 60
о
С dan ortiq
bo‗lmasligi lozim.