Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
 
 
 
 
 
 
 


247 
Xulosa
Reaksion kameralarning qo‗llanilishi issiqlik quvvati kam bo‗lgan 
pechlardan foydalanish imkonini berib, tutunli gazlar issiqligini utilizatsiya 
qilishni osonlashtiradi va bu suv bug‗larini kam miqdorda ishlab chiqarilishiga 
olib keladi. Reaksion kamerali visbreking jarayonini intensiv joriy etilishining 
sababi bo‗lgan, eng asosiy afzalliklaridan biri, energiya xarajatlarining 
kamligidir. Eng samarali konstruksiya sifatida vertikal silindrik reaksion 
kameralar tanilgan. Ko‗rsatilgan kameralarning qo‗lanilishi xomashyoni 
reaksion serpantinda chuqur qayta ishlanishini kamaytirish va uni soker-
kamerada kerakli qiymatga yetkazishga imkon beradi. Visbreking-qoldiq og‗ir 
xom-ashyoni bir martalik termik kreking jarayonini yumshoq sharoitda olib 
borishdir. 
Visbrekingning 
namunaviy 
xom-ashyosi-mazutlar, 
neftlarni 
atmosferada yoki vakuumli gudronlarni qayta haydash natijasida olinadi. 
Qizdirilmaydigan kamerada sekin kokslash jarayoni yirik bo‗lakli neftli koksni 
olish uchun mo‗ljallangan va asosiy maqsadli mahsuloti benzin va gazni yengil 
va og‗ir gazoylli tozalash hisoblanadi. Kokslashda xomashyo sifatida - kam 
oltingugurtli atmosfera va vakuumli neft qoldiqlari, slanetsli smola, bitumli 
qumning og‗ir nefti, toshko‗mirli va gil‘sonit xizmat qiladi. Koksning bosh 
iste‘molchisi alyuminiy sanoati hisoblanadi, bunda koks alyuminiy konidan 
alyuminiyni eritib olishda tiklovchi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari 
po‗lat eritish pechlarida grafitli elektrodlarni tayyorlashda, karbid (kal‘siy, 
kremniy) va oltingugurtlarni olishda koks xomashyo sifatida foydalaniladi. 
Neftni qayta ishlash zavodlarida turli jarayonlardan hosil bo‗lgan qoldiq 
fraksiyalar va ba‘zi bir og‗ir fraksiyalarni kokslash jarayoniga berib, bu 
fraksiyalardan neft koksi va suyuq mahsulotlar olinadi. Chiqindi sifatida 
uglevodorodlardan iborat koks gazi olinadi. Mutaxassislar kokslash jarayonini 
uzluksiz usulda o‗tish borasida tadqiqotlar olib borib ijobiy natija olganlar. 
Uzluksiz usulda reaktorda issiqlik tashuvchi (теплоносителъ) vazifasini koksni 
mayda zarrachalari bajaradi. 


248 

Download 15,32 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish