Jarayonda qo‗laniladigan katalizatorlar




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Jarayonda qo‗laniladigan katalizatorlar 
Dastlabki bosqichda sanoatda riforming jarayoni samaradorligi past 
bo‗lgan xrom oksidi va molibden oksidi ishtirokida 1 MPa bosimda va 540-
560
0
С haroratda olib boriladi. Bu katalizatorlarda aromatik, uglevodorodlar 
asosan naftenlardan hosil bo‗ladi. Harorat yuqori va bosim past bo‗lgani uchun 
kreking reaksiyasi sodir bo‗ladi va katalizatorlarni sirti yuzasi tezda koks bilan 
qoplanadi. Shuning uchun bosim 1,4 MPa ga ko‗tariladi. Buning natijasida 
degidrogenlanish reaksiyasini borishi sekinlashdi. Jarayon ikkita reaktorda 
navbat bilan 6-8 soatdan olib boriladi. Shu vaqtda ikkinchi reaktorda 
kattalizatorlarni sirtiga o‗tirgan koks yondiriladi. Shu sababli asosiy tadqiqotlar 
yuqori samaradorli katalizatorlarni izlashga yo‗naltiriladi. 
1940 yillarda alyumoplatina katalizatori ixtiro qilingan. Bu katalizatorni 
ikkita funksiyali, bo‗ladi: 
1) katalizatorda asosi tashuvchi 

- alyuminiy oksidi

- Al
2
O
3
va 
alyumosilikatlar faol asos bo‗lib, ularda proton va proton kislota markazlari 
mavjuddir. Bu markazlarda naften halqalarini izomerlanishi, parafinlarni 
parchalanishi va hosil bo‗lgan kichik molekulali parafinlar va olefinlarni qisman 
izomerlanishi (keyinchalik olefinlarni to‗yinishi) sodir bo‗ladi. 
2) Asosni sirtiga juda mayda zarrachalar shaklida o‗tirgan platina 
gidrogenlash-degidrogenlash reaksiyalarini boshqaradi. Xomashyoga НСl yoki 
HF qo‗shib berilganda katalizatorni asosida sodir bo‗ladigan reaksiyalar 
kuchayadi, parafinlarning izomerlanishi ko‗payadi. 
Platinani miqdori 0,08% bo‗lganda yetarli hisoblanadi, ammo sanoatdagi 
katalizatorlarda platinani miqdori 0,5-0,6% mass.ga tengdir. Platforming 
jarayoni 480-530
0
С 
harorat 
va hajmiy tezligi 1,5 dan 4,0 с
-1
gacha olib boriladi, 
bu bosimni 3-4 MPa gacha ko‗tarishga imkoniyat beradi. Natijada qurilmada bir 
necha oygacha uzluksiz ishlashga imkoniyat bo‗ladi (12 oy). Yengil benzin 
fraksiyalaridan aromatik uglevodorodlar olishda bosim 1,5 -2 MPa gacha 


252 
kamaytiriladi. 
Keyingi vaqtlarda, sanoatda platina - reniy katalizatorlari qo‗llanilmoqda. 
Bu katalizatorlarda platina 0,4% mass. va shuncha reniy bor. Reniy platina 
kristallarini yiriklashishiga yo‗l qo‗ymaydi. Natijada katalizator uzoq vaqt 
muntazam ishlaydi, narxi arzonlashadi. Jarayonning harorati 470-500
0
С va 
bosim 1,5-2,0 MPa gacha pasaydi. 
Reniydan tashqari germaniy, iridiy, rodiy, kaliy va qo‗rg‗oshin metallari 
ham ishlatiladi. Shuning bilan birga uch metalli Jr-Рt -Rе yoki Pt-Re-Ge 
katalizatorlari ham bor. Bu katalizatorlar parafinlarni izomerlash va 
degidrotsikllash reaksiyalarini kuchaytirishga imkoniyat yaratadi, bosim 1,5-2,0 
MPa gacha kamayadi. Katalizatdagi aromatik uglevodorodlarni yarmiga yaqini 
parafinlardan olinadi. 
Bu katalizatorlarga beriladigan xomashyoning tarkibida oltingugurtning 
miqdori 0,0001% mass. dan oshmasligi lozim. Xlorni miqdori esa 0,8-0,9 % 
ligicha qolaveradi. 
Sobiq Sovetlar Ittifoqida kashf etilgan platina-reniy katalizatorlari shartli 
ravishda KR-102, KR-102s, KR-104 deb atalgan. Katalizatorni faolligi va 
barqarorligini saqlab turish uchun jarayonning haroratini sutkasiga AP-
katalizatori bilan ishlaganda 2-3
0
С 
haroratga KR- katalizatori bilan ishlaganda 
1,1-0,6
0
С 
haroratga 
ko‗tarib boriladi. Bu KR katilazatorini barqarorligini 
tasdiqlaydi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jarayonda qo‗laniladigan katalizatorlar

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish