266
zonasida bosim oshganida asosan mazutdan tashkil topgan xomashyoning to‗liq
bug‗lanmasligi ro‗y beradi, bu esa asfalt-smolali moddalarga to‗yingan suyuq
fazaning paydo bo‗lishiga olib keladi. Bu faza katalizator bo‗shliqlariga oson
kirib boradi va u yerda koksga aylanadi. Natijada koks hosil bo‗lishi ortadi,
katalizator faolligi va benzinning chiqishi kamayadi. Reaktorda bosimning
oshishi to‗yinmagan
uglevodorodlarning polimerlash
reaksiyalarining
tezlashishiga olib keladi, bu ham uning miqdor va sifat ko‗rsatgichlariga salbiy
ta‘sir ko‗rsatadi. Reaktor ishchi zonasida bosimning oshishi bir qator sabablarni
keltirib chiqaradi va ularning eng asosiylari quyidagilardir:
- uglevodorod gazlari chiqishining ko‗p miqdorda oshishi;
-kondensator-sovutgichlarning ularga sovuq suv (havo) yetarlicha
yetkazilmasligi yoki quvur yuzalariga tuzlarning to‗planishi sababli qoniqarsiz
ishlashi;
- kompressorning qoniqarsiz ishi sababli bosh fraksiyalash kolonnaning
ta‘minlash idishidan gazlarning yetarlicha olib chiqilmasligi;
- likopchalar klapan kesimlarining koks va korroziya
mahsulotlari bilan
to‗silib qolishi;
- siklonlarning ortiqcha yuklanishi;
- havoni reaktordan regeneratorga kokslangan katalizatorni olish qismiga
havo purkovgichlarning notekis ishlashi;
- suv bug‗ining reaktorga juda ko‗p miqdorda kiritilishi.
Reaktorda bosimning pasayishi bilan uglevodorodlarni katalizator yuzasi
va bo‗shliqlarida adsorbsiyalanish sharoiti yomonlashadi. Bunda xomashyo
uglevodorodlarning va birlamchi kreking mahsulotlarining bir qismi katalizator
bilan yomon ta‘sirlashadi. Ularni krekinglash faqatgina yuqori harorat ta‘sirida
katalizator ishtirokisiz olib boriladi hamda bu uning o‗rtasidagi uglevodorodlar
zanjirini parchalab to‗yingan va to‗yinmagan uglevodorodlar hosil bo‗lishiga
sabab bo‗ladi. С
5
- С
9
uglevodorodlar zanjirining bunday parchalanishi
tarkibida ko‗p miqdorda to‗yinmagan uglevodorodlar bo‗lgan С
2
– С
4
gazlarning
ko‗p miqdorda hosil bo‗lishiga olib keladi. Bundan tashqari, bosimning
267
pasaytirilishi kokslangan katalizatorning reaktordan regeneratorga oqib o‗tishini
sekinlashtiradi. Bu bir tomondan, reaktor bug‗latish zonasida katalizator qavati
sathining oshishiga va natijada katalizatorni siklonlarga ularning ishini
qiyinlashtirib olib chiqilishini oshirilishiga olib keladi.
Boshqa tomondan,
regeneratorga tushuvchi kokslangan katalizator miqdorining kamayishi uning
harorat rejimini buzadi. Qayd etish kerakki, oson uchqunlanuvchi va portlash
xavfi bo‗lgan moddalar mavjud bo‗lgan reaktorga kislorod kirishining oldini
olish uchun reaktorda bosim regeneratorga nisbatan har doim
balandroq ushlab
turiladi. Bu apparatlar orasidagi bosimlar farqi 14-30 kPa ni tashkil etishi kerak.
Bosimlar farqi qiymatlari ushbu chegaradan oshganida ovozli signalizator ishga
tushadi. Umuman olganda, reaktordagi bosim jarayon natijalariga ta‘sir
qilmaydigan omildir. Biroq uning xavfsizligini, katalizatorning barqaror
aylanishi va mahsulotlarni reaktordan rektifikatsiyalash kolonnasiga chiqishini
belgilaydi.
Xomashyoning katalizator bilan kontaktlashuv vaqti. Zamonaviy yuqori
faol katalizatorlar uglevodorodlar kreking reaksiyalarini bir-birlari bilan qisqa
vaqt ta‘sirlashuvida olib borishga imkon beradi. Xomashyoning katalizator bilan
kontakt vaqti bu – xomashyoning bug‗lanish va uning bug‗larini reaksiya
haroratigacha qizdirish, katalizator bo‗shliq tuzilmalari
yuzasida xomashyo
uglevodorodlarining adsorbsiyasi, reaksiyaning borishi va hosil bo‗lgan
mahsulotlarni gazmahsuloti oqimiga chiqarish uchun kerak bo‗ladigan vaqtdir.
Ushbu ko‗rsatgichga ko‗ra qurilmaning belgilangan unumdorligi uchun
reaktorning hajmlari hisoblab chiqiladi. Aniq bir katalizator uchun kontakt vaqti
sinov qurilmasida maxsus tadqiqot natijalariga ko‗ra aniqlanadi. MSSS katalitik
kreking qurilmasi reaktorida xomashyoning katalizator bilan umumiy kontakt
vaqti unumdorlik 150-250 t/soat bo‗lganda 6,5-10,5 sekundni tashkil qiladi.
Shartli ravishda reaktor reaksion hajmini ularda gazmahsulot aralashmasi
turlicha vaqtda bo‗ladigan uchta reaksion zonaga bo‗lish mumkin. (6.4-rasm).
Uning reaktor bo‗ylab
harakati davomida, oqim tezligining oshishi
natijasida kontaktlashuv vaqti zonadan zonaga kamayib boradi. Buning sababi
268
reaktor 2 – zonasida kesim yuzasining kamayishi va xomashyoga nisbatan
yengil kreking mahsulotlari hosil bo‗lishi hisobiga reaksiya aralashmasini
hajmining ortishidir. Bu vaqtda katalizatorning
asosiy qismi reaksion
aralashmadan 1 – zonaning o‗zidayoq ajraladi. Reaktor balandligi bo‗ylab
kontakt vaqtini qisqartirish kreking mahsulotlarining koks va gazga singib
ketishining oldini oluvchi muhim omil hisoblanadi.
Reaktorning birinchi (pastgi) reaksion zonasi katalizator bug‗latish
seksiyasi (stripper) ustida joylashgan va o‗rtacha 80 м
3
hajmga ega. Unda
reaksion aralashma bo‗lishining maksimal vaqti 4-8 soniyani tashkil etadi.
Ammo xomashyoni katalizatorning asosiy massasi bilan kontakti 0,8-1,5
soniyani egallaydi.