284
hisoblanadi.
Katalitik riforming – benzin fraksiyalarining uglevodorod tarkibini tubdan
o‗zgartirishga va shu bilan ularning antidetonatsiyali xossalarini sezilarli
yaxshilashga imkon beruvchi turli ko‗rinishdagi reaksiyalarni o‗z ichiga oluvchi
murakkab kimyoviy jarayondir. Uch xil turdagi reaksiya jarayonning asosi
bo‗lib xizmat qiladi (suvsizlantirish va degidrotsiklizatsiyalash, izomerlash,
gidrokreking).
1.Quyida aromatik uglevodorodlar shakllanishiga
olib keluvchi eng muhim
reaksiyalar sanab o‗tiladi. Ularning barchasi katta miqdordagi issiqlik yutilishi
bilan kechadi.
- beshbog‗li sikloalkanlarni degidroizomerlash.
- alkanlarni aromatlashtirish (degidrotsiklizatsiyalash).
2.
Uglevodorodlarni izomerlash – katalitik riforming uchun xos bo‗lgan
boshqa turdagi reaksiyadir. Beshbog‗li va oltibog‗li sikloalkanlar qatori
aromatik uglevodorodlar kabi alkanlar ham izomerlanadi:
3.Jarayonda gidrokreking va gidrogenoliz kabi reaksiyalar muhim rol
o‗ynaydi. Benzin fraksiyalarida mavjud bo‗lgan
parafin uglevodorodlarini
gidrokrekinglash gaz hosil bo‗lishi bilan kechadi,
С
8
Н
18
+ Н
2
→ С
5
Н
12
+ С
3
Н
8
,
Bu esa jarayonning amalga oshuvchanligini yomonlashtiradi.
Boshqa tomondan, alkilbenzollarni gidrodealkillash analogik reaksiyasi
katta amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan benzolning pastmolekulyar
gomologlarining chiqishini oshirishga imkon beradi:
С
6
Н
5
С
3
Н
7
+ Н
2
→ С
6
Н
6
+ С
3
Н
8
Shuningdek, turli izomer tuzilmaga ega bo‗lgan parafin uglevodorodlarida
siklopentan halqasining ochilishiga va beshbog‗li sikloalkanga aylanishiga olib
keluvchi reaksiyalar ham sodir bo‗ladi.
Riforming sharoitlarida katalizator ishining faolligi va barqarorligiga
katta
ta‘sir ko‗rsatuvchi boshqa reaksiyalar ham kuzatiladi. Ularga oltingugurtli,
azotli, xlorli birikmalarni parchalashga taalluqli va shuningdek katalizatorda
285
koks hosil bo‗lishiga olib keluvchi reaksiyalar kiradi.
Koks hosil bo‗lishi kondensatsiyalangan og‗ir aromatik uglevodorodlar va
polimerlar paydo bo‗lishiga olib keluvchi murakkab guruhga kiruvchi kimyoviy
reaksiyalar natijasi hisoblanadi. Boshqa mahsulotlarga taqqoslaganda yuqori
C/H
nisbatli
bunday
mahsulotlarning
hosil
bo‗lishi
olifenlarni
degidrotsiklizatsiyalash, disproporsionlash,
alkillash, polimerlash reaksiyalari
natijasi bo‗lishi ham mumkin.
Yuqori qaynash chegarasiga ega bo‗lgan xomashyolar tarkibida katta
miqdorda poliaromatik uglevodorodlar bo‗ladi, shu sababli ular kokslanishga
yuqori moyillikka ega bo‗ladi. Yuqori harorat polimerizatsiyaga hissa
qo‗shganligi sababli, reaktorda yuqori haroratning lokal zonalari hosil bo‗lishiga
olib keluvchi yomon taqsimlanishi koks hosil bo‗lishiga sharoit yaratadi.
Katalizatordagi koks cho‗kindisi uning faolligi va
ajratuvchanligini sezilarli
kamaytiradi.
Yuqorida sanab o‗tilgan reaksiyalarning eng asosiylari dastlabki uchtasi
bo‗lib ularning mexanizmlarini ko‗rib chiqamiz.