Katalitik krekingning 1-A/1-M qurilmasi




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
7.2. Katalitik krekingning 1-A/1-M qurilmasi 
7.1-rasmdagi qurilmaning sxemasida quyidagi bloklar mavjud: reaktor 
(reaktor va regenerator, transport chiziqlari bilan birikmalari), pogonogaz-
ajratgich (asosiy kolonna, bug‗lantirsh kolonnalari, gaz-suv-ajratgichlar) va 
qizdirgich (pech, issiqlik almashtirgich, sovutgichlar). Xomashyo nasos (22) 
issiqlik almashtirish apparatlari (21) orqali beriladi, u yerda ketuvchi issiqlik 
oqimining hisobiga 200°Сgacha qizdiriladi va zmeyevik pechiga (9) beriladi. 
Pechda 260 - 270°Сgacha qizdirilgan xomashyo katalizator bilan aralashish 
uchun tugunga to‗planadi. Olingan suspenziya suv bug‗ining bosimini ta‘siri 
ostida qiya holdagi lift-reaktorga (6) va reaktor-ajratgichga (7) beriladi. Bir 
vaqtning o‗zida boshqa aralashtirish tuguniga retsirkulyat beriladi va ustun (5) 
bo‗yicha reaktorning (7) mavhum suyultirish qatlamiga to‗planadi.
Kreking mahsulotlari (gazlar va bug‗lar) ikki pog‗onali siklonlarni tizimi 
orqali o‗tadi, u yerda katalizatorning changlari ushlanadi, rektifikatsiya 
kolonnasining (13) pastki qismidan kiritiladi. 
Kokslangan katalizator reaktorning bug‗lantirish seksiyasidan (7) chiziq 
bo‗yicha (3) regeneratorga tashiladi; shu yerning o‗ziga katalizatorning sirtidan 
koksni yoqish uchun havo beriladi. Regeneratsiyalangan katalizator ustunlar 
bo‗yicha (2 va 4) aralashish tugunlariga xomashyo va retsirkulyat bilan 


291 
aralashish uchun tushiriladi. Regeneratsiya gazlari regeneratorning ikki 
pog‗onali siklonlarini tizimi orqali o‗tib apparatdan yuqoriga chiqariladi. 
Kolonnada (13) kreking mahsulotlari gazga, benzin, yengil va og‗ir 
gazoylga ajratiladi. Gaz, benzinning bug‗lari va suvning bug‗lari yuqoridan olib 
chiqiladi, havoli sovutish apparatida sovutiladi (18) va gaz-suv-ajratgichga (19) 
to‗planadi. Benzin nasos (20) bilan qisman sug‗orish sifatida kolonnaning (13) 
qismiga beriladi, qolgan qismi esa barqarorlashtirish blokiga beriladi, gaz esa-
fraksiyalash seksiyasiga beriladi.
Kolonnaning yon pog‗onalari (13)-yengil va og‗ir gazoyl‘ – kolonnadan 
bug‗lantirish kolonnasining (14) mos bo‗lgan seksiyalariga olib chiqariladi. 
Seksiyaning pastki qismidan bu fraksiyalar nasoslar (17 va 16) yordamida 
olinadi, issiqlik almashtirgich (21) orqali haydaladi, u yerda uning issiqligi 
hisobiga xomashyo qizdiriladi, keyin havoli sovutish apparatlari (18) orqali 
qurilmadan rezervuarga chiqariladi. Og‗ir gazoylning bir qismi (16) nasos 
yordamida regeneratsiyalangan katalizator bilan retsirkulyat sifatida aralashish 
tuguniga beriladi.
Kolonnaning (13) pastki seksiyasidan sug‗orish sifatida og‗ir gazoyl‘ 
beriladi, nasos (11) chiqarib olinadi va apparat orqali (8) haydaladi; bunga 
sug‗orishni kiritilishi katalizatorning changlarini chiqib ketishini oldini oladi. 
Kolonnaning (13) pastki qismidan katalizator changini kreking mahsulotining 
og‗ir suyuqliklarini aralashmasi olinadi va quyqum ajratgichda (15) kirib keladi. 
Bu yerdan quyqum nasos (12) yordamida reaktorga (7) qaytariladi, dekantat esa-
aromatli krekingning og‗ir gazoyli – qurilmadan olib ketiladi. 


292 

Download 15,32 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Katalitik krekingning 1-A/1-M qurilmasi

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish