293
qurilmasida platinali katalizatorda ishlaydi hamda platforming deyiladi.
Jarayonning olib borilishi - yuqori oktanli avtomobil benzinlarining
bazasini ishlab chiqarish hamda individual aromatik
uglevodorodlarni olish
hisoblanadi: benzol, toluol, ksilol. Jarayonni olib borish natijasida yoqilg‗ilarni
gidrotozalash jarayonlarida keng foydalaniladigan vodorod tarkibli gaz (texnik
vodorod), yog‗li va boshqa fraksiyalarni hamda gidrokreking qurilmalarida
yoqilg‗ilarni olish.
Katalitik krekingning xomashyosi uchun to‗g‗ri haydaladigan benzinlarni
fraksiyalari hisoblanadi: yuqori oktanli fraksiyani olish uchun keng fraksiya 85-
180°С, fraksiyani 62-65, 85-115 va 115-150°Сda benzol, toluol va ksilollar
olinadi. Ba‘zida to‗g‗ri quviladigan benzin fraksiyasiga past oktanli benzinlarni
kokslanishi, termik kreking qo‗shiladi. Xomashyoning tarkibidagi oltingugurt
katalizatorni buzadi (dezaktivatsiyalaydi),
shuning uchun platformingda
xomashyoni gidrotozalash qatnashadi. Katalizatorning dezaktivatsiyasini
minimal darajasi xomashyodan foydalanilganda oltingugurtning tarkibi 0,01%
(massasiga nisbatan) ni tashkil qiladi.
Katalitik riformingda neftli fraksiyalarning uglevodorodlari boshqa
tarkibga o‗tishiga duchor bo‗ladi, natijada aromatik uglevodorodlar hosil
bo‗ladi. Bu-olti a‘zoli naftenli uglevodorodlarni degdratatsiyalanishi, besh a‘zoli
alkillashtirilgan naftenlarni degidroizomerlanishi va
parafinli uglevodorodlarni
degidrotsiklonlanishi; birgalikda parchalanish reaksiyasi bo‗lib o‗tadi va
aromatik
uglevodorodlarni
dealkillanishi
hamda
ularni
zichlanishi
katalizatorning yuzasida koksni yotqizig‗ini bo‗lishiga olib keladi. Katalizatorni
kokslanishini va reaktorda chegarasiz uglevodorodlarni gidratlanishini oldini
olishda yuqori oktanli benzinni olish uchun vodorodning bosimi 3-4 MPa da va
individual aromatik uyevorodlarni olishda 2 MPa da bosim ushlab turiladi.
Asosiy reaksiyalarning hammasi manfiy issiqlik effektida olib (isiqlikni
yutilishi) boriladi, bunda jarayonning umumiy issiqlik samarasi uglevorodlarni
chuqur aylanishi bilan aniqlanadi. Jarayonni olib borishda harorat (480-520°С)
pasayadi, xomashyoni aylanishini davom etmaydi.
Shuning uchun xomashyoni
294
to‗liq aylanishida aylanmagan xomashyo aralashmasini oraliqli qizdirish,
mahsulotlarni reaksiyasi va bir nechta ketma-ket reaktorlardan (amalda uchta)
foydalaniladi.
Yuqori oktanli benzin komponentini chiqishi 80-88% ni (massasiga
nisbatan) tashkil qiladi, uning oktan soni 80-85 (motorli metodda) qarshi holatda
30-40 xomashyo uchun.
Riforming jarayonining asosiy sanoat katalizatori alyumin platinli
katalizator hisoblanadi (0,3-0,8%
massasiga nisbatan, platinali alyuminiy
oksidi); oxirgi yillarda platina bilan reniy asosiga kiritiladi. Faol bimetall platin-
reniyli katalizatorni qo‗llanilishi reaktorda bosimni 3 - 4 dan 0,70-1,4 MPa
gacha kamaytirishni imkoniyatini beradi. Katalizator silindrsimon diametri 2,6
mm. va balandligi 4 mm bo‗ladi.
Hozirgi vaqtda barqaror katalizator qatlamidagi (noregenerativ usul)
platforminglar keng tarqalgan; regeneratsiyalar oralig‗idagi katalizatorlar
ishining davom etishi 360 kunga yetadi. So‗nggi
yillarda harakatlanadigan
katalizatorning to‗xtovsiz regeneratsiyasi plotforming jarayoniga keskin etibor
berilmoqda. Bunday jarayonda uchta reaktor bir-birining ustiga joylashtirilgan
bo‗ladi, xuddi bir konstruksiya ko‗rinishida bajariladi. Katalizator birinchidan
(yuqoridan)
reaktordan ikkinchi, keyin uchinchi reaktorga oqadi. Eng so‗nggi
reaktordan katalizatordan maxsus regeneratorga va keyin regeneratsiya uchun
yangidan birinchi reaktorga kirib keladi. Shunday qilib to‗xtovsiz jarayon
amalga oshiriladi. Bunda barqaror katalizatorlar tizimlariga nisbatan
katalizatorning yuqori o‗rtacha faollik sathi saqlanadi.