297
Beqaror katalizat 22-ajratgichdan 23-past bosimli ajratgichga (1,9 MPa)
kiritiladi. Katalizatdan ajralgan uglevodorodli gaz
ajratgich yuqori qismidan
chiqarilib, 27-fraksiyalovchi absorberga kirishdan oldin gidrotozalashdagi
uglevodorod gazlari bilan aralashtirilib kiritiladi. Absorbent sifatida beqaror
katalizat (benzin) xizmat qiladi. 27-absorberda 1,4
MPa bosimda yuqorida
harorat 40
0
С da quruq gaz ajratiladi. Beqaror katalizat 26-nasos yordamida 31-
issiqlik
aralashtirgich
orqali
34-kolonnaga
beriladi
va
bu
yerda
barqarorlashtiriladi. Mahsulotning bir qismi 27 va 34-kolonnaning pastki
qismidagi haroratni tutib turish uchun 28-pech orqali sirkulyatsiya qilib turiladi.
Barqarorlashtirishni bosh fraksiyasi 32-jihozda sovutiladi va 33-
yig‗gichga kiritiladi, u erdan 35-nasos orqali kolonnaga ―sovuq-sug‗orish‖
sifatida
qaytariladi, ortiqchasi qurilmadan chiqariladi. Kolonna 34 ni pastki
qismidan barqaror benzin 31 va 30-issiqlik almashtirgichda sovitilgandan keyin
29-nasos orqali 27-fraksiyalovchi absorberga kiritiladi,
uning ortiqcha qismi
qurilmadan chiqariladi.
Qurilma ish rejimi:
Harorat,
0
С..................................................................................................................480-520
Bosim, MPA..........................................................................................................................3-4
Xom-ashyoni uzatish hajmiy tezligi, soat-1.................................................................1,5-2,0
Sirkulyatsiyalanuvchi H
2
saqlagan gazning xom-ashyoga nisbatan karraligi, m
3
/m
3
.......1500
Bosqichlar bo‗yicha katalizatorni taqsimlanishi...........................................................1:2:4
7.5. Qo‗zg‗aluvchan katalizator qatlamida boruvchi riforming
Qo‗zg‗aluvchan qatlamli platforming jarayoni diametrlari bir-biridan farq
qiluvchi ustma-ust joylashtirilgan kolonna tipidagi reaktorlarda olib boradi. Bu
yerda katalizator reaktor va regenerator o‗rtasida sirkulyatsion harakatda
bo‗ladi. Katalizator yuqoridagi birinchi reaktordan ikkinchisiga va ikkinchisidan
uchinchisiga harakatlanib o‗tadi. Pastki reaktordan katalizator regeneratorga
transportirovka qilinadi. Qurilmaning texnologik sxemasi 7.4-rasmda keltirilgan.
Xom-ashyo 5-nasos yordamida sirkulyatsiyada vodorodni
saqlagan gaz bilan
aralashgan holda 6-issiqlik almashgichdan o‗tib, 7-ko‗p seksiyali pechning
298
birinchi seksiyasiga kelib tushadi. 520
0
С
haroratga
qizdirilgan xom-ashyo-gaz
aralashmasi 2-reaktorning 1-bo‗limiga yuqoridan kiritiladi.
Reaktorda jarayon
issiqlik yutilishi bilan borgani uchun reaksiya aralashmani oraliq qizdirish 7-
pechning qolgan seksiyalarida amalga oshiriladi. 4-reaktorning pastki qismidan
chiqqan reaksiya mahsulotlari 6- issiqlik almashtirgich va 8-suvli sovutgichdan
o‗tib, 9-past bosimli gaz-ajratgichga tushadi. Bu yerda bosim 1 MPa 9-gaz-
ajratgich yuqorisidan vodorod saqlagan gaz 15- kompressor yordamida 1,5 MPa
bosimda so‗rib olinadi va 11-nasos yordamida so‗rib olinib, haydalanayogan
suyuq fazaga aralashtiriladi, aralashma 13-suvli sovutgichda sovutilib, 12-yuqori
bosimli gaz-ajratgichda ajratiladi. Reaksiya zona past bosimda bo‗lgani uchun,
bunday
ketma-ketlikda ajratish, vodorod saqlagan gaz tarkibida benzinning
chiqib ketishini va gaz tarkibidagi vodorodning ortishini ta‘minlaydi. 10-
kompressor yordamida vodorod saqlagan gaz xom-ashyoga qo‗shishga beriladi.
Balansdan tashqari qismi esa qurilmadan chiqariladi. 18-kolonnada katalizatning
barqarorlashtirilishi boradi. Barqarorlashtirishning boshlang‗ich fraksiyasi 19-
havoli sovutgichda sovutilib 20-gaz-ajratgichga tushadi va bu yerda quruq
gazlardan ajratiladi. Uning bir qismi 18-kolonnaga 21-nasos
yordamida sovuq
sug‗orish maqsadida beriladi. Balansdan tashqari qismi qurilmadan chiqariladi.
18-kolonnaning pastki qismidan haroratni ushlab turish uchun 17-pech xizmat
qiladi.