Qo‗zg‗almas qatlamli katalizatorning riforming qurilmasi




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

7.4. Qo‗zg‗almas qatlamli katalizatorning riforming qurilmasi
Qurilma 
quyidagi 
bloklardan 
iborat: xom-ashyoni 
gidrotozalas, 
sirkulyatsiyalanuvchi gazni tozalash, katalitik riforming, gazlarni separatsiyalash 
va benzinni barqarorlashtirish. 
Xom-ashyo 12-nasos orqali bosim ostida (4,7 MPa) gidrotozalangan 
sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlagan gaz va riformingdan ajralgan ortiqcha 


295 
vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtirishga beriladi. Bu aralashma 16-pechning 
alohida bo‗limida qizdiriladi (450
0
С) va 15-gidrotozalash reaktoriga kiritiladi. 
Reaktordagi 
AlCoMo 
(аlyumokobaltmolibdenli)
katalizator 
ishtirokida 
oltingugurtli birikmalar buzilib, so‗ngra 
H
2
S (vodorod sulfid)
holida chiqariladi. 
Shu bilan bir vaqtda azotli va kislorodli birikmalardan ham tozalash jarayoni 
boradi. Bug‗-gazli aralashma 15-reaktordan chiqib, 10-qaynatgich va 14-
sovutgichda sovutiladi va 35
0
С harorat bilan 8-gaz -ajratgichga kiritiladi. Bu 
yerda aralashma suyuq gidrogenizatga va gazga ajratiladi. Gaz 2-absorberning 
pastki qismidan monoetanolamin (MEA) yordamida vodorod sulfiddan tozalash 
uchun kiritiladi, so‗ngra 11-kompressor yordamida 4,7-5,0 MPa bosimgacha 
siqiladi va gidrotozalash tizimiga yuboriladi. Ortiqcha gaz 1-kompressor 
yordamida 5MPa.gacha siqiladi va qurilmadan chiqariladi. 
Gidrogenizat 8-gaz ajratgichidan chiqib 9-issiqlik almashtirgichda 
sovutiladi va 7-bug‗latuvchi kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan 
chiquvchi vodorod sulfid, uglevodorod gazlari va suv bug‗i 6-sovutgichda 
sovutiladi va 4-ajratgichga yuboriladi. Ajratgich pastki qismidan 5-nasos orqali 
kondensat yig‗ib olinadi va 7-bug‗latuvchi kolonnaga qaytariladi. Vodorod 
sulfid va uglevodorod gazlari MEA bilan tozalash uchun 3-kolonnaga kiritilladi. 
Kolonna yuqori qismidan chiquvchi bug‗lar 27-fraksiyalovchi absorberga 
yuboriladi. Gidrogenizat 7-bug‗latuvchi kolonna pastki qismidan chiqarilib 10-
qaynatgich va 9-issiqlik almashtirgichdan so‗ng, 13-nasos orqali riforming 
blokiga yuboriladi. Gaz mahsuloti aralashma dastlab 20-issiqlik almashtirgachda 
qizdiriladi, keyin 16-pechda 500-520
0
С haroratda qizdirilib 19-reaktorga 
kiritiladi. Aralashma 18 va 17-reaktorlardan ketma-ketlikda o‗tib, har bir 
reaktordan so‗ng 16-pechda qizdiriladi va nihoyat oxirgi 17-reaktordan keyin 
gaz mahsuloti 20-issiqlik almashtirgich va 21-sovutgichda 30
0
С 
haroratgacha 
sovutiladi va 22-yuqori bosimli ajratgichda (3,2-3,6 MPa) katalizatdan 
sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlagan gazni ajratish uchun kiritiladi. 
Sirkulyatsiyalanuvchi gaz 5 MPa bosim ostida 24-kompressor yordamida 
platforming tizimiga qaytariladi, ortiqchasi esa gidrotozalash tizimiga uzatiladi.


296 

Download 15,32 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qo‗zg‗almas qatlamli katalizatorning riforming qurilmasi

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish