Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


286 
Xulosa 
Riforming 
jarayonini 
asosiy 
reaksiyalaridan 
biri 
naften 
uglevodorodlaridan aromatik uglevodorodlar hosil bo‗lishidir. Aromatik 
uglevodorodlarining hosil bo‗lishini asosiy reaksiyalaridan ikkinchisi, 
parafinlarning degidrotsiklonlanish reaksiyasidir. Oktan soni past bo‗lgan 
benzinlarni tarkibidagi parafin uglevodorodlarini xrom oksidi va boshqa 
katalizatorlar ishtirokida aromatik uglevodorodlarga o‗tishini V.I.Karjev taklif 
etgan. Benzinni oktan sonini oshishi aromatik uglevodorodlarni miqdorini 
ko‗payishiga bog‗liq. Aromatik uglevodorodlar hosil bo‗lishi reaksiyasi issiqlik 
yutilishi bilan sodir bo‗ladi. Shuning uchun riforming jarayoni bir necha ketma-
ket ishlovchi reaktorlarda olib boriladi. Har qaysi bosqichdan reaktordan so‗ng 
xomashyo trubali pechlarda isitiladi. Hozirgi kunda katalitik kreking 
qurilmasining bir - biridan asosan reaktor konstruksiyasi va regeneratori va 
ularning o‗zaro joylashuviga ko‗ra farq qiluvchi yetarlicha ko‗p ko‗rinishlari 
mavjud. Ularning mutloq ko‗pchiligini suyultirilgan qatlamga ega katalizatorli 
(FCC jarayoni) va lift-reaktorli qurilmalar tashkil etadi. Ularni birgina muhim 
belgi birlashtiradi – xomashyoni katalizator bilan nisbatan qisqa vaqtli kontakti 
reaksiyasi. Katalitik kreking jarayoni omillari deb olinadigan mahsulotlarning 
chiqishi va sifatini, ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‗rsatgichlari va uning 
ekologik tavsifsini ko‗rsatuvchi texnologik rejim parametrlariga aytiladi. 
Katalitik kreking jarayoni omillarining kerakli qiymatlarida xomashyoni qayta 
ishlashning belgilangan aniqligiga erishiladi. Texnik adabiyotlarda qayta ishlash 
aniqligi yoki kreking aniqligi tushunchalari ko‗pincha konversiya atamasi bilan 
almashtiriladi. Qayta ishlash aniqligi yoki konversiya deganda odatda foizlarda 
ifodalangan gaz, benzin yoki koksning umumiy chiqishi tushuniladi. Katalizator 
sirkulyatsiyasi reaktorga beriladigan katalizator va xomashyo massasi sarflari 
nisbatining ko‗pligi bilan tavsiflanadi. Haqiqiy xomashyo katalizator 
namunalaridagi laboratoriya sinovlari natijalariga ko‗ra ularda koks chiqishini 
baholash va katalizator sirkulyatsiyasining maqsadga muvofiq darajasi va uning 
faollik darajasi haqida kerakli xulosalarni chiqarish mumkin.


287 

Download 15,32 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish