• VII –bob. KATALITIK KREKING VA KATALIZATOR QURILMALARI 7.1. Asosiy reaksiyalar mexanizmi
  • Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet151/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    Nazorat savollari 
    1.Riforming jarayonining ikkinchi vazifasi - benzin fraksiyalaridan 
    aromatik uglevodorodlarni olish mumkinmi? 
    2. Riforming jarayonida parafinlar birinchi navbatda olefinga, keyin 
    naftenga va so‗ngra aromatik uglevodorodga aylanadimi? 
    3. Platina katalizatori ishtirokida benzinni oktan soni oshiriladimi? 
    4. Neftni atmosferali haydashdan qolgan qoldiqlar taqqoslanganda 
    sifatli xomashyo komponentini olish mumkinmi?
    5.Katalitik kreking jarayonida asosiy kimyoviy reaksiyalar issiqlikning 
    yutilishi bilan kechishi mumkinmi? 
    6. Reaktor-regenerator blokida issiqlik balansi buzilganda reaktorda 
    harorat, xomashyo konversiyasi, benzin va koks chiqishini pasaytirishi 
    mumkinmi? 
    7. Reaktor ishchi zonasida bosim oshganda salbiy holatlar kelib chiqishi 
    mumkinmi? 
    8. Yuqori oktan sonli benzin olish uchun keng fraksiyali xomashyo 
    beriladi. 
    9.Aromatik 
    uglevodorodlar 
    olishda 
    qaynash 
    teperaturasining 
    boshlanishida unga yaqin fraksiyalar beriladimi? 
    10. Vodorodning bosimi ko‗tarilganda aromatik uglevodorodlarni hosil 
    bo‗lish reaksiyasini nima sababadan sekinlashtiradi? 


    288 
    VII –bob. KATALITIK KREKING VA KATALIZATOR QURILMALARI 
    7.1. Asosiy reaksiyalar mexanizmi 
    Aromatik uglevodorodlar hosil bo‗lishiga olib keluvchi, siklogeksan va 
    uning gomologlarini degidrirlash reaksiyalari, riforming katalizatori metall 
    komponentida kechadi. Siklogeksanni degidrirlash reaksiyasi mexanizmi 
    katalizatorda adsorbsiyalangan siklogeksan hosil bo‗lishi bilan kechuvchi 
    vodorod ikkita atomini ketma - ket ajratishni o‗z ichiga oladi. Reaksiyaning bu 
    bosqichi – cheklovchi deyiladi. Keyinchalik vodorodning qolgan to‗rtta 
    atomining ham ketma-ket ajralishi sodir bo‗lib, natijada benzol hosil bo‗ladi. 
    Beshbog‗li sikloalkanlarga o‗zgarish faqatgina katalitik riforming 
    xomashyosi bunday uglevodorodlarga egaligi uchungina katta qiziqish 
    uyg‗otmaydi. 
    Beshbog‗li 
    sikloalkanlar 
    parafinli 
    uglevodorodlarning 
    degidrotsiklizatsiyasida reaksiyaning oraliq mahsulotlari sifatida ham muhim rol 
    o‗ynaydi. Katalitik riforming sharoitlarida beshbog‗li sikloalkanlar siklopentan 
    halqasining ochilishiga olib keluvchi izomerlash reaksiyalariga uchraydi. 
    Izomerlash reaksiyalari yoki alkil o‗rnini egallovchilarning qayta guruhlanishi 
    bilan kechadi yoki beshbog‗li naftenlarning oltibog‗lisiga o‗zgarishiga olib 
    keladi: 
    Nofunksional katalizator riformingida ushbu oxirgi reaksiyani amalga 
    oshishida, siklning kengayishi davomida oltibog‗li sikloalkanlar tezda aromatik 
    uglevodorodlarga degidrirlanishga uchraydi. Aromatik uglevodorodlarning 
    yuqori chiqishiga erishish imkoniyati izomerlashning beshbog‗li naften 
    uglevodorodlarini oltibog‗lisiga ajratuvchanligiga bog‗liqdir. Parallel ravishda 
    kechuvchi, beshbog‗li halqani ochish reaksiyasi izomerlash reaksiyasining 
    ajratuvchanligini yomonlashtiradi va parafinli uglevodorodlar hosil bo‗lishiga 
    olib keladi: 
    Metilsiklopentanni 
    degidroizomerizatsiya 
    reaksiyasi 
    quyidagicha 
    sxematik keltirilishi mumkin (M - katalizatorning metall uchastkalari, A -
    kislotali): 


    289 
    Reaksiyaning 
    kislota-katalizatorli 
    cheklovchi 
    bosqichi 
    karbation 
    mexanizm bo‗yicha kechadi: 
    Riforming 
    sharoitlarida 
    bifunksional 
    alyuminli 
    katalizatorlarda 
    parafinlarni aromatlashtirish – bir qator ketma-ket va parallel kechuvchi 
    reaksiyalarni o‗z ichiga oluvchi murakkab jarayondir. Katalizlovchi platina bilan 
    C
    6
    -degidrotsiklizatsiyalash reaksiyasi bilan bir qatorda katalizatorning kislotali 
    komponenti ta‘siridagi siklizatsiya reaksiyalari ham kechadi. Hosil bo‗lgan 
    siklopentanlar degidroizomerlashga uchrab aromatik uglevodorodlarga aylanadi. 
    Platina 
    nafaqat 
    n-geksanni 
    metilsiklopentanga 
    degidrotsiklizatsiyalash 
    reaksiyalarini, shuningdek uning gidrogenolizini va o‗zaro geksan izomerlariga 
    o‗zgarishini ham katalizatsiyalaydi. Ushbu reaksiyalar qaytar reaksiyalar 
    bo‗lganligi sababli, ular platina yuzasida bir xil siklik o‗tish majmuasi (SO‗K) 
    hosil bo‗lishi bilan kechishini ko‗tish mumkin: 
    Uglevodorodlarni gidrogenlash reaksiyalarida (С-С bog‗lanishlarni 
    parchalash va С-Н bog‗lanishlarni hosil qilish) riforming katalizatorlari 
    faolligini bostirish maqsadida ularni oltingugurtli birikmalarni hosil qilishga
    uchraydi va bu ularning ajratuvchanligi va barqarorligini oshiradi. Bu holat 
    shunday 
    tasdiqlanadiki, 
    n-geksanning 
    katalitik 
    riformingida 
    oltingugurtsizlantirilgan katalizatorda 0,6% Pt/γ -Al
    2
    O
    3
    reaksiyaning birinchi 
    mahsuloti benzol va metilsiklopentan bo‗ladi. С
    5

    va 
    С
    6
    -
    degidrotsiklizatsiyalash reaksiyalari parallel ravishda kechadi. Aks holda shu 
    katalizatorda benzol hosil bo‗lish reaksiyasi faqat sulfatlanishga uchragan holda 
    kechadi. Kinetik tadqiqot natijalariga ko‗ra, ushbu holatda reaksiya ketma-ket 
    bo‗ladi: 
    Hozirgi vaqtda parafin uglevodorodlari riforming katalizatorlarida 
    bifunksional mexanizmga ko‗ra degidrotsiklizatsiyaga uchraydi deb hisoblanadi: 
    degidrirlash platinada (metallik funksiya), hosil bo‗lgan to‗yinmagan 
    uglevodorodlar siklizatsiyasi esa tashuvchining kislotali qismlarida kechadi. 
    Shunday qilib riformingning asosiy reaksiyalari yoki matritsaning 
    (tashuvchining) kislotali funksiyasi, yoki metall bilan barqarorlashadi 


    290 
    (kuchaytiriladi, rag‗batlantiriladi): 
    Reaksiya barqarorlashadi: 
    - metall funksiyani degidrirlash bilan; 
    - metall va kislotali funksiyalarni degidrotsiklizatsiyasi orqali; 
    -kislotali funksiyani izomerlash bilan; 
    -metall funksiyani gidrogenoliz qilish bilan; 
    -metall va kislotali funksiyalarni gidrokreking qilish bilan. 
    Asosiy reaksiyalar mexanizmidan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, 
    riforming katalizatori tarkibida kislotali komponentlar qatori faol metall ham 
    bo‗ladi. 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish