|
Sikloalkanlar (sikloparafinlar)
|
bet | 1/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #238897 |
Bog'liq Kurs ishi 2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QO’QON FILIALI
MUHANDISLIK FAKULTETI
“KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI
60710100–Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)
ta’lim yoʻnalishi
2-kurs 12_22- guruhi talabasi
ERMATOV RASULNING
Organik kimyo fanidan
Sikloalkanlar, fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Qo’qon 2024
Mundarija:
I.BOB.
1.1 Sikloalkanlar haqida ma’lumot
1.2 Sikloalkanlar izomeriyasi va nomenklaturasi
II.BOB. ASOSIY QISM
2.1 Kimyoviy va fizik xossalari
2.2 Sikloalkanlarning olinishi va ishlatilishi
2.3 Sikloalkanlar gomologik qatori
III bob. TAJRIBA QISMI VA OLINGAN NATIJALAR
3.1 Neft tarkibidan siklo alkanlar
3.2. Sikloalkanlarning reaksiya turlari
3.3 Metanni olinishi xossalari
3.4.Labaratoriyada metanni olish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Uglerod – kundalik hayotimizda topish qiyin boʻlmagan element. Misol uchun, agar siz oddiy qalam ishlatgan boʻlsangiz, uning uch qismidagi grafitni koʻrgansiz. Ana shu grafit uglerodning shakllaridan biridir. Xuddi shunga oʻxshab, issiqlik olish uchun yoqiladigan koʻmir va hattoki qimmatbaho olmos ham ugleroddan tashkil topgan (bu holatda uglerod yuqori issiqlik va bosimga uchragan). Tana ogʻirligingizning 18 foizi ugleroddan iborat ekanini bilmasangiz ham kerak. Ilmiy asoslarga koʻra, koʻplab muhim molekulalar – oqsil, DNK, RNK, uglevod va yogʻlarning asosiy qismi uglerod elementidan tashkil topgan.
Bu kabi tarkibida uglerod mavjud boʻlgan biologik molekulalar koʻp hollarda makromolekular deb ataladi va organik molekulalar sifatida guruhlanadi. (Ammo ayrim moddalar, misol uchun, karbonat angidrid va is gazi tarkibida uglerod elementi bor, lekin ular organik modda sanalmaydi.)
Organik birikmаlаrning eng оddiylаri uglеvоdоrоdlаrdir, chunki ular faqat uglеrоd vа vоdоrоd atomlаridаn iborat. Uglеvоdоrоdlаr bir-biridаn uglеrоd atomlаrining sоni, оddiy, qo’sh-yoki uchbоg’ bilаn, uglеrоd atomlаrining qаy tartibda ya’ni оchiq yoki yopiq zаnjir hosil qilib bоg’lаngаnligi bilаn fаrq qilаdi. Оchiq zаnjirli faqat оddiy -bоg’lаrgа egа bo’lgan uglеvоdоrоdlаrgа to’yingаn uglеvоdоrоdlаr yoki pаrаfinlаr, IYUPАK nomenklaturasi bo’yicha аlkаnlаr dеyilаdi.Ularning umumiy formulasi CnH2n+2.
Yopiq zanjirli, faqat uglerod atomlaridan tarkibtopgan uglevodorodlarga karbotsiklik birikmalar deyiladi. Ular alitsiklik va aromatik sinflarga bolinadi. Alitsiklik uglevodorodlar sikloparafinlar yoki naftenlar, ba’zi adabiyotlarda siklanlar deb ham yuritiladi. Birinchi marta bu birikmalarni V.V. Markovnikov Kavkaz nefti tarkibidan ajratib olgani uchun naftenlar deb atagan edi.
Sikloalkan(shuningdek,polimetilenuglevodorodlar, naftenlar, siklanlar yoki sikloparafinlar), Bu uglerod atomlari orasidagi bir yoki bir nechta halqalarni o’z ichiga olgan molekulalarni o’z ichiga olgan uglevodorod birikmalarining umumiy nomi. Alkanlar kabi, molekuladagi har bir atom o’rtasida faqat bitta kimyoviy bog’lanish mavjud. Sikloalkanlarda faqat uglerod va vodorod atomlari mavjud. Sikloalkanlar to’yingan, chunki gidrogenatsiyani amalga oshirish mumkin emas.
|
| |