|
Labaratoriyada metanni olish
|
bet | 9/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #238897 |
Bog'liq Kurs ishi 23.4.Labaratoriyada metanni olish
To’yingan uglevodorodlarning keyingi vakillaridan etan (C2H6) rangsiz, hidsiz gaz, undan asosan etilen oksid, etilenglikol, etilbenzol, polietilen va boshqa ko’pgina birikmalarni olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Propan (C3H8) – rangsiz gaz, tabiiy gaz tarkibida uchraydi. Neftni kreking qilganda ham propan hosil bo’ladi. Propan sanoatda keng ko’lamda amalga oshiriladigan sintezlar uchun xom ashyo.
Propan va butan aralashmasi bosim ostida oson suyuqlanadi va yopiq sisterna va ballonlarda saqlanadi va tashiladi. Bu aralashma ichki yonuv dvigatellarida yonilg’i sifatida ishlatiladi.
Propandan propil spirt, propilen, polipropilen, izopropil spirti, gliserin, allilxlorid va hk lar olishda ishlatiladi.
Butan (C4H10) – butan ikkita izomerga ega bo’lib ikkala izomer ham propan bilan birga uchraydi. Butan Vyurs reaksiyasiga muvofiq etilyodidga natriy ta’sir ettirib olinadi:
Izobutan esa izobutil yodidni qaytarib olinadi :
Butanni degidrogenlab butilen, butadiyen olishda ishlatiladi.
To’yingan uglevodorodning gomologik qatorining o’rta vakillari (C7 – C17) asosan neft va qo’ng’ir ko’mir smolasi tarkibida uchraydi. Ular erituvchilar va ichki yonuv dvigatellari uchun yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
Yuqori molekulali alkanlar yog’ kislotalar, sintetik yog’lar, surkov moylari va boshqa ko’pgina organik birikmalar ishlab chiqishda ishlatiladi. Sun’iy olinadigan C10 – C30 uglevodorodlardan sovun, yuvuvchi vositalar va plastifikatorlar ishlab chiqishda ishlatiladi.
To’yingan uglevodorodlarning tabiatda uchrashi
Alkanlar - neft va tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismidir. Ular tabiatda keng tarqalgan bo’lib odatda sof holda emas balki murakkab aralashmalar holida uchraydi. Alkanlarning ko’pgina aralashmalari toshko’mirda, tog’ mumi (azokrit) da yog’och va torf tarkibida, o’simliklarda ham uchraydi. Masalan: normal geptan qarag’ay daraxtidan, eykozon(C20H42) petrushka bargida, nonakozan (C29H60) karam bargida topilgan.
Ba’zi gullarning mumida qattiq uglevodorodlar: geptakazon (C27H56), oktakozan (C28H58) va triakontan (C30H62) bo’ladi. Olma po’stida, asalari mumida, g’o’zaning bargida, guli va chanog’ida ham yuqori molekulyar massali uglevodorodlarning borligi isbotlangan.
Xulosa
Sikloalkanlar umumiy xossalari jihatdan alkanlarga o’xshash. Chunki sikloalkanlar ham to’yingan uglevodorodlar bo’lib, paraffin uglevodorodlardan tarkibida faqat 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi.
Shuni ham aytish kerakki, bunday o’xshashlik siklopropan va siklobutanlarga tegishli emas. Bu ikki boshlang’ich gomolog o’z kimyoviy xossalari jihatdan to’yinmagan uglevodorodlarni eslatadi. Buning sababai 3 va 4 a’zoli halqalar beqaror bo’lib, birikish reaksiyasiga oson kirishadi. Siklopropan tibbiyotda narkoz uchun ishlatiladi. Siklopropan kuchli umumiy anestetik taʼsirga ega. Juda tez yonuvchan, u kislorod, azot oksidi va havo bilan aralashmalari olov, elektr uchqunlari va boshqa manbalar bilan taʼsirlashganda portlashi mumkin. Siklopropandan foydalanganda portlash ehtimoli uchun barcha choralar koʻrilishi, shu jumladan elektr va rentgen uskunalarini ishlatish bilan bogʻliq ehtiyot choralari va statik elektr hosil boʻlishini oldini olish kerak.
Siklogeksanolni nirat kislota yordamida oksidlash natijasida olingan adipin kislotadan poliamid tolalar – kapron va neylon olishda foydalaniladi.
Siklopentan motor yoqilg‘isi sifatini yaxshilashda qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Siklopentan, shuningdek, "pentametilen" nomi bilan ham tanilgan, C5H10 molekulyar formulaga ega bo'lgan sikloalkandir. Molekulyar og'irligi 70,13. Yonuvchan suyuqlik. Erish nuqtasi -94,4 daraja, qaynash nuqtasi 49,3 daraja, nisbiy zichlik 0,7460, sinishi indeksi 1,4068. Spirt, efir va uglevodorodlarda eriydi, suvda erimaydi.
|
| |