Sikloalkanlar (sikloparafinlar)




Download 0,69 Mb.
bet4/10
Sana16.05.2024
Hajmi0,69 Mb.
#238897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi 2

5) Nitrolash. Besh a’zoli va undan ortiq a’zoli sikllar paraffin uglevodorodlar kabi nitrolanadi. (Konovalov reaksiyasi) Nitrolanish reaksiyasi: Yuqori temperaturada nitrat kislota alkanlarni oksidlab uglerod (II) oksidga, nitrobirikmalarga, hatto spirt, aldegid, keton va kislotalarga aylantiradi.

Yuqori temperatura (440oC) ta’sirida va bosim ostida to’yingan uglevodorodlarga suyultirilgan (12 – 14 %) nitrat kislota ta’sir ettirilganda dastlab uchlamchi keyin ikkilamchi va nihoyat birlamchi uglevodoroddagi vodorodlar nitrat kislota qoldig’I (NO2) ga almashinishini birinchi bo’lib M. I. Konovalov (1888 – yil) aniqlagan. Shu sababli bu reaksiya nitrolanish yoki Konovalov reaksiyasi deyiladi.


Nitrolanish reaksiyasi ham radikal mexanizm bo’yicha boradi:
2HNO3 N2O4 + H2O + 1/2O2, N2O4 2NO2- inisirlovchi agent

Metan nitrolanganda uning deyarli hammasi nitrometanga aylanadi (boshqa hollarda nitrolash unumi 40 %dan oshmaydi ) :

Metandan keyingi uglevodorod gomologlari nitrolanganda bir qancha uglevodorodning nitrobirikmalarini aralashmasi hosil bo’ladi. Masalan : etan nitrolanganda nitroetan va nitrometan hosil bo’ladi.



Alkanlar odatdagi sharoitda havo kislorodi bilan ham, kuchli oksidlovchilar bilan ham oksidlanmaydi. Faqat yuqori temperaturada kaliy permanganat (KMnO4) va kaliy bixromat (K2Cr2O7) ta’sirida alkanlar oksidlanib, turli xil molekulyar massadagi organik kislotalarga va karbonat angidrid (CO2) gacha parchalanadilar.
Bulardan tashqari oksi va ketokislotalar, spirtlar, aldegidlar va ketonlar ham hosil bo’ladi.
Shuni ta’kidlash lozomki, quyi molekulyar uglevodorodlar yuqori molekulyar uglevodorodlarga nisbatan qiyin oksidlanadi. To’yingan uglevodorodlar havo kislorodi bilan yuqori temperaturada qizdirilsa yonadi CO2 va H2O hosil bo’ladi. Masalan:

2C2H6 + 7O2 →4CO2 + 6H2O



Har qanday yonish reaksiyasi yorug’lik va ko’p miqdordagi issiqlik chiqishi bilan sodir bo’ladi.
Alkanlarning oksidlanish reaksiyasi ham radikalli mexanizm bo’yicha boradi. Dastlab alkanlar qizdirilganda bitta vodorod va erkin radikalga parchalanadi:



Gidroperoksidning oksidlanish reaksiyasi sharoitga va uning molekulasidagi uglerod atomining holatiga bog’liq. Masalan : propanning oksidlanish reaksiyasi quydagicha boradi:



Sanoatda shu usuldan foydalanib alkanlardan tarkibida C1 dan C20 gacha va bundan ham ko’p uglerod atomi bo’lgan aldegid, keton, spirt va sintetik yog’ kislotalar olinadi.

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,69 Mb.