• 1) Galogenlar ta’siri
  • 4) Oksidlanish reaksiyalari
  • Sikloalkanlar (sikloparafinlar)




    Download 0,69 Mb.
    bet3/10
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,69 Mb.
    #238897
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kurs ishi 2

    3) Holat izomeriyasi:


    II.BOB. ASOSIY QISM
    2.1 Kimyoviy va fizik xossalari
    Sikloalkanlar umumiy xossalari jihatdan alkanlarga o’xshash. Chunki sikloalkanlar ham to’yingan uglevodorodlar bo’lib, paraffin uglevodorodlardan tarkibida faqat 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi.
    Shuni ham aytish kerakki, bunday o’xshashlik siklopropan va siklobutanlarga tegishli emas. Bu ikki boshlang’ich gomolog o’z kimyoviy xossalari jihatdan to’yinmagan uglevodorodlarni eslatadi. Buning sababai 3 va 4 a’zoli halqalar beqaror bo’lib, birikish reaksiyasiga oson kirishadi.
    1) Galogenlar ta’siri: siklopentan va undan yuqori aikloalkanlarga galogen ta’sir ettirilsa, halqa ochilmaydi. Bunda halqadagi vodorod atomi galogenga almashinadi:


    2) Birikish reaksiyasi: Sikloalkanlarda ham xuddi to’yingan uglevorodlarda bo’lganidek hamma bog’lar to’yingan, lekin ular birikish reaksiyasiga kirishish xususiyati bilan to’yingan uglevodorodlardan farq qiladi. Kichik siklli birikmalar, ularning kakta siklli anologlariga nisbatan birikish reaksiyasiga oson kirishadi. Bu hodisa siklopropanda 50-70°C da bo’lsa, siklopentanda esa 350°C da sodir bo’ladi.


    3) Galogen kislotalar (ning birikishi) ham galoidlar kabi ta’sir etadi, ya’ni siklopropan va siklobutan qatorlari, ayniqsa yodid kislota va bromid kislotalar ta’sirida ochilib, galogenovodorodlarni biriktirib oladi.
    Shuni ham aytish kerakki, yuqoridagi reaksiya siklobutan bilan juda qiyin boradi. Yuqori siklli birikmalar bu kislotalarni biriktirib olmaydi.
    4) Oksidlanish reaksiyalari: sikloparafinlar alkanlar kabi faqat yuqori haroratda va kuchli oksidlovchilar ta’siridagina oksidlanadi. Shuni ta’kidlash zarurki, bunday sharoitda alkan uglevodorodlarning C – C bo’gi uzilib, molekulalari parchalanib ketadi, sikloalkan birikmalari esa ikki asosli karbon kislotalarni hosil qiladi. Bunda sikloalkan molekulasida nechta uglerod atomi bo’lsa, hosil bo’lgan kislotada ham shuncha uglerod atomi bo’ladi.



    1. Download 0,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,69 Mb.