Katalizatorlarning faolligi, tanlanuvchanligi va barqarorligi




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Katalizatorlarning faolligi, tanlanuvchanligi va barqarorligi 
Bitta reaksiyaning o‗zi har xil katalizatorlar ishtirokida sodir bo‗lishi 
mumkin. Berilgan reaksiyaning tezligi katalizatorning tabiatiga qarab ularning 
faolligini xarakterlaydi. Masalan, etilenni gidrogenlash nisbiy tezlik konstantasi 
turli katalizatorlar ishtirokida quyidagicha bo‗ladi:
 
7.7-jadval
Sr 

Ni 
13 
Pt 
100 
Pd 
1000 
Shunday qilib, etilenni gidrogenlash uchun eng faol katalizator bo‗lib radiy 
xizmat qiladi. Ko‗pchilik hollarda katalizator ishtirokida asosiy reaksiya bilan 
bir qatorda yana qator parallel va ketma – ket reaksiyalar sodir bo‗ladi. Maqsadli 
mahsulotga aylanadigan dastlabki moddalarning ulushi katalizatorning 
tanlovchanligini tavsiflaydi. Berilgan katalizatorda reaksiyaning tanlovchanligi 
jarayonning sharoitlariga bog‗liq bo‗ladi.
Katalizatorning muhim xossalaridan biri, uning vaqt ichida faolligini 
barqaror saqlab turish qobiliyati hisoblanadi. Gomogen katalizda suyuq 
katalizator 
ish 
jarayonida 
uning 
konsentrasiyasini 
kamaytiradigan 
mahsulotlarning to‗planishi natijasida faolsiz–lanadi.
Qattiq katalizatorlar faolligining pasayishi sabablari xilma–xildir. Qattiq 
katalizatorlar faolligining pasayishi ham fizikaviy ham kimyoviy o‗zgarishlarga 
olib keladi. Uzoq vaqt davomida harorat ta‘sirida metallarning rekristallanishi 
sodir bo‗ladi, bu esa katalizator nisbiy yuzasining yoki faol markazlari sonining 
o‗zgarishiga olib keladi. 
Katalizatorning rekristallanishiga barqarorligini oshirish uchun uning 


308 
tarkibiga rekristallanish tezligini pasaytiruvchi moddalar – tuzilish hosil qiluvchi 
promotorlar kiritiladi. Mexanik va termik ta‘sirlar ham katalizator 
zarrachalarining asta – sekin yemirilishiga olib keladi.
Katalizatordagi kimyoviy o‗zgarishlarni ularning yuzasiga xom ashyodagi 
qo‗shimchalar yoki ularning parchalanish mahsulotlarining xemosorbsiyasi 
keltirib chiqaradi. Katalizatorni zaxarlovchi qo‗shimchalar zaxarlar deyiladi. 
Neftni qayta ishlash jarayonida oltingugurt, azot va boshqa geteroatomlarning 
birikmalari hamda xomashyoda bo‗lgan metallorganik birikmalar zaxarlar bo‗lib 
hisoblanadi. Uglevodorodlarni katalitik qayta ishlaganda katalizator yuzasida 
asta – sekin koks to‗planadi. Koks qatlamlari katalizatorning faol yuzasini 
qoplaydi va unga xom ashyo molekulalarining yaqinlashishiga to‗sqinlik qiladi. 
Katalizatorning yuzasidan koks qatlamlarini havo kislorodi, CО
2
yoki suv bug‗i 
bilan regeneratsiya jarayonida yo‗qotiladi.

Download 15,32 Mb.
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Katalizatorlarning faolligi, tanlanuvchanligi va barqarorligi

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish