Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 


325 
Nazorat savollari 
1.Reaksiyaning kislota-katalizatorli cheklovchi bosqichi karbation 
mexanizm bo‗yicha kechadimi? 
2.Yuqori oktanli avtomobil benzinlarining bazasini ishlab chiqarish 
hamda individual aromatik uglevodorodlarni olishda qo‗llaniladimi? 
3.Riforming jarayonining asosiy sanoat katalizatori alyumin platinli 
katalizator hisoblanadimi? 
4. Rektifikatsiya blokida izomerlashga yo‗naltirilgan xomashyo oldindan 
pentanli va geksanli fraksiyalarga ajratiladimi? 
5. Bitta reaksiyaning o‗zi har xil katalizatorlar ishtirokida sodir bo‗lishi 
mumkinmi? 
6. Katalizatorning muhim xossalaridan biri, uning vaqt ichida faolligini 
barqaror saqlab turish qobiliyati hisoblanadimi? 
7. Uglevodorod molekulalarining yuzasidagi erkin elektronlarning o‗zaro 
ta‘siri natijasida molekula dissotsiyalanishga duchor bo‗ladimi?
8. Platinali katalizator bifunksional katalizatorlarga kiradimi? 
9. Dunyoda riforming katalizatorlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni 
ayting? 
10.Katalitik riforming vaqtida neftning benzin fraksiyasi uglevodorodlari 
katta miqdori aromatik uglevodorodlarga aylanadimi? 
 
 
 
 
 
 
 
 


326 
VIII bob. Gidrogenizatsiyalash jarayonlari 
8.1. Neftni qayta ishlashda gidrogenizatsion jarayonlar 
Katalizator ishtirokida va vodorod muhitida yuqori harorat va bosimda sodir 
bo‗ladigan neft xom ashyosining qayta ishlash jarayonlari gidrogenizatsiyalash 
yoki termogidrokatalitik jarayonlari deb ataladi.
Gidrogenizatsiyalash 
jarayonlarida 
vodorodning 
roli 
benzinning 
riformingi va yengil uglevodorodlarning izomerlanishi bilan solishtirganda bu 
jarayonlarning muhim farq qiluvchi xossasi bo‗lib hisoblanadi. Agar riforming 
va izomerlanish holida vodorodning roli katalizatorda koks hosil bo‗lishini 
kamaytirish bo‗lsa, gidrogenizatsiyalash jarayonlarida esa vodorod to‗yinmagan, 
naften, aromatik hamda geteroatomli birikmalarning asosiy gidrogenlash 
reaksiyalarida ishtirok etadi.
Texnik adabiyotda ―gidrogenizatsiya‖ atamasi turli jarayonlarda 
qo‗llaniladi. Bu gidrotozalash, gidroboyitish, gidrooltingugurtsiz-lantirish, 
gidrodeparafinlash, 
gidroizomerlash, 
gidrodearomatlash, 
gidrogenlash, 
gidrokreking, gidrokonversiya, gidrodemetallash, va boshqalar. Haqiqatda esa 
bu jarayonlarning barchasini ikki guruhga: gidrotozalash va gidrokrekingga 
bo‗lish mumkin. Hammasi tushunarli bo‗lganday: gidrotozalash bu 
gidrogenizatsiyalash jarayoni neft fraksiyalarini yoki qoldiqlarini zararli 
qo‗shimchalar bo‗lgan oltingugurt, azot, kislorod, to‗yinmagan va ko‗p halqali 
aromatik uglevodorodlar, og‗ir metallardan tozalashga ko‗maklashadi, 
gidrokreking esa nafaqat neft fraksiyalarini zararli qo‗shimchalardan tozalashga, 
balki uglevodorodlarning parchalanishi, destruksiyasiga ko‗maklashadigan 
gidrogenizatsiyalash 
jarayondir. 
Ammo 
gidrotozalashda 
ham 
uglevodorodlarning destruksiyasi sodir bo‗ladi, ammo katta bo‗lmagan 
miqdorda. Shuning uchun agar dastlabki xom ashyoning destruksiya 
(konversiya) si 10% (mas) dan kam bo‗lsa, bunday gidrogenizatsiya jarayoni 
gidrotozalash deb ataladi. Agar konversiya 10-50% (mas) tashkil qilsa, unda 
bunday jarayon yengil gidrokreking deb, agar 50% (mas) dan ko‗p bo‗lsa - 


327 
chuqur gidrokreking deb ataladi (pastdagi sxemaga qarang).
Gidrotozalash jarayonlarini o‗z navbatida distillyatlarni, neft qoldiqlarini 
gidrotozalashga va ikkilamchi kelib chiqishli distillyatlarni gidrogenlashga 
bo‗ladilar.
Neft qoldiqlarini gidrotozalash distillyatlarning gidrotozalash shu bilan 
farq qiladiki oltingugurt, azot, kisloroddan gidrotozalash bilan bir qatorda xom 
ashyoning demetallanish jarayoni boradi, ya‘ni xom ashyoni undagi bo‗lgan 
nikel‘, vanadiy va boshqa shunga o‗xshagan og‗ir metallardan tozalash.

Download 15,32 Mb.
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish