319
o‗zgarishi uchun aralashmani oraliq qizdirishdan o‗tkazish lozim. Jarayon to‗la
o‗tishi uchun odatda uchta ketma - ketlikda o‗rnatilgan reaktorlardan
foydalaniladi.
Yuqori oktanli benzin komponentini chiqish miqdori 80-88% (mass.)ni
tashkil etadi, uning oktan soni 80-85 (motor usulida)ga teng.
Riforming jarayonini o‗tkazishda asosiy
sanoat katalizatorlaridan
hisoblangan alyumiy-platinali katalizator (0,3-0,8 mass. platina) qo‗llaniladi.
Keyingi yillarda platina bilan reniy birikmali katalizatorlar keng
qo‗llanilmoqda. Bimetalli platina-reniyli katalizatorlar qo‗llash
orqali
reaktordagi bosimni 3-4 dan 0,70- 1,4 MPa gacha pasaytirishga erishiladi.
Katalizator silindrik shaklda bo‗lib, uning diametri 2,6 mm, balandligi 4 mm.
Katalitik riformingni sanoat qurilmalari
Riformingning sanoat qurilmalarini qo‗zg‗almas
qatlamli katalizatori
bo‗lgan (yarim regenerativ riforming) va harakat qiluvchi qatlamli bo‗lish
mumkin. Bularning orasida qurilmalarning oraliq turi mavjud bo‗lib, bunda
qo‗zg‗almas qatlamli katalizatori bo‗lgan qurilmaga qo‗shib
katalizatorni
uzluksiz regeneratsiyalash tizimi (dualforming) bo‗lgan yangi reaktorni yoki
katalizatorni uzluksiz regeneratsiyalash tizimi (oktanayzing) quriladi.
Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlarida
VNIIN neftyexim instituti
texnologiyasi va Lengiproneftyeximiyaloyihasi bo‗yicha qurilgan qo‗zg‗almas
qatlamli katalizatori bo‗lgan riforming qurilmalari hamda UOP va ―Axens‖
kompaniyalarining litsenziyasi bo‗yicha harakat qiluvchi qatlamli katalizatori
bo‗lgan qurilmalar ishlayapti. UOP kompaniyasining texnologiyasi bo‗yicha
vertikal joylashgan reaktor va harakat qiladigan katalizatorli XK, K qurilmalari
loyihalashtirilayapti va qurilmoqda. ―Axens‖ kompaniyasining
texnologiyasi
bo‗yicha asosan dualforming va oktanayzing qurilmalari qurilayati. Riformingni
birinchi sanoat qurilmasi AQSh da 1941 yilda, Rossiyada esa 1953 yilda
qurilgan.
Katalitik riforming o‗tkazishni ikki usuli keng tarqalgan:
qo‗zg‗almas katalizator
qatlamida boruvchi riforming; uzluksiz qayta
320
tiklanuvchi qo‗zg‗aluvchan katalizator qatlamida boruvchi riforming.