Gidrotozalash jarayonining ximizmi va katalizatorlari




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

8.5. Gidrotozalash jarayonining ximizmi va katalizatorlari 
Neft xom ashyosi deganda barcha distillyatli neft fraksiyalari va 
qoldiqlarini ko‗zda tutadilar.
Neft xom ashyosining oltingugurt, azot-kislorod saqlagan birikmalar, 
olefin va metallardan tozalash zarurligi neftni qayta ishlashda turli tozalash 
jarayonlarini yaratishni belgiladi. Vodorod va katalizator ishtirokida yuqori 
harorat va bosimda boradigan jarayonlar eng samarali bo‗lib hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda faqat shu jarayonlar tovar mahsulotlarda geteroatomli 
birikmalar va to‗yinmagan uglevodorodlar miqdori bo‗yicha hozirgi talablarga 
to‗g‗ri keladigan neft mahsulotlarini olishga imkon beradi.
Neft xom ashyosini gidrotozalash jarayonining ximizmini ko‗rib 
chiqamiz, bunda tozalashda metallar og‗ir qoldiqlarda asosan koks va 
katalizatorlarda to‗planib ularni zaxarlanishiga e‘tibor berish kerak.


339 
Gidrotozalash jarayonlarining ximizmi C-С, C-Н, C-О va C-Ме (C-
uglerod, 
S-oltingugurt, 
N-azot, 
О-kislorod, 
Fе-metall) 
bog‗larning 
destruksiyalanishiga olib keladi va C-C bog‗larga deyarli tegmaydi. Neftdagi 
oltingugurtli uglevodorodli birikmalar orasida merkaptanlar esa oson 
gidrogenlanadi, so‗ngra sul‘fid, disul‘fid, tiofen, tiofan va nihoyat benz va 
dibenztifenlar gidrogenlanadi.
Geteroatomli birikmalar uglevodorodlarga qaraganda gidrogenolizga 
tezroq uchraydi, shuning uchun genroatomlar xom ashyodan vodorod sul‘fid, 
ammiak va suv holida chiqarib yuboriladi. Oltingugurt eng oson ajralib chiqadi 
so‗ngra kislorod turadi, azot eng barqaror metallar uglevodorodlardan 
chiqarilganda ular katalizatorni qoplab uning faolligini pasaytiradilar yoki 
jarayonning og‗ir mahsulotlarida to‗planadi.
Merkaptanlar 
vodorod sul‘fid va tegishli uglevodorodlargacha 
gidrogenlanadi.
R-SH+H

RH+H
2
S 
sul‘fidlar merkaptanlar hosil bo‗lish orqali vodorod sul‘fidgacha va tegishli 
to‗yingan uglevodorodgacha gidrogenlanadi:
R-S-R+2H

RH-RH+H
2
S 
Disul‘fidlar ham vodorodsul‘fid va to‗yingan uglevodorodlargacha 
gidrogenlanadi:
R-S-S-R+3H

→2RH+2H
2
S 
Tiofen 
va 
tiofan 
(halqali 
sul‘fidlar) 
tegishli 
to‗yingan 
uglevodorodlargacha va vodorodsul‘fidgacha gidrogenlanadi:


340 
Benzin va dibenztiofenlar vodorodsul‘fid va tegishli aromatik 
uglevodorodlargacha gidrogenlanadi:
Kislorodli birikmalar gidrogenlanganda tegishli uglevodorodlar va suv 
hosil bo‗ladi.
Azot saqlagan birikmalar gidrogenlanganda tegishli uglevodorodlar va 
ammiak hosil bo‗ladi:
Bundan tashqari kam miqdorda gidrokreking jarayoni borishi mumkin.


341 
Oltingugurtli azotli, kislorod saqlagan birikmalarning moleqo‗lyar 
massasi va aromatlanish darajasining oshishi ulardan geteroatomlarning chiqarib 
yuborilishini qiyinlashtiradi.
Gidrotozalash jarayonlarida alyumokobal‘tmolibdenli (AKM) yoki 
alyumonikel‘ molibdenli katalizatorlar qo‗llanilib ularga turli qo‗shimchalarni 
kiritadilar.
Sanoatda qo‗llaniladigan alyumokobal‘tmolibdenli katalizator yuqori 
tanlash qobiliyatiga ega. Uning ishtirokida С-С bog‗larning o‗zilishi yoki 
aromatik halqalarning to‗yinish reaksiyalari deyarli sodir bo‗lmaydi. С-С 
bog‗larning o‗zilish reaksiyalarida katalizator yuqori faolligi va yaxshi termik 
barqarorligi bilan harakterlanadi. Shu sababli o‗zoq xizmat muddatiga ega. Bu 
katalizatorning 
muhim 
afzalligi 
uning potensial katalitik 
zaxarlarga 
barqarorligidir. Bundan tashqari katalizator to‗yinmagan birikmalarni 
to‗yintirish, uglerod-azot, uglerod-kislorod bog‗larning o‗zilish reaksiyalarida 
ma‘qul faollik bilan farq qiladi va amaliyotda barcha neft fraksiyalarini 
gidrotozalash uchun qo‗llaniladi.
Alyumonikel‘ molibdenli katalizatorning to‗yinmagan birik-malarni 
to‗yintirish reaksiyalarida faolligi kamroq, ammo aromatik uglevodorodlarni 
to‗yintirish jihatidan (AKM ga nisbatan 10-50% ga ko‗p) va azotli birikmalarni 
gidrogenlash jihatidan (AKM ga nisbatan 10-18% ga ko‗p). Shu bilan birga u 
o‗zining dastlabki yuqori faolligini tezroq yo‗qotadi.
Ochiq neft mahsulotlari gidrotozalashining hozirgi zamon katalizatorlari 
faolligini yo‗qotmasdan 3-6 yilgacha ishlaydi.
Ishlagani sari katalizatorda koks (katalizator massasidan 17-20%) va oltingugurt 
(katalizator massasidan 0,5-1,5 %) to‗planadi. Katalizatorning faolligi pasayadi. 
Bug‗ yoki gaz havoli aralashma bilan koks va oltingugurtni kuydirib faollikni 
tiklash mumkin. Odatda gidrotozalash katalizatorlari uchtadan kam bo‗lmagan 
regenerasiyaga bardosh beradi.
Katalizatorning faolligi faol komponent yo‗qolganda pasayishi mumkin. 
Bu harorat 600
0
С gacha ko‗tarilganda va molibden uch oksidining bug‗lanishi 


342 
sodir bo‗lganda regeneresiya paytida sodir bo‗lishi mumkin. Harorat 760
0
С dan 
yuqori bo‗lganda faol alyuminiy oksidi faol bo‗lmagan nikel‘ alyuminatiga 
aylanadi, katalizatorning qizib biriktirilishi sodir bo‗lib buning natijasida uning 
faol yuzasi kamayadi.
Aniqlashlaricha, molibdendisul‘fidi va aralash nikel‘ sul‘fidi (NiS+Ni
2
S) 
eng yuqori faollikka ega. ANM va AKM katalizatorlari dastlabki 
oltingugurtlanishga muhtojdir. Motor yoqilg‗isini sanoat miqyosida 
gidrotozalash jarayonlarida tegishli metallarni past valentli sul‘fidlarga 
aylantirish uchun vodorodda kam miqdorda (foiz ulushlarida) vodorod 
sul‘fidning bo‗lishi yetarlidir.
Gidrotozalash katalizatorlari uchta komponentdan iborat bo‗lib, ular 
quyidagilar:
Kislotali, degidro-gidrogenlovchi va mexanik mustahkamlik va g‗ovak 
strukturani ta‘minlaydigan, bog‗lovchi. Faol komponentlar (МоО
3
, N
i
О va 
CоО) gidrogenlovchi funksiyani ta‘minlaydilar. Ularning miqdori 18-25% 
(mas) ga yetishi mumkin. Quyida neft xom ashyosini gidrotozalash 
katalizatorining tarkibi keltirilgan.
Alyuminiy oksidi va alyuminosilikatlar kislotali funksiyani va bog‗lovchi 
funksiyani bajaradilar. Gidrotozalash katalizatorlarini ikkita usul bilan oladilar, 
ular quyidagilar: γ-Аl
2
О (γ-alyuminiy oksidi) ni molibden, nikel‘ yoki kobal‘t 
to‗zlari bilan birga cho‗ktirish (qanday katalizator olishiga qarab – AKM yoki 
ANM nimi), hamda alyuminiy gidrogendi Аl(ОH)
3
tegishli to‗zlarni singdirish. 
Katalizator tayyorlashning asosiy bosqichlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
singdirish, birga cho‗ktirish, yuvish quritish, qoq qilib qo‗yish, qizdirish, 
qaytarish, xlorlash va oltingugurtlash. Faollikni oshirish uchun turli 
promotorlarni kiritadilar, ular orasida boshiseolitlar, nodir yer metallar va 
boshqalar bor.
Kaliy va litiyni 1,5% (mas) gacha bo‗lgan miqdorda qo‗shish AKM- 
katalizatorining barqaror faolligini 10-20% ga oshirishga imkon beradi, ayniqsa 
og‗irlashgan fraksiyani qayta ishlashda koks hosil bo‗lishining kamayishi 


343 
hisobiga ftor va xlorni saqlagan qo‗shimchalarning faollashtiruvchi ta‘siri 
ehtimol molibdenli markazlarning lyuiskislotaligi oshishida va anionli 
vakansiyalarning elektronoakseptor kuchida bo‗lsa kerak.
Katalizatorlarning tarkibiga fosforni ularning faolligini, barqarorligini va 
alyuminiy fosfat hosil bo‗lish hisobiga katalizator granulalarining barqarorlik 
xossalarini oshirish maqsadida kiritadilar.
Fosfor birinchi navbatda gidroazotirlovchi va kamroq darajada 
gidrooltingugurtsizlantiruvchi faollikni oshiradi. Yuqori qumtuproqli seolitlarni 
qo‗shish deparafinlash jarayonlari uchun zarurdir, shu bilan birga seolitning eng 
yaxshi kationli shakli bo‗lib kobal‘tli yoki nikel‘lisi hisoblanadi. Qoldiqli xom 
ashyoni qayta ishlashda katalizatorlar ishining barqarorligini oshirish uchun 
titan va sirkoniy oksidlarini 3-10% (mas) miqdorida qo‗llaydilar.
ANM-kompozisiyasini kremniy (IV)-oksidi bilan modifikasiyalash 
mexanik barqarorligini va katalizatorning termik barqarorligini oshirishga 
imkon beradi.

Download 15,32 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Gidrotozalash jarayonining ximizmi va katalizatorlari

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish