Neft distillyatlarini gidrotozalash, katalizatorlar, xomashyo va




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

8.3. Neft distillyatlarini gidrotozalash, katalizatorlar, xomashyo va 
mahsulotlar hamda asosiy omillar 
Yuqorida qayd etganimizdek gidrotozalashga benzin, dizel yoqilg‗isi, 
vakuum gazoyl‘ fraksiyalari beriladi. Bu jarayonda xomashyo oltingugurtli, 


334 
azotli 
kislorodli 
birikmalardan, 
smolasimon 
moddalardan 
tozalanadi. 
To‗yinmagan birikmalar vodorod bilan to‗yintiriladi. 
Oltingugurtli birikmalarni gidrogenizatsiyalash reaksiyasi: 
RSH + H
2
→ RH + H
2

RSR
‘ 
+ 2H
2
→ RH + R

H + H
2

Oltingugurtni gidrogenezatsiyalash jarayoni: 
CH
2
- CH
2
- CH
2
- CH
2
S + 2Н
2
→ CH
3
- CH
2
- CH
2
– CH
3
Azot birikmalar ham shu sxema bo‗yicha gidrogenolizga uchraydi. 
Sanoatda gidrotozalash qurilmalarida asosan benzin va dizel yoqilg‗ilari 
tozalanadi. Bu jarayon AKM yoki ANM katalizatorlari ishtirokida olib boriladi. 
ANM katalizatori qattiqligini oshirish uchun uning tarkibiga 5-7% kremniy 
oksidi qo‗shiladi. Bu katalizatorni ANMS deb belgilanadi. 
Bular bilan birga qator katalizatorlar ixtiro qilingan, ulardan ba‘zilari 
sanoat miqyosida sinovdan o‗tmoqda. Yaxshi natija olingandan so‗ng sanoat 
miqyosida ishlab chiqarishga joriy qilingan. 
Benzin va dizel yoqilg‗ilarining gidrotozalash jarayonida xomashyo 
oltingugurtli, azotli birikmalar bilan birga kislorod, og‗ir metall birikmalari, 
smolasimon birikmalardan tozalanadi. To‗yinmagan birikmalar ham to‗yinadi. 
Birinchi navbatda to‗yinmagan bog‗lari ko‗p bo‗lgan birikmalar, keyin esa bitta 
qo‗shbog‗lilar to‗yinadi. Shu bilan birga katalizatorlarni ta‘sirida qisman 
gidrokreking sodir bo‗ladi. 
Aromatik uglevodorodlarga kelsak, birinchi navbatda, ko‗p halqali 
aromatik uglevodorodlar qisman to‗yinadi, aromatik uglevodorodlar naftenlarga 
aylanadi va dizel yoqilg‗isini setan sonini ko‗tarishga imkoniyat hosil bo‗ladi. 
Ammo benzol halqasi o‗zgarmay qoladi. Bu halqani to‗yintirish uchun yuqori 
bosim kerak bo‗ladi.
Odatda gidrotozalashni 330-380
о
С, va 3-5 MPa bosimida va 1 m
3
xomashyo hisobidan olganda 300-400 nm

vodorodli gaz berish bilan olib 
boriladi. Gidrotozalash jarayoni issiqlik chiqarish bilan sodir bo‗ladi. 


335 

Download 15,32 Mb.
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Neft distillyatlarini gidrotozalash, katalizatorlar, xomashyo va

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish