Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Nazorat savollari 
1.Neft qoldiqlarini gidrotozalash jarayoni distillyatlarni oltingugurtdan, 
azotdan, kisloroddan gidrotozalashda demetallanish jarayonini qo‗llashni talab 
etadimi? 
2.Chuqur gidrokrekingni distillyatli xom ashyo yoki neft qoldiqlarini 
tozalashda olib borishda qo‗llash mumkinmi? 
3. Katalitik riforming qurilmalari xom ashyosi uchun benzin fraksiyalari 
gidrotozalash va gidrooltingugurtsizlantirish olib boriladmi? 
4. Oltingugurt neft va neftni qayta ishlash mahsulotlarida elementar 
oltingugurt, vodorod sulfid, merkaptanlar, alifatik va aromatik sul‘fidlar, siklik 
sul‘fidlar va tiofenlar ko‗rinishidà saqlanadimi? 
5. Gidrotozalash jarayonida ma‘lum darajada metall organik birikmalarni 
buzilishini sodir qiladimi? 
6. Kerosin va dizel yoqilg‗isi fraksiyalarini gidrotozalash qilib aromatik 
uglevodorodlarni to‗yintirish mumkinmi? 
7.Gidrotozalash jarayonida harorat 400
0
С dan yuqoriga ko‗tarilganda 
parchalanish reaksiyalari qanday sodir bo‗ladi? 
8.Gidrotozalash jarayonlarida alyumokobal‘tmolibdenli (AKM) yoki 
alyumonikel‘ molibdenli katalizatorlar qo‗llanilganda unga turli qo‗shimchalarni 
kiritish mumkinmi?
9.Ochiq 
neft 
mahsulotlarini 
gidrotozalashning 
hozirgi 
zamon 
katalizatorlari faolligini yo‗qotmasdan necha yilgacha ishlatish mumkin?
10.To‗yinmagan, aromatik va oltingugurt saqlagan birikmalarning 
gidrogenlash reaksiyasi issiqlik ajralishi yoki yutilishi bilan borishini izohlab 
bering? 
 
 
 


359 
IX –BOB. GIDROKREKING VA GIDROTOZALASH JARAYONINING 
SANOTDAGI QURILMALARI
9.1. Dizel yoqilg‗isi distillyatini gidrotozalash qurilmasi
Qurilma dizel yoqilg‗isi distellyatini gidrotozaalsh uchun mo‗ljallangan, 
uning texnologik sxemasi 9.1-rasmda keltirilgan. Qurilmaning tarkibiga: reaktor 
bloki, pech va bir reaktordan tashkil topgan, gidrotozalangan mahsulotni 
barqarorlashtirish tizimlari, sirkulyatsiya gazidan vodorod sul‘fidni chiqarish 
hamda distillyatni vodorod sul‘fiddan yuvish bloklari kiradi. Jarayon barqaror 
alyumin-kobal‘t-molibden katalizatorining qatlamida olib boriladi. 
Nasos (1) yordamida beriladigan xomashyo vodorod tarkibli gaz bilan 
aralashadi, kompressor (16) yordamida haydaladi. Issiqlik almashtirgichlarda (6 
va 4) qizdirilgandan keyin va zmeyevikda quvurli pechda (2) aralashma 380-
425°Сda reaktorga (3) kirib keladi. Reaktorga kirishdagi va undan chiqishdagi 
harorat farqi 10°С dan oshmasligi kerak.
Reaksiya mahsulotlari issiqlik almashtirgichlarda (4,5 va 6) 160°Сgacha 
sovitiladi, xom gaz aralashmasi va barqarorlashtirish kolonnasini xomashyosi 
bilan bir vaqtda qizdiriladi. Gaz mahsulotlarini aralashmasini sovutishni davom 
ettirish havoli sovutish apparatida (7) amalga oshiriladi, juda sovutish esa 
(taxminan 380S gacha) - suvli sovutgichda (8) bajariladi. 
Nobarqaror gidrogenizat sirkulyatsiya gazidan yuqori bosimli ajratgichda 
(9) ajratiladi. Ajratgichdan gidrogenizat pastga olib chiqiladi, issiqlik 
almashtirgichdan (10) o‗tadi, u yerda taxminan 240°Сgacha qizdiriladi, undan 
keyin – issiqlik almashtirgichga (5) va barqarorlashtirish kolonnasiga (11) kirib 
keladi.
Ba‘zi bir gaz mahsulotlarini aralashmasini ajratish yuqori haroratli 
qurilmalarda olib boriladi. Bunday sharoitda aralashma 210-230°С haroratda 
yuqori bosimli qaynoq ajratgichda ajratiladi; ajratgichdan chiqib ketadigan 
suyuqlik barqarorlashtirish kolonnasiga kirib keladi, gazlar va bug‗lar esa-havoli 
sovutish apparatlarida sovitiladi. Hosil bo‗lgan kondensat gazdan sovuq 
ajratgichda ajratiladi va barqarorlashtirish kolonnasiga yo‗naltiriladi [4]. 


360 
Ras
m
9
.1

D
ize

y
o
q
il
g‗
is
in

g
id
ro
to
zal
as
h
q
u
ri
lma
si
t
ex
n
o
lo
g
ik
s
x
ema
si
: 1,
5
,1
9
,2
1

n
as
o
sl
ar
; 2

q
u
v
u
rl

p
ech

3

re
ak
to
r;
4
,5,
6
,1
0

is
si
q
li
k
al
m
as
h
ti
rg
ic
h

7
,1
2
,1
4

h
av
o
li
s
o
v
u
tg
ic
h
lar;
9
,1
3
,1
7
,2
0

se
p
ar
at
o
rl
ar;
16

k
o
m
p
res
so
r;
1
1

b
ar
q
ar
o
rl
as
h
ti
ru
v
ch

k
o
lo
n
n
a;
1
8
,2
2

ab
so
rb
er
lar.


361 
Sirkulyatsiya vodorod tarkibli gaz absorberda (18) vodorod sul‘fiddan 
monoetanaminni suvli eritmasi bilan tozalangandan keyin kompressor (16) 
yordamida tizimga qaytariladi.
Kolonnaning (11) pastki qismidan suv bug‗i kiritiladi. Benzin bug‗lari, 
gaz va suv bug‗i kolonnadan chiqishda 135°С ga yaqin haroratda havoli 
sovutish apparatiga (12) kirib keladi va gaz-suyuqlik aralashmasi ajratgichda 
(13) ajralishni davom ettiradi. Benzin ajratgichdan (13) nasos (15) yordamida 
kolonnaning yuqori qismiga sug‗orish sifatida beriladi, uning balans miqdori esa 
qurilmadan chiqariladi. Uglevodorod gazlari absorberda (22) vodorod 
oltingugurtdan tozalanadi. Kolonnaning pastki qismiga (11) ketadigan 
gidrotozalangan mahsulot issiqlik almashtirgichda (10), havoli sovutish 
apparatida (14) ketma-ket sovitiladi va 50
о
С haroratda qurilmadan chiqariladi. 
Qurilmada gaz - havo aralashma katalizatorini 2-4 MPa bosimda va 400-
550°С haroratda regeneratsiya qilish uchun tizim mavjuddir. Katalizator 
regeneratsiya qilingandan keyin 550°С haroratda va gaz-havo aralashmasi 2 
MPa bosimda chug‗ qilib qizdiriladi, keyin esa tizim inert gazi bilan tozalanadi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish