• .6. Gidrotozalash jarayoniga ta‘sir etuvchi asosiy omillar
  • Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet176/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    8.2-jadval.  
    Gidrotozalash katalizatorlarining fizik-kimyoviy xossalari 
    Ko‘rsatgich 
    AKM 
    ANM S 
    GO*70 
    TNK*200 
    GKD*205 AKEO- 
    100(BK)
    Faol komponentlarning miqdori % (mas.) 
    MoO
    3
    12,0 
    12,0 
    12,0 – 16,0 
    12,0 
    11,0 
    NiO 

    4,5 



    CoO 
    4,5 

    4,0 – 4,5 
    4,5 
    3,2 
    Uyma zichligi 
    kg/m
    3
    670 
    670 
    760 
    650 
    700 
    Mustahkamlik indeksi 
    10
    .
    HH /
    м 
    1,1 
    1,1 
    2,2 
    2,1 
    2,3 


    345 
    G‘ovak strukturaning harakteristikasi 
    Solishtirma yuza, m
    2
    /2 
    120 
    120 
    220 
    250 
    210 
    G‘ovaklar hajmi, sm
    3
    /2 
    0,5 
    0,5 
    0,5 

    0,5 
    Granulalar kattaligi, mm 
    Diametri 
    4,5 
    4,5 
    2,0 
    1,8 
    1,6 
    O‘zunligi 
    6,0 
    6,0 
    5,0 

    5,0 
    Promotirlovchi 
    qo‘shimcha 

    5 – 7% 
    SiO
    3

    Seolit 
    V
    2
    O
    5
    V
    2
    O
    5

    R
    2
    O
    5
    Katalizatorning 
    хizmat qilish 
    muddati. Yillar 



    4 – 6 

    Gidrotozalashning eng yaxshi katalizatorlarini ―Haldor Topsoe‖, 
    ―Sriterion‖, ―Chevron‖ va boshqa shunga o‗xshash katalizatorli kompaniyalar 
    ishlab chiqaradilar. Rossiyada uchta katalizatorli kompaniyalar (TNK-
    VRRyazanda va OAO NK ―Rosneft‖ Angarsk va Novokuybishevskda) chet el 
    katalizatorlari bilan raqobat qila oladilar gidrotozalash katalizatorlarini ishlab 
    chiqaradilar.
    8.6. Gidrotozalash jarayoniga ta‘sir etuvchi asosiy omillar 
    Ularga quyidagilar kiradi: katalizatorlarning ta‘siri (ilgari ko‗rib 
    chiqilgan edi), xom ashyoning xossalari, harorat, bosim, VGS ning aylanib 
    turish karraligi va issiqlik effekti.
    Xom ashyo. Gidrotozalash qurilmasiga kelib tushayotgan xom ashyoda 
    namlikning miqdori 0,02-0,03% (mas) dan oshmasligi kerak. Namlik 
    miqdorining ko‗pligi katalizatorning mustahkamligiga ta‘sir qiladi, 
    korroziyaning jadallashuvini kuchaytiradi, barqarorlashtirivchi ustunning 
    normal rejimini buzadi. Xom ashyoda mexanik qo‗shimchalar bo‗lmasligi 
    kerak, chunki ular reaktorga tushib katalizatorda to‗planadi va natijada uning 
    ishlash samaradorligi pasayadi. Xom ashyoni havo kislorodi bilan muloqoti 


    346 
    hisobiga uning tarkibidagi to‗yinmagan va kislorodli birikmalarning ko‗p 
    kondensatsiyalanishini oldini olish maqsadida gidrotozalash qurilmalarining 
    xom ashyo bilan ta‘minlashni to‗g‗ri oziqlantirishni sxemasi bo‗yicha 
    tashkillashtirishni yoki uni oraliq xom ashyo parklarida rezervuarlarda inert 
    gazli ―yostiq‖ ostida saqlash kerak. Xom ashyoni havo kislorodi bilan muloqoti 
    reaktor blokining tizimsida (issiqlik almashtirgich, kompressor va reaktorlarda) 
    qatlamlar hosil bo‗lishiga olib keladi.
    Harorat. Gidrotozalash reaksiyasi uchun optimal bo‗lib 260-420
    0
    С dagi 
    harorat intervali hisoblanadi. 260
    0
    С dan past haroratda oltigugurtsizlantirish 
    reaksiyasi sekin boradi, 420
    0
    С dan yuqori haroratda krekinglash va kokslanish 
    reaksiyalari kuchayadi. Katalizatorning ishlash qobiliyati susayishining oxirida 
    qurilma ishlab turganda yuqoriroq haroratni saqlab turadilar, chunki 
    haroratning ko‗tarilishi katalizator faollining pasayishini qoplaydi.
     Bosim. Tizimda umumiy bosim 2,5 dan 6 MPa gacha bo‗lgan bosim 
    optimal bo‗lib hisoblanadi, bunda vodorodning parsial bosimi 1,5-3,7 MPa 
    gacha tashkil qiladi. Tozalanayotgan mahsulot qancha og‗ir bo‗lsa, undagi 
    to‗yinmagan uglevodorodlar qancha ko‗p bo‗lsa, reaktorga kirishdagi vodorod 
    saqlagan gazdagi vodorodning parsial bosimi shuncha yuqori bo‗lishi kerak. 
    Vodorodning parsial bosimi oshishi bilan tozalash darajasi yaxshilanadi, koks 
    hosil bo‗lishi kamayadi, katalizatorning xizmat qilish muddati oshadi.
    Vodorod saqlagan gazning yetkazib berilish (aylanib turish) karraligi О
    0
    С 
    da va 0,1 MPa bosimda xom ashyoning bir hajmiga gazning hajmi 200 dan 700 
    gacha o‗zgaradi.
    To‗yinmagan uglevodorodlar yoki smolali moddalarning miqdori yuqori 
    bo‗lgan distillyatlarni, masalan kokslashning dizelli fraksiyalarini yoki 
    vakuumli gazoylni gidrotozalashda aylanib turadigan gaz va xom ashyoning 
    nisbati eng yuqoridir. Aylanib turish karraligining oshishi qurilmaning 
    regenerasiyasiz ishlash davomiy-ligining oshishiga ko‗maklashadi.
    Hajmiy tezlik 1 dan 10 soat-1 gacha o‗zgaradi va dastlabki xom ashyoning 


    347 
    sifatiga ham talab qilinadigan tozalash darajasiga bog‗lik bo‗ladi. To‗g‗ri 
    haydalgan benzinni tozalashda hajmiy tezlik 5 soat-1 ni, vakuumli gazoylni 
    tozalashda esa 1 soat-1 ni tashkil qiladi. Xom ashyoning oltingugurtsizlanish 
    chuqurligining hajmiy tezlikka bog‗liqligi 5.3-rasmda keltirilgan. 8.2-rasmdan 
    ko‗rinib 
    turibdiki 
    hajmiy 
    tezlikning 
    kamayishi 
    xom 
    ashyoning 
    oltingugurtsizlantirish chuqurligining oshishiga va uning yod sonining 
    pasayishiga (to‗yinmagan uglevodorodlar miqdorining kamayishiga) olib keladi.
    Reaksiyaning issiqlik effekti. To‗yinmagan, aromatik va oltingugurt 
    saqlagan birikmalarning gidrogenlash reaksiyasi issiqlik ajralishi bilan sodir 
    bo‗ladi. Yengil to‗g‗ri haydalgan yoqilg‗i-benzin, kerosin, dizel yoqilg‗isi 
    kabilarni gidrotozalashda reaksiyaning issiqlik effekti uncha katta emas va 1 kg 
    xom ashyoga 70-80 kDj ni tashkil qiladi. To‗yinmagan hamda og‗ir 
    yoqilg‗ilarning miqdori yuqori bo‗lgan yoqilg‗ini gidrotozalashda reaksiyaning 
    issiqlik effekti 260-500 kDj kg gacha bo‗ladi.
    Reaksion zonadan ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish uchun reaktorga 
    katalizator qatlamlari orasiga sovuq aylanib turadigan gazni yoki sovuq gaz va 
    gidrotozalashning suyuq beqaror mahsulotning aralashmasining yetkazib 
    turishni qo‗llaydilar.
    Vodorodning sarfi. Gidrotozalashda vodorod gidrogenlash, eritish va 
    puflashga sarflanadi. Gidrogenlashga vodorodning sarfi yuqori darajada xom 
    ashyoga to‗yinmaganlar hamda smolalarning miqdoriga bog‗liq bo‗ladi va 
    to‗g‗ri haydalgan benzinga 0,1% dan, kokslash benzini yoki vakuumli gazoylga 
    1,3% gacha o‗zgaradi. Suyuq mahsulotlarda eritishdagi vodorodni yo‗qotishlar 
    tozalanadigan mahsulot moleqo‗lyar massasasining va tizimdagi umumiy 
    bosimning ko‗tarilishi bilan oshadi.
    Gidrotozalash jarayonida toza vodorodni emas balki vodorodning hajmiy 
    miqdori 50-95% ni, qolgan qismi metan, etan, propan va butan tashkil qilgan 
    gazni qo‗llaydilar. Gidrotozalash reaksiyalarning natijasida vodorod yutiladi, 
    uglevodorodni gazlar, vodorodsul‘fid va suv hosil bo‗ladi. Shuning uchun 
    vodorodning 
    vodorod 
    saqlagan 
    gazdagi 
    miqdori 
    reaktorga 
    kirishda 


    348 
    chiqishdagiga qaraganda yuqori.

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish