Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

8.3-jadval 
Gidrotozalash jarayoni alyumin-kobal‘t-molibdenli {Аl-Со-Мо) yoki 
alyumin-nikel‘-molibdenli (AI-Ni-Mo) katalizatorlarni qo‗llash shartlari 
keltirilgan: 
Ko‗rsatgichlari
Benzinli 
fraksii 
Kerosinli 
fraksii 
Dizel 
yoqilg‗isi 
distillyati 
Katalizator
Harorat, °C
Bosim, MPa
Xomashyoni uzatishni hajmiy tezligi,soat-

Vodorod tarkibli gazni yaxlit 
sirkulyatsiyasi , m
3
/m

xomashyosi 
AI-Ni-Mo 
AI-Ni-Mo 
380-420 
2,5-5,0 
1-5 
100-600 
AI-Ni-Mo 
AI-Ni-Mo* 
350-360 
7,0 
5-10 
300-400 
AI-Ni-Mo 
AI-Ni-Mo 
350-410 
3,0-4,0 
4-6 
300-400 
* Seolit tarkibli 
Gidrotozalash sanoat qurilmasini texnologik sxemasi ajratish va 
barqarorlashtirish seksiyalariga ko‗p tomondan o‗xshashligi mavjud va quvvati, 
o‗lchamlari va texnologik jihozlanishi bo‗yicha farq qiladi. Sanoat aralash 
qurilmalarining tarkibiga: LK-6u ni aralash qurilmasida dizel distillyatlarini va 
reaktiv yoqilg‗ini gidrooltingugurtsizlashtirish seksiyalari mavjud. 


357 
Xulosa 
Gidrogenizatsiyalash 
jarayonlarida 
vodorodning 
roli 
benzinning 
riformingi va yengil uglevodorodlarning izomerlanishi bilan solishtirganda bu 
jarayonlarning muhim farq qiluvchi xossasi bo‗lib hisoblanadi. Agar riforming 
va izomerlanish holida vodorodning roli katalizatorda koks hosil bo‗lishini 
kamaytirish bo‗lsa, gidrogenizatsiyalash jarayonlarida esa vodorod to‗yinmagan, 
naften, aromatik hamda geteroatomli birikmalarning asosiy gidrogenlash 
reaksiyalarida ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda neftni qayta ishlash sanoatida
gidrogenizatsiyalash jarayonlarni gidrotozalash, gidrokreking, gidrodealkillash, 
gidrogenlash va gidroizomerlash usullari keng qo‗llaniladi. Bu jarayonlarni 
qo‗llash orqali neft mahsulotlarini sifatini va ishlab chiqarish ko‗lamini 
oshirishga erishiladi. Gidrogenizatsiya jarayonlari neftni qayta ishlash sanoatida 
ikkinchi jahon urushidan so‗ng keng qo‗llanila boshlangan. Kerosin va dizel 
fraksiyalarini gidrotozalashdan maqsad talab etilgan standart meyorlariga 
ko‗rsatilgan miqdorgacha oltingugurt miqdorini va termik barqaror, yonish 
xususiyatlari yaxshilangan tayyor distilliyatlar olishdir. Bir vaqtda yoqilg‗ini 
korroziyaga aktivligi pasaytiriladi va uning saqlash vaqtidagi har xil 
cho‗kindilar hosil bo‗lishi pasayadi. Oxirgi vaqtda umumiy balansda tarkibida 
oltingugurt va azot birikmalari ko‗p bo‗lgan neftlarni qazib olinishning 
ko‗payishi va shuning bilan birga, neftdan olinayotgan mahsulotlarni sifatiga 
qattiq talab qo‗yilishi munosabati bilan va havo flotida reaktiv texnikasining 
joriy qilinishi gidrotozalash jarayonining rivojlantirishni taqozo qiladi. Benzin 
va dizel yoqilg‗ilarining gidrotozalash jarayonida xomashyo oltingugurtli, azotli 
birikmalar bilan birga kislorod, og‗ir metall birikmalari, smolasimon 
birikmalardan tozalanadi. To‗yinmagan birikmalar ham to‗yinadi. Birinchi 
navbatda to‗yinmagan bog‗lari ko‗p bo‗lgan birikmalar, keyin esa bitta 
qo‗shbog‗lilar to‗yinadi. Shu bilan birga katalizatorlarni ta‘sirida qisman 
gidrokreking sodir bo‗ladi. Neft xom ashyosining oltingugurt, azot-kislorod 
saqlagan birikmalar, olefin va metallardan tozalash zarurligi neftni qayta 
ishlashda turli tozalash jarayonlarini yaratishni belgiladi. Vodorod va katalizator 


358 
ishtirokida yuqori harorat va bosimda boradigan jarayonlar eng samarali bo‗lib 
hisoblanadi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish