Qo‗zg‗almas qatlamli katalizatorning gidrokreking qurilmasi




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
9.2. Qo‗zg‗almas qatlamli katalizatorning gidrokreking qurilmasi
Gidrokreking jarayoni asosan har xil xom-ashyolardan kam oltingugurtli 
yoqilg‗i distillyatlarini olish uchun mo‗ljallanadi. Amalda gidrokrekingga
vakuumli va atmosfera gazoyli, termik gazoyl‘ va katalitik kreking, 
deasfaltizatlar va kam holatda mazutlar, gudronlar mahkum qilinadi hamda 
avtomobil benzinlarini, reaktivlarini va dizel yoqilg‗isini, neftkimyosi sintezi 
uchun xomashyosi, ba‘zida suyultirilgan uglevodorod gazlari (benzin 
fraksiyasidan) ishlab chiqariladi.
Gidrokreking bir yoki ko‗p pog‗onali qo‗zg‗almas (barqaror) qatlamli 
katalizatorlarni vodorodni yuqori parsial bosimda amalga oshiradi. Jarayonni 
texnolog jihozlash modifikatsiyasi katalizatorlarni qo‗llanilish afzalligi bilan 
farq qiladi. To‗g‗ri haydalgan xomashyodan yoqilg‗i distillyatlarini ishlab 
chiqarishda qoldiqlarning retsirkulyatsiyasini bir pog‗onali variantidan 


362 
foydalanishda 
reaksion 
tizimidagi 
gidrotozalash, 
gidrirovkalash 
va 
gidrokrekinglash birlashtiriladi. Xomashyoni gidrotozalash va gidrirovkalash 
ikki pog‗onali jarayonda birinchi pog‗onasida olib boriladi, gidrokreking esa -
ikkinchi pog‗onasida. Bunday holatda og‗ir xomashyoni boshqa mahsulotga 
aylanishi juda chuqur olib boriladi.
Gidrokreking uchun alyumin-kobal‘t-molibdenli katalizatorlarni qo‗llash 
keng tarqalgan hamda birinchi pog‗onada-oksidlar yoki nikel‘ sul‘fidi, kobal‘t, 
vol‘fram va ikkinchi pog‗onada esa-seolit tarkibli platinali katalizatorlar. 
Gidrokreking jarayoni-ekzotermik bo‗lib, reaktorning balandligi bo‗yicha 
xomashyo 
aralashmasini 
haroratini 
tenglashtirish 
uchun 
katalizator 
qatlamlarining oraliq zonalariga sovuq vodorod tarkibli gazni kiritish oldindan 
mo‗ljallanadi.
Gidrokreking texnologik qurilmasini odatda ikki o‗qli bloklardan 
tuzilgan: bir yoki ikki reaktorni birlashtirgan reaksiya bloki, har xil songa ega 
bo‗lgan distillyatsiya kolonnasining-fraksiyalash bloki (barqarorlashtirish, suyuq 
mahsulotlarni fraksiyalash, fraksiyalovchi absorber va bosh.) Bundan tashqari 
gazlarni vodorod sul‘fiddan tozalash bloki mavjud. Qurilmaning quvvati 13000 
m
3
/kun yetishi mumkin. 
Bir pog‗onali gidrokrekingni barqaror katalizator qatlamli vakuum 
gazoyldan dizel yoqilg‗isini olishning texnologik sxemasi 9.2-rasmda 
keltirilgan. Nasos (1) bilan beriladigan xomashyo yangi vodorod tarkibli gaz va 
sirkulyatsiya gazlari bilan aralashadi, ya‘ni kompressor (8) bilan haydaladi. Gaz-
xomashyosini aralashmasi issiqlik almashtirgich (4) va zmeyevik pechidan (2) 
o‗tadi, reaksiya haroratigacha qizdiriladi va reaktorga (3) yuqori qismidan 
kiritiladi.
Gidrokreking jarayonida ko‗p issiqlik ajralib chiqishini hisobga olgan 
holda reaktorga katalizator qatlamining oralig‗i zonasiga sovuq vodorod tarkibli 
(sirkulyatsiyalanadigan) gaz kiritiladi va reaktorning balandligi bo‗yicha 
haroratni tenglashtiriladi. 
Reaktordan chiqadigan reaksiya mahsulotlarning aralashmasi va 


363 
sirkulyatsiya gazi issiqlik almashtirgichda (4) sovutgichda (5) sovitiladi va 
yuqori bosimli ajratgichga (6) kirib keladi. Bu yerda vodorod tarkibli gaz 
ajratgichning pastki qismidan reduksion klapan (9) orqali suyuqlikdan ajratiladi, 
keyin esa past bosimli ajratgichga (10) kirib keladi. Ajratgichda (10) 
uglevodorod gazining bir qismi ajratiladi, suyuqlik oqimi esa oraliqdagi 
rektifikatsiya kolonnasidan (15) oldinda joylashtirilgan issiqlik almashtirgichga 
(11) yo‗naltiriladi. Kolonnada katta bo‗lmagan bosimda uglevodorod gazlari va 
yengil benzin ajratiladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qo‗zg‗almas qatlamli katalizatorning gidrokreking qurilmasi

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish