-rasm. Kokslash distillyatini yetkazib berish hajmiy tezligining




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

8.2-rasm. Kokslash distillyatini yetkazib berish hajmiy tezligining 
uning oltingugurtsizlanishi va yod soniga ta‘siri:
1-alyumonikel‘ molibdenli katalizatorda xom ashyoni oltingugurtsizlantirish 
chuqurligi. 
2-alyumokobal‘tmolibdenli 
katalizatorda 
xom 
ashyoni 
oltingugurtsizlantirish chuqurligi; 3-ikkala katalizator-larda yod soni.
Xom ashyoni oltingugurtsizlantirish chuqurligi deganda xom ashyo va 
gidrogenizatda oltingugurt miqdori farqining xom ashyodagi oltingugurt 
miqdori nisbatining % dagi ifodasi tushiniladi.
Riforming qurilmasidan ortiqcha vodorodsaqlagan gazning chiqishi va tarkibi 
qayta ishlanadigan xom ashyoning turiga, jarayonni olib borish sharoitiga, 
qo‗llaniladigan katalizatorlarga bog‗liq bo‗ladi. Riforming jarayonida hosil 
bo‗ladigan vodorod saqlagangaz motor yoqilg‗isini gidrotozalash jarayonida 
bevosta ishlatilishi mumkin, shu bilan birga uning tannarxi maxsus ishlab 
chiqarishning (masalan, katalitik konversiya usuli bilan olinadigan) vodorodiga 
qaraganda 10-15 marta kamdir.
Dizel yoqilg‗isini gidrotozalash jarayonida ancha miqdorda parchalanish 
gazlari ajralib chiqadi. 28% (mas) gacha, shuning uchun vodorodning miqdori 
vodorodsaqlagan gazda 50,0% (hajm) bo‗lgan holda qo‗llanganda gaz puflab 
olish zaruriyati tug‗iladi. Parsial bosim reaktorga yetkazib berilayotgan 
vodorodsaqlagan gazning tarkibi bilan bog‗liq bo‗ladi. 

 


349 
8.7. Gidrotozalash jarayonining sanoatdagi qurilmalari 
Gidrotozalash jarayonining sanoatdagi qurilmalari alohida o‗z holicha va 
boshqa qurilmalar bilan biriktirilgan holda bo‗ladi. Qo‗shma qurilmalarda 
gidrotozalash dastlabki zveno, oxirgi zanjir yoki oraliq zanjir holida bo‗ladi. 
Birinchi holatda misol qilib gidrotozalash bloki bilan ta‘minlangan katalitik 
riforming qurilmasini olsak bo‗ladi. Bunda, riforming xomashyosi - benzin 
fraksiyasi, oldin oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanib, keyin 
riformingga beriladi. Yana bir misol bu gidrotozalash qurilmasi bilan qo‗shilgan 
katalitik kreking qurilmasidir. Bunda xomashyo-vakuum gazoyl, oldin tozalanib 
keyin kreking jarayoniga beriladi (43-107 turdagi qurilma). Tozalangan vakuum 
gazoylini kreking jarayoniga berilganda sifatli mahsulotlar olinadi. 
Alohida turdagilariga dizel yoqilg‗isi fraksiyasini tozalaydigan qurilmalar 
kiradi. Bu turdagi qurilmalarning yana bir xilida dizel yoqilg‗isini oltingugurtli 
va azotli birikmalardan tozalash va to‗yinmagan uglevodorodlarni gidrogenlash 
bilan birga ikki halqali aromatik uglvodorodlar qisman to‗yintiriladi. Bu xildagi 
qurilmalarning birinchisida dizel yoqilg‗isi tarkibidagi oltingugurtli va azotli 
birikmalardan tozalanadi, to‗yinmagan va smolasimon birikmalar vodorod bilan 
to‗yinadi. Dizel yoqilg‗isini sifati yaxshilanadi, rangi tozalanadi. Ikkinchisida 
esa ikki halqali aromatik uglevodorodlarning bir qismi to‗yinib, naftenlarga 
o‗tishi natijasida yoqilg‗ining setan soni ko‗tariladi. 
Bug‗ qozonlarida yoqilg‗i sifatida ishlatiladigan mazutni ham, 
gidrooltingugurtsizlantirish jarayoniga berilib, uning tarkibidagi oltingugurtli 
birikmalarni kamaytirib, so‗ngra yoqilg‗i sifatida ishlatish tavsiya etiladi. 
Katalitik riforming qurilmasida ishlaydigan gidrotozalash blokida bitta 
reaktor bor. Qolgan qurilmalar parallel ishlaydigan ikkita alohida blokdan 
iborat. Har bir blok bitta trubali pech va ketma-ket ishlaydigan ikkita reaktor va 
boshqa apparatlardan iborat. Bu bloklarda bir vaqtda ikki xil xomashyoni 
tozalash mumkin. Aylanib yuruvchi vodorodli gazni vodorod sul‘fidi gazidan 
monoetanolamin (MEA) yordamida tozalaydigan moslama va to‗yingan
monoetanolaminni regeneratsiya qiladigan moslamalar ikkala blok uchun bitta 


350 
bo‗ladi. Odatda dizel yoqilg‗isi fraksiyasini ikkita ketma-ket ishlaydigan reaktor 
blokidan tozalanadi. 
Qurilmalarning ikkinchi turi bor. Bu qurilmalar ham ikkita blokdan iborat. Faqat 
har bir blokda ketma-ket ishlaydigan uchta reaktor bor. Boshqa apparturalar 
yuqorida qayd etilgan qurilmanikidan farq etmaydi. Nisbatan og‗irroq fraksiya, 
masalan, vakuum gazoylni tarkibida oltingugurtli birikmalarni miqdori ko‗proq 
bo‗lganda, bu xildagi xomashyoni uchta reaktorli qurilmalarda tozlash tavsiya 
etiladi. 
Yuqorida qayd etilgan sanoat qurilmalarining hammasi bir xil uslubda ishlaydi. 
Quyida biz dizel yoqilg‗isini gidrotozalash qilish jarayonining sanoatdagi 
qurilmasi bilan tanishib chiqamiz. Bu qurilmada xomashyo sifatida oltingugurtli 
neftdan yoki gaz kondensatidan olingan dizel yoqilg‗i fraksiyasi tozalanadi. 
Ba‘zan neftning og‗ir fraksiyalari ikkilamchi jarayonda qayta ishlagandan hosil 
bo‗lgan dizel yoqilg‗isi fraksiyalari bilan aralashtirib turiladi. Qurilma ikkita o‗z 
holicha ishlaydigan bloklardan iborat. Qurilmada bir vaqtida ikki xil 
xomashyoni tozalash mumkin. 
Xomashyo nasos bilan issiqlik olmashinish apparatlari (3) orqali trubali 
pech (1) ga beriladi. Shu trubaga kompressor (10) dan keladigan aylanib 
yuruvchi vodorodli gaz ham qo‗shiladi. Pechda xomashyo va gaz aralashmasi 
360-380
о
С gacha isitilib reaktor (2) lardan ketma-ket o‗tadi. Reaktorlarga 
alyuminiykobal‘tmolibden yoki alyumoniymolibden katalizatori joylashgan. 
Xomashyo katalizator qatlamidan o‗tayotganda oltingugurtli va azotli 
birikmalardan tozalanadi. Shular bilan bir vaqtda kislorodli va boshqa 
smolasimon moddalardan tozalanadi, to‗yinmagan bog‗lar to‗yinadi. Mabodo 
reaktordagi, katalizator qatlamini harorati ko‗tarilib ketsa reaktorga sovuq 
vodorodli gaz berish moslamasi bor. Reaksiya mahsuloti ikkinchi reaktordan 
bug‗-gaz holatida chiqib issiqliq olmashinish apparatlarida (3) o‗zining 
issiqlig‗ini bir qismini berib, sovutgichlarda (4) sovitilib, yuqori bosimda 
ishlaydigan ajratgichga (5) keladi. Reaktor, issiqlik olmashinish apparati, 
sovutgich va yuqori bosimli ajratgichlar 3,5-4,0 MPa bosimda ishlaydi. Bu 


351 
yerda tindirilmagan katalizatdan vodorodli gaz ajratiladi. Gaz qismida ko‗p 
miqdorda vodorod sul‘fid gazi bor. Vodorodli gazdan vodorod sul‘fid gazini 
absorberlardan (14) monoetanolamin yordamida ajratib olinadi. Tozalangan 
vodorodli gaz oraliq sig‗imga (8) keladi. Bu yerda gazdan monoetanolaminning 
tomchilari ajratib olinadi va kompressor (10) ga keladi. Sig‗imga (8) toza 
vodorod gazi ham qo‗shilib turiladi. 
Tindirilmagan gidrogenizat yuqori bosimli ajratgich (5) dan past bosimli 
ajratgichga (6) o‗tkaziladi, bosimi 0,6 MPa gacha pasaytiriladi. Shuni hisobiga 
gidrogenizatdagi erigan uglevodorod gazlari ajralib chiqadi va vodorod sul‘fid 
gazidan tozalashga yuboriladi. 
Ajratgich (6) dagi gidrogenizatning tarkibida dizel yoqilg‗isi bilan birga 
benzin fraksiyasi va og‗ir gazlar mavjud. Ular xomashyoni qisman 
gidrokrekinga uchragani natijasida hosil bo‗ladi. Bularni ajratish uchun 
gidrogenizatni almashuvchi apparat orqali tindiruvchi kolonnaga (7) yuboriladi. 
Yengil fraksiyalarni ajratishning samaradorligini oshirish maqsadida tindirish 
kolonnasining ostki qismidan olinadigan dizel yoqilg‗isini bir qismi pech (1) da 
isitiladi va yana kolonna (7) ga beriladi. Tindirilgan dizel yoqilg‗isining asosiy 
miqdori sovutgichlarda sovitilib, sig‗im (9) larda ishqor eritmasi bilan yuviladi. 
Bunda gidrogenizat vodorod sul‘fid gazidan tozalanadi va keyin suv bilan 
yuviladi. Sxemaning pastki qismini o‗ng tomonida vodorod sul‘fid gaziga 
to‗yingan monoetanolaminning suvli eritmasi regeneratsiya qilishga keltiriladi. 
Bu yerdagi kolonnada (12) monoetanolaminning eritmasidan vodorod sul‘fid 
gazi ajratib olinadi va oltingugurt olish qurilmasiga yuboriladi. Tozalangan 
eritma sovitiladi va yana absorber (14) ga qaytadan beriladi. 
Ajratgich (6) da ajralib chiqqan vodorod sul‘fid gazidan tozalangan 
uglevodorod gazlari tindiruvchi kolonnada ajratib olingan gazlar bilan 
birlashtiriladi, komprekssor (10)da bosimini 1,0 MPa gacha ko‗tarib boshqa 
qo‗rilmaga yuboriladi. 
Quyida ikki xil neftdan olingan dizel yoqilg‗isi fraksiyasi gidrotozalash 
etilgan o‗rtacha material balansi keltirilgan. 


352 
Birinchida neftda oltingugurtli birikmalarning miqdori 0,7% mass. 
(fraksiya 1), ikkinchida 2,4% mass. (2 fraksiya): 
Qurilmaga kelgan % mass. 1 fraksiya 2 fraksiya 
Dizel yoqilg‗isi 100 100 
Vodorodli gaz/100% vodorod 
gazi hisobida 0,4 0,47 
_____________________________ 
Yig‗indisi 100,4 100,47 
Qurilmaga kelgan % mass. 1 fraksiya 2 fraksiya 
Gidrotozalash etilgan
dizel yoqilg‗isi 96,00 95,00 
Vodorod sul‘fid gazi 0,65 2,10 
Uglevodorod gazalri 0,75 0,67 
Haydab olingan yengil fraksiyasi 2,00 1,70 
Yo‗qolgan qismi 1,00 1,00 
______________________________
Yig‗indisi 100,40 100,47 
Bu turdagi qurilmalarda 1 t xomashyoni gidrotozalash uchun sarf etiladigan 
ko‗rsatkichlar: 
Suv bug‗i, kg.................................................60,6 
Elektr energiyasi, MDj..............................54,8 
Suv, m
3
.............................................................8,0 
Yoqilg‗i (mazut), kg........................................14,0 
Gaz, m
3
.............................................................7,5 
Yuqorida aytib o‗tganimizdek nisbatan og‗ir xomashyo vakuum gazoylni 
katalitik jarayoniga berishdan oldin shu turdagi qurilmalarda gidrotozalash 
qilinadi. Farqi, xomashyo og‗ir bo‗lganligi sababli, unda oltingugurtli va azoti 
birikmalarning miqdori ko‗proq, tarkibida yana metallar bo‗lganligi sababli, 
katalizatorning sirtiga o‗tirib qolib, katalizatorning faol markazlarini zaxarlaydi. 
Masalan, tarkibida 3-3,5% massali oltingugurtli birikmasi bo‗lgan neftni 
yoqilg‗i-yoqilg‗i sxemasi bilan ishlaydigan zavodning AVT qurilmasidan 
olingan vakuum gazoylni xarakteristikasi quyidagicha: 
zichligi,..............................................................0,691 
fraksion tarkib, % 300
0
С gacha.....................2 


353 
350
0
С gacha.....................22 
450
0
С gacha.....................96 
chiqindilarning miqdori, % mass. 
oltingugurt.................2,7 
azot..............................0,038 
nikel‘.........................0,36·10-4 
vanadiy.......................1,12·10-4 
Bu xildagi xomashyoni katalitik kreking jarayoniga berishdan ilgari 
ketma-ket ishlaydigan uchta reaktorli qurilmada alyumokobal‘tmolibden 
katalizatorida tozalangan. Xom ashyoni reaktorga kirishidagi bosim 3,5 MPa, 
aylanib yuruvchi vodorodli gazning xom ashyoning 1 m

hajmiga nisbati 400-
600 m
3
/m
3
. Dastlab harorat 350
0
С ga teng, bir yarim soat uzluksiz ishlash 
davomida harorat 385-390 
0
С
gacha ko‗tariladi; 1 t xom ashyoni tozalash uchun 
0,54-0,64% mass. yoki 60-80m
3
vodorod gazi sarflanadi: gidrogenizatda 
oltingugurtning miqdori 0,4-0,6 % mass. gacha kamayadi; azotli birikmalar kam 
tozalangan; metallarning 60-70% tozalangan. 
Piroliz jarayoni smolasining benzin fraksiyasini alohida usul bilan 
tozalanadi. 
Bu 
fraksiyaning 
kimyoviy 
tarkibi 
60-65% 
aromatik 
uglevodorodlardan, qolgan qismi esa to‗yinmagan uglevodorodlardan iborat. 
Agar pirolizdan olingan benzin fraksiyasini avtomobil benziniga qo‗shib 
ishlatadigan bo‗lsa, u vaqtida bu fraksiyani bir bosqichda gidrotozalash amalga 
oshiriladi. Bunda zanjirda ikkita qo‗shbog‗i bo‗lgan alkanlarni bitta qo‗shbog‗i 
tuyintiriladi xolos sababi, birinchidan – ikkita qo‗shbog‗li uglevodorodlar vaqt 
o‗tishi bilan polimerlanib smolasimon modda hosil qiladi, shu bilan birga ular 
oksidlanadi. Natijada benzin fraksiyasining sifati pasayadi. Bitta qo‗shbog‗li 
uglevodorodlar nisbatan to‗rg‗unroqdilar, shu bilan birga ular benzinni oktan 
sonini ko‗taradi. Katalizator sifatida palladiy sul‘fidi ishlatiladi. Bu katalizator 
oltingugurtli, azotli birikmalarga yaxshigina chidamlidir va yuqori faollik bilan 
ishlaydi. Gidrotozalashni 2-2,5 MPa bosimda, xomashyoni hajmiy tezligi 1,4-
2,5 s-1 va 1 m
3
xom ashyoga nisbatan 100 m
3
vodorodli gaz aylanib turadi. 
Xomashyo va gazlarning reaktorga kirish vaqtida harorati 60-75
0
С, reaktordan 
chiqayotganda 170-195
0
С gacha ko‗tariladi, qo‗shbog‗lar to‗yinishi issiqlik 


354 
ajralib chiqishi bilan sodir bo‗ladi. Agarda, benzin fraksiyasidan aromatik 
uglevodorodlar olinadigan bo‗lsa, u vaqtda ikki bosqichda gidrotozalash amalga 
oshiriladi. Bunda ham to‗yinmagan birikmalar gidrogenlanadi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Kokslash distillyatini yetkazib berish hajmiy tezligining

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish