Jarayonning asosiy ko‗rsatkichlari




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
8.4. Jarayonning asosiy ko‗rsatkichlari 
Jarayonning asosiy ko‗rsatkichlari kelayotgan xomashyoga bog‗liq. 
Riformingga beriladigan benzin tarkibidagi oltingugurtni platina katalizatoriga 
berishdan ilgari 0,003% masgacha tozalash zarur, agar uning tarkibida platina-
reniy katalizotori bo‗lganda oltingugurtni 0,001% mass.gacha tozalash zarur. 
Kerosinning tarkibidagi merkaptanni 0,005% mass. dizel yoqilg‗isining 
tarkibidagi oltingugurtni esa 0,2% mass.gacha tozalash kerak. Shu talablarga 
muvofiq gidrotozalash jarayoninining asosiy ko‗rsatkichlari belgilanadi. 
Gidrotozalash jarayonining boshqariladigan ko‗rsatkichlariga harorat, 
hajmiy tezlik, bosim va 1 m
3
xomashyo hisobidan beriladigan gazning miqdori 
kabilar kiradi. 
Harorat 330
o
C dan past bo‗lganda, xomashyoning hajmiy tezligi 4-5 s-1 
dan yuqori bo‗lganda olingan mahsulotlarning sifati past bo‗ladi. Ҳарорат 
420
о
С dan ko‗tarilganda kreking reaksiyasi kuchayadi, katalizatorning yuzasiga 
koks o‗tirishi oshadi. 
Sifati past xomashyo tozalanyotganda berilayotgan gazga nisbatan 
xomashyoning nisbatini 700 nm
3
/m
3
gacha ko‗tarish lozim bo‗ladi. Agar 
berilayotgan gazning tarkibida vodorod kamroq bo‗lganda xom gazning 
nisbatini ko‗paytirish kerak bo‗ladi. Odatda berilayotgan gazning tarkibida 
vodorodning hajmi 60 dan 90% ob.gacha bo‗ladi. 
Shuni ham ta‘kidlash kerakki, agarda kerosin va dizel yoqilg‗isi 
tozalayotganda ularning tarkibidagi oltingugurtni 0,05 va 0,2% mass.dagacha 
kamaytirsak, u vaqtda yoqilg‗ilarni oksidlanishga qarshi turg‗unligi pasaytirib 
yuborilgan bo‗ladi. Demak gidrotozalash ham ma‘lum meyorgacha olib boriladi. 
Kreking va piroliz qurilmalaridan olingan fraksiyalarni albatta AVT dan 
olingan fraksiyalar bilan birga qo‗shib gidrotozalashga beriladi, aks holda 
ikkilamchi fraksiyalarni tarkibida to‗yinmagan birikmalar ko‗p bo‗lganligi 
sababli, katalizatorlarning yuzasida ko‗p miqdorda koks hosil bo‗ladi, 
katalizatorlarning ishlash davri kamayadi. 


336 
Gidrotozalash qurilmalariga yangi katalizatorlar solinganda jarayon 330
0
С
dan boshlanadi. Vaqt o‗tishi bilan katalizatorlarning yuzasiga asta-sekin koks 
o‗tira boshlaydi. Shuning hisobiga, katalizatorlarni ish mezoni pasayadi. 
Mahsulotda oltingugurtning miqdori ko‗payib boradi. Mahsulot sifatini bir xilda 
bo‗lishining ta‘minlash uchun harorat 380-400
0
С gacha ko‗tariladi. So‗ngra 
jarayon to‗xtatiladi va katalizator regeneratsiya qilinadi. Gidrotozalash 
jarayonida haroratni 400
0
С dan yuqoriga ko‗tarilmaydi, sababi, parchalanish 
reaksiyalari kuchayib ketadi. Katalizatorni yuzasidagi koks yondirilgandan 
keyin jarayon yana odatdagidek 330
0
dan boshlab ishlay boshlaydi. Katalizatorni 
ishlash davri dizel yoqilg‗isini tozalash vaqtida 1 yilni tashkil etadi. Katalizator 
2-3 yil ishlaydi, so‗ngra faol komponentlarini ajratib olish uchun maxsus 
korxonalarga yuboriladi. O‗rniga yangi katalizator solinadi. 
Vakuum gazoylni gidrokrekingga berishdan ilgari gidrotozalash qilinadi, 
bunda vakuum gazoylning sifati yaxshilanadi, gidrokreking jarayonining 
samaradorligi oshadi. 
Piroliz jarayonida olinadigan benzinlarni tarkibida asosan, aromatik 
birikmalar va to‗yinmagan uglevodorodlar mavjud. Agar bu xildagi benzin 
yoqilg‗i sifatida ishlatiladigan bo‗lganda u sul‘fidlangan platina katalizatori 
ishtirokida oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanadi, ko‗p qo‗shbog‗li 
birikmalar bir qo‗shbog‗li birikmalargacha to‗yinadi. Keyin esa birlamchi 
olingan benzinlar bilan birga qo‗shilib yoqilg‗i sifatida ishlatiladi. Agar undan 
aromatik uglevodorodlar olish uchun foydalanadigan bo‗lganda, benzin yana bir 
bor tozalanadi va to‗yinmagan birikmalar bilan to‗yintiriladi, keyin esa, 
benzindan aromatik uglevodorodlar ajratib olinadi. 
Reaktiv yoqilg‗ilarni olish uchun kerosin fraksiyasini, xomashyoni
sifatiga qarab, ikki usulda gidrotozalash amalga oshiriladi. Birinchisida, yengil 
usulda - oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanadi. Bunda asosan 
merkaptanlardan tozalashga e‘tibor beriladi. Agar kerosin fraksiyasida aromatik 
birikmalarning miqdori 12-14% mass.dan ko‗p bo‗lsa, u vaqtda, gidrotozalashni 
ikkinchi usulda - qattiqroq rejimda: yuqori bosimda (5-MPa)da olib boriladi. 


337 
Bunda qisman aromatik birikmalar naftenlarga aylanadi, shu bilan bir vaqtda 
oltingugurtli, azotli va kislorodli birikmalar ham kamayadi, kerosinning sifati 
yaxshilanadi. 
Neft qoldiqlarini gidro-oltingugurtsizlashtirish. Neftning qoldig‗ida ko‗p 
miqdorda oltingugurtli, azotli, kislorodli birikmalar, asfaltenlar, og‗ir 
metallorganik birikmalar mavjuddir. Bu qoldiqlardan yoqilg‗i olish uchun, uni 
gidro-oltingugurtsizlashtirish usuli bilan sifati yaxshilanadi. 
Bu qoldiqlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri gidro-oltingugurtsizlashtirish bilan birga, 
boshka usullar bilan, ularni sifati yaxshilanadi. Masalan, qoldiq past bosimda 
haydaladi va olingan vakuum gazoyl gidrotozalash qilinadi, so‗ngra uning 
qolgan qismi bilan aralashtirib yoqilg‗i sifatida ishlatiladi. 
Yana bir usul: og‗ir qoldiqni kokslash qurilmalariga berib undan olingan 
gazoyl gidro-oltingugurtsizlashtirilib yoqilg‗i sifatida ishlatiladi. Og‗ir qoldiq 
tarkibidagi asfaltenlar ajratib olinadi, keyin u gidro- oltingugurtsizlantiriladi va 
so‗ngra ishlatiladi. 
Oltingugurtsizlantirish jarayonida metall tuzlari katalizatorning yuzasiga 
o‗tiradi, regeneratsiya vaqtida metall oksidiga aylanib katalizatorning yuzasida 
qoladi va uni faol markazlarini berkitadi va katalizatorning ishlash qobiliyatini 
yo‗qotadi. Shu sababli, ba‘zi olimlar og‗ir qoldiqni birinchi navbatda, metall 
birikmalaridan tozalab so‗ngra gidro-oltingugurtsizlantirishga berish lozim deb 
hisoblaydilar. 
Og‗ir qoldiqlarni gidro-oltingugurtsizlantirish jarayoni uchun BashNIINP 
maxsus katalizator ixtiro qilingan. Bu katalizatorni tayyorlash uchun avvalo 
katalizator tashuvchi suv bug‗i bilan ishlanadi, natijada tashuvchining g‗ovaklari 
kengayadi va ularning diametri taxminan 15 nm dan yuqori bo‗ladi, so‗ngra 
unga faol komponentlar shimdiriladi. Bu xildagi katalizatorni qo‗zg‗almas 
sharoitda ishlatish mumkin. Shunday bo‗lishiga qaramay bu katalizatorlarning 
ishlash davri bir yildan kamdir. 
Bu xildagi xomashyoni mavhum qaynash qatlami sharoitida gidro- 
oltingugurtsizlantirish amalga oshiriladi. 


338 
Gidrotozalash va gidro-oltingugurtsizlantirish katalizatorlarining 
regeneratsiyasi ikki xil usulda olib boriladi. Katalizatorlar ishlash jarayonida 
ularning yuzasiga kokssimon moddalar: oltingugurtli; azotli; birikmalar, smola 
va metall birikmalari o‗tiradi va uning ishlash qobiliyatini vaqtincha pasaytiradi. 
Katalizatorning ishlash qobiliyatini qayta tiklash uchun regeneratsiya qilinadi. 
Katalizatorni ishlash davri ko‗p omillarga va asosan ishlanadigan xomashyoning 
sifatiga bog‗liqdir. Odatda, o‗tirgan koksning miqdori 7-10% mass.ni tashkil 
etadi. 
Birinchi usulda katalizator zonasigа 450
0
С gacha isitilgan inert gazi – 
azotga, oz miqdorda havo qo‗shib beriladi. Birinchi davrda kislorodning miqdori 
0,5% va oxirgi davrda 2% gacha yetkazish mumkin. Regeneratsiya vaqtida 
bosim 4-5MPa, eng yuqori harorat 550
0
С ga teng. Regeneratsiya 100-120 soat 
davom etadi. 
Ikkinchi usulda reaktorga suv bug‗i va havo beriladi. Bu jarayon 
atmosfera bosimida olib boriladi. 1 m
3
katalizatorni regeneratsiya qilish uchun 
350-900 m
3
suv bug‗i sarflanadi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish