332
b) Gidrooltingugurtsizlashtirish
: neftning og‗ir
qoldiqlarini va mazutni
tozalash.
v)
Gidrokreking: yuqori haroratda qaynovchi neft fraksiyalaridan yengil
fraksiyalar (benzin, reaktiv va dizel yoqilg‗i)ni olish.
g)
Gidrotozalash usuli bilan yog‗ mahsulotlarini olish.
d)
Parafinlarni tozalash.
Gidrotozalash jarayonining ahamiyati. Oxirgi vaqtda umumiy balansda
tarkibida oltingugurt va azot birikmalari ko‗p bo‗lgan neftlarni qazib olinishning
ko‗payishi va shuning bilan birga, neftdan olinayotgan
mahsulotlarni sifatiga
qattiq talab qo‗yilishi munosabati bilan va havo flotida reaktiv texnikasining
joriy qilinishi gidrotozalash jarayonining rivojlantirishni taqozo qiladi.
Gidrokreking jarayoni kelgusida katalitik kreking jarayonini o‗rnini oladi.
Gidrotozalash usuli bilan yog‗lar olish jarayoni murakkabroq jarayon bo‗lishiga
qaramay kelgusida rivojlanmoqda. Bu usulni asosiy ikkita omili bor: a) hozirgi
yog‗ olish jarayonidagi ishlatilayotgan zaxarli fenol moddasi ishlatilmaydi; b)
olinayotgan yog‗ning miqdori ko‗payadi.
Bulardan tashqari gidro-boyitish jarayoni ham gidrogenizatsiyalash
jarayonlarga kiradi. Masalan, piroliz jarayonida olingan suyuq modda tarkibida
bir va bir necha qo‗shbog‗i bo‗lgan to‗yinmagan birikmalar, shular bilan birga,
oltingugurt va azotli birikmalar bor. Bu suyuq moddani sifatini yaxshilash uchun
birinchi navbatda platina katalizatori ishtirokida 20-75
о
С da 4-5
MPa bosimda
ikki va undan ortiq qo‗shbog‗li birikmalar smolasimon moddalar to‗yintiriladi.
Undan keyin bir qo‗shbog‗li birikmalar to‗yintiriladi. Bu jarayon 340-380
о
С,
3,5-4 MPa bosimda olib boriladi, shu vaqtda oltingugurtli va azotli
birikmalardan ham tozalanadi.
Benzin va dizel yoqilg‗isini oltingugurtli va azotli birkmalardan tozalash -
gidrotozalash
jarayoni
esa
alyumin-kobal‘t
yoki alyumoniy-molibden
katalizatorlarining ishtirokida olib boriladi.
С-S bog‗ining energiyasi 227 kDj/mol‘ga, а С-С bog‗ining
energiyasi
(332 kDj/mol‘ga teng. Shu sababli С-S bog‗i osonroq uziladi. Bu asosiy
333
reaksiya bilan bir qatorda to‗yinmagan birikmalarni to‗yinishi, qisman
uglevodorod molekulalarini parchalanishi kabi reaksiyalar sodir bo‗ladi.
Gidrotozalash 350-400
о
С va 3-5 MPa bosimda olib boriladi.
Kerosin va dizel yoqilg‗isi fraksiyalarini gidrotozalash qilib aromatik
uglevodorodlarni to‗yintirish lozim bo‗lganda, bu jarayon 10-15 MPa bosimda
olib boriladi.
Neft qayta ishlagandagi qoldiq mazutni bug‗ qozonlari uchun yoqilg‗i
sifatida ishlatish uchun katalizator yordamida gidro-oltingugurtsizlantirish
amalga oshiriladi. Bu qoldiq
fraksiyada oltingugurtli, azotli va metallorganik
birikmalar, smolalarning miqdori ko‗p bo‗ladi. Shuning uchun katalizatorlarni
ishlash jarayoni murakkablashadi, ularning sirtiga birikmalar o‗tirib,
katalizatorlarni ishlash samaradorligini pasaytiradi.
Mazutda oltingugurtning
miqdori 1% mass.dan oshmasligi shart.
Termik va katalitik kreking jarayonlarida reaksiya zonasiga tashqaridan
vodorod berilmaydi.
Gidrokreking jarayonida esa tashqaridan vodorod berilgani uchun yengil
va o‗rta fraksiyalar ko‗p hosil bo‗ladi.
Gidrogenizatsiyalash jarayonlarni rivojlanishiga quyidagilar o‗z hissasini
qo‗shadi:
1) Katalitik riforming qurilmalarida ko‗p miqdorda vodorod olinishi.
2) Yuqori samaradorli katalizatorlarning ixtiro qilinishi.
3)Gidrokreking qurilmalarida faqat benzin emas, o‗rta va og‗ir fraksiyalar
ham olinishi mumkin.
Gidrogenizatsiyalash jarayonlarda neft mahsulotlarini oltingugurtli va
azotli birikmalardan tozaligini biroz bo‗lsa ham
saqlashga imkoniyat hosil
qiladi.