Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


324 
Xulosa 
Katalitik riforming sharoitlarida beshbog‗li sikloalkanlar siklopentan 
halqasining ochilishiga olib keluvchi izomerlash reaksiyalariga uchraydi. 
Izomerlash reaksiyalari yoki alkil o‗rnini egallovchilarning qayta guruhlanishi 
bilan kechadi yoki beshbog‗li naftenlarning oltibog‗lisiga o‗zgarishiga olib 
keladi. Asosiy reaksiyalar mexanizmidan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki
riforming katalizatori tarkibida kislotali komponentlar qatori faol metall ham 
bo‗ladi. Katalitik riforming - benzinning sifatini yaxshilash jarayonlaridan biri 
hisoblanadi hamda eng qimmat monomerlarni olish mumkin va zamonaviy 
neftni qayta ishlashda keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda asosan katalitik riforming 
qurilmasida platinali katalizatorda ishlaydi hamda platforming deyiladi 
Qo‗zg‗aluvchan qatlamli platforming jarayoni diametrlari bir-biridan farq 
qiluvchi ustma-ust joylashtirilgan kolonna tipidagi reaktorlarda olib boradi. Bu 
yerda katalizator reaktor va regenerator o‗rtasida sirkulyatsion harakatda 
bo‗ladi. Katalizator yuqoridagi birinchi reaktordan ikkinchisiga va ikkinchisidan 
uchinchisiga harakatlanib o‗tadi. Katalitik izomerlash jarayoni yuqori oktanli 
benzinli olish hamda neftkimyo sanoati xomashyosini ishlab chiqarish 
hisoblanadi. Eng ko‗p qo‗llaniladigan bifunksional katalizatorlarning tarkibida 
platina yoki kislota tashuvchi palladiy (alyuminiy oksidi, seolit) mavjuddir.
Oltingugurtli, yuqori oltingugurtli va yuqori parafinli neftlarni qayta ishlash 
uzluksiz ortib borayotgan sharoitda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi, 
ularning turlarini ko‗payishi va sifatining yaxshilanishi ikkilamchi va ayniqsa 
katalitik jarayonlarning tezroq rivojlanishini talab qiladi. Katalizatorning 
rekristallanishiga barqarorligini oshirish uchun uning tarkibiga rekristallanish 
tezligini pasaytiruvchi moddalar – tuzilish hosil qiluvchi promotorlar kiritiladi. 
Mexanik va termik ta‘sirlar ham katalizator zarrachalarining asta – sekin 
yemirilishiga olib keladi. Katalizatordagi kimyoviy o‗zgarishlarni ularning 
yuzasiga xom ashyodagi qo‗shimchalar yoki ularning parchalanish 
mahsulotlarining xemosorbsiyasi keltirib chiqaradi.

Download 15,32 Mb.
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish