313
issiqlik samaralarining nisbatlari gaz fazadagi hisoblab chiqilgan nisbatlardan
keskin farq qilishi mumkin.
Katalitik riforming texnologik tizimi
Hozir neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yaxshilash imkonini
beruvchi, shuningdek qimmatbaho monomerlar
olish jarayonlaridan biri
katalitik riforming hisoblanadi va bu jarayon keng tarqalgan bo‗lib, ayni vaqtda
katalitik riforming qurilmalari asosan platinali katalizatorda ishlaydi.
Katalitik
riforming
bu
avtomobil
benzinining
yuqori
oktanli
komponentlarining fraksiyalarini yoki individual aromatik uglevodorodlar
benzol, toluol va ksilollarni past oktanli benzindan olishning asosiy
jarayonlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Jarayonning asosiy afzalligi bu
gidrogenizatsion jarayonlar uchun zarur bo‗lgan arzon vodorod saqlagan
gazning hosil bo‗lishidadir.
Sanoatda hozirgi vaqtda riformingni ikki xil variantini qo‗llanadi.
Birinchi
variant (yokilg‗ili) benzinning yuqori oktanli komponentini
ishlab chiqarish
ikkinchi variant esa (neft kimyoviy) - aromatik uglevodorodlarni olish. Bu
sxemalarning asosiy farqi turli past oktanli benzinli fraksiyalarni riforminglash.
Ikkinchi variant hamda 62-140ºС dan benzinli fraksiya riformingga uchratiladi
chunki, bu fraksiyaning riformatida sanoat ahamiyatiga ega bo‗lgan asosiy
aromatik uglevodorodlar benzol, toluol va ksilollarning eng ko‗p
miqdori
mo‗jassamlashgan. Bu aromatik uglevodorodlarni riformatdan ekstraksiyalash
bilan ajralib boriladi.
Hozirgi vaqtda tovarli benzinning ekologik xossalariga katta e‘tibor
qaratilyapti: birinchi-navbatda benzolning miqdorigacha 1% (mas) aromatik
uglevodorodlarniki 25% (mas) gacha chegaralanadi. Rossiyada tovarli benzinga
qattiq talablar qo‗yadigan texnologik reglament kiritilgan katalitik riforming
qurilmalarida olinadigan benzinga benzol va aromatik uglevodorodlarning juda
standartlariga to‗g‗ri kelmaydi. Shu sababli riforming qurilmalarini aromatik
uglevodorod va texnik vodorodni ishlab chiqarishga o‗tkazadilar
va umumiy
benzin fondida benzin riforminglarining miqdorini qisqartiradilar. Boshqa
314
yo‗nalish bu riformatni dearomatlash va izomerlash bo‗lib, u muvaffaqiyatli
amalga oshirilayapti. Riforming benzinni eng yirik ishlab chiqaruvchi bo‗lib
qoladi.
Katalitik riforming jarayonidan maqsad - yuqori oktanli avtomobil benzin
komponentini ishlab chiqarish shuningdek, aromatik uglevodorodlar benzol,
toluol va ksilollar olishdir. Jarayon natijasida vodorod saqlovchi gaz ham olinadi
va keyinchalik yoqilg‗i, moy va boshka fraksiyalarni
gidrotozalashda hamda
gidrokreking qurilmalaridan foydalaniladi.
Katalitik riforming xom ashyosi bo‗lib to‗g‗ri haydashdan olingan benzin
fraksiyalari xizmat qiladi. Yuqori oktanli benzin olish uchun katta benzin
fraksiyalari (85-180
0
C) xizmat qilsa, benzol toluol, ksilol olish uchun 62-85,
85..115
0
C ва 115-150
0
C fraksiyalaridan foydalaniladi, ba‘zida
keng benzin
fraksiyalariga termik kreking jarayonidan olingan past oktanli benzinlar ham
qo‗shiladi. Bunda xom ashyo oltingugurtli bo‗lganda katalizator zaxarlanishi
mumkin, shuning uchun doim riforminga gidrotozalangan xom ashyo kiritiladi.
Xomashyoning tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,01% bo‗lishi kerak.
Jarayonning ximizmi mexanizm va termodinamikasi
Katalitik riforming sharoitida aromatik uglevodorodning hosil bo‗lishiga
olib keladigan quyidagi asosiy reaksiyalar sodir bo‗ladi:
olti a‘zoli sikloalkanlarni degidrogenlash
C
6
H
11
CH
3
→ C
6
H
5
CH
3
+ 3H
2
;
besh a‘zoli sikloalkanlarni degedroizomerlash
C
5
H
9
CH
3
→ C
6
H
12
→ C
6
H
6
+ 3H
2
;
alkanlarni degidrotsiklizatsiyalash
C
7
H
16
→ C
6
H
5
CH
3
+ 4H
2
;
alkenlarni siklodegidrogenlash
C
7
H
14
→ C
6
H
5
CH
3
+ 4H
2
Arenlarning to‗planishga olib keladigan sanab o‗tilgan reaksilar bilan bir
qator boshqa jarayonlar ham boradi, ya‘ni parchalanishning keyinchalik
315
gidrogenlash bilan boradigan alkanlarning kreking
alkanlarning izomerlanish
arenlar yon zanjirlarning izomerlanish kislorod saqlagan va metalloorganiq
birikmalarning
parchalanish
aren
va
alkenlarning
kondensasiyalanish
reaksiyalari.
Kondensasiyalanish reaksiyalari koksning hosil bo‗lishiga va uning
katalizatorga to‗planishiga olib keldi buning natijasida katalizatorning faolligi
yo‗qoladi. Shuning uchun jarayon vodorodli muhitda olib boriladi.
Degidrogenlash
va
degidrosiklizatsiyalash
reaksiyalarining
tenglamalaridan ko‗rinib turibdiki Le-Shatelye prinsipi va massalar ta‘siri
qonuniga binoan vodorod bosimning oshishi bu reaksiyalarning muvozanatini
o‗ngdan chapga siljitadi.
Shu bilan birga ko‗rsatilganki, vodorodning bosimi qancha yuqori bo‗lsa
shuncha koksning to‗planishi kam bo‗ladi. Mana
shu ikkita qarama-qarshi
vaziyatlar bilan riformingdagi vodorodning parsial bosimini tanlash amalga
oshiriladi.