318
yo‗nalishida borishi hamda jarayonning moslanuvchanligiga va uning iqtisodiy
tavsiflarining yaxshilanishiga ko‗maklashish kerak.
Katalitik riforming vaqtida neftning benzin fraksiyasi uglevodorodlari
katta miqdori aromatik uglevodorodlarga aylanadi. Bunda olti a‘zoli naften
uglevodorodlari degidrirlanishi, alkillangan besh a‘zoli neftyenlarni
degidroizomerlanishi va parafin uglevodorodlarini degidrosidlanishi kuzatiladi.
Bir vaqtning o‗zida aromatik uglevodorodlarni dealkillanish reaksiyalari ham
boradi. Shuningdek, ularni zichlanishi tufayli katalizator yuzasida koks
qatlamini hosil bo‗lishiga olib keladi. Katalizator kokslanishini oldini olish va
kreking vaqtida hosil bo‗lgan to‗yinmagan uglevodorodlarni gidrogenlanishi
uchun reaktordagi vodorod bosimini yuqori oktanli benzin olishda 3-4 MPa,
individual aromatik uglevodorodlar olishda 2 MPa da saqlash zarur.