344
Ba‘zi sanoat katalizatorlarining sifat ko‗rsatgichlari 10-jadvalda
keltirilgan. Ularning ko‗pchiligi yuqori mustahkamlik xossalariga ega bo‗lgan
mayda granulalar holida ishlab chiqariladi.
АКМ-alyumokobal‘tmolibdenli
katalizator;
АНMS-alyumonikel‘
molibdenli katalizator kremniy oksidi qo‗shimchasi bilan; GО-70; ТНК-2000 –
AKM
katalizatorlari, benzin va kerosinni gidrotozalash jarayonlarida o‗zlarini
yaxshi ko‗rsatgan. GKD va AGKD- katalizatorlari o‗zlarini dizel yoqilg‗isini
gidrotozalash jarayonlarida yaxshi ko‗rsatgan.
8.2–jadvalning ma‘lumotlaridan shunday xulosa qilish mumkinki, faol
komponentlar bu birinchi har qaysi katalizatorda mavjud bo‗lgan
molibden
oksididir. Uning miqdori 11 dan 16% (mas) gacha o‗zgaradi. Ikkinchi faol
komponent bo‗lib kobal‘t yoki nikel‘ oksidi hisoblanadi.
Odatda bir
katalizatorda ular birgalikda mavjud bo‗lmaydi. Ularning miqdori 4-4,5% (mas)
ni tashkil qiladi, ya‘ni molibden-oksididan taxminan 3 marta kam, qolgani esa
alyuminiy oksidi – 80% (mas) dan ko‗p. Bir qator katalizatorlarda kislotali
funksiyasini kuchaytirish uchun seolit qo‗shimchasi mavjud bo‗lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda oddiy AKM va ANM lar sanoatda qo‗llanilmaydi,
bulardan
samaraliroq bo‗lgan analoglar bilan almashtiriladi.