275
Platina katalizatorida vodorodning bosim 3,0-3,5 MPa bo‗lganda
katilazatorni ish davri 12 oy gacha davom etadi. Keyingi vaqtda platina-reniy va
ko‗p metalli katalizatorlarni qo‗llanishi bosimni 1,5-2,0 MPa gacha
pasaytirishga imkoniyat beradi. Bu esa
aromatik va izomerlangan
uglevodorodlarni ko‗proq hosil bo‗lishiga sharoit yaratadi.
Neftni ikkilamchi qayta ishlash jarayonlarida og‗ir distillyat fraksiyalarini
mayda dispers katalizatorlarda katalitik kreking eng yetakchi o‗rinlardan birini
egallaydi. Jarayonning maqsadli yo‗nalishi yuqori oktanli benzin olish uchun
qaratiladi. Gazlar, butan-butilenning va propan-propilenning
boy fraksiyasi
yuqori oktanli benzin-alkilatni ishlab chiqarish uchun keng qo‗llaniladigan
sifatli xomashyo hisoblanadi hamda sintetik kauchuk va neftkimyosi uchun ham
xomashyo ishlab chiqariladi.
Katalitik krekingning yengil gazoylli dizel yoqilg‗isi komponenti sifatida
foydalaniladi. Og‗ir gazoylning yuqori tarkibli politsiklik aromatik birikmasidan
despers texnik uglerod va ignali koksni olishda keng qo‗llaniladi hamda
mazutning komponentni sifatida ham foydalaniladi.
Krekingning asosiy xom-ashyosi sifatida vakuum gazoylini 300 dan
500°С gacha qaynash harorati keng fraksiyalash tarkibidan foydalaniladi.
So‗nggi yillarda xomashyo sifatida oxirgi qaynash harorati 550 dan 590
о
С gacha
bo‗lgan og‗irlashtirilgan vakuum gazoyli qo‗llaniladi. Xom-ashyolarni resursini
kengaytirish uchun ikkilamchi olingan xomashyolardan ko‗pincha kokslash
gazoylidan foydalaniladi [1, 2].
Katalitik kreking xomashyosi past kokslanishga (massasiga nisbatan 05%
dan yuqori emas) ya‘ni, tarkibida ko‗p bo‗lmagan
politsiklik aromatik
uglevodorodlar va smolali moddalarni bo‗lishi katalizatorni tezda kokslanishga
chaqiradi. Bundan tashqari xomashyoda katalizatorni qobiliyatini faolsizlantirish
past miqdordagi metallar (20-25 g/t miqdoridan katta emas) bilan ta‘minlangan
bo‗lishi kerak. Hozirgi vaqtda xom-ashyoni oldindan xususiyatini
demetallizatsiya qilish ishlari ishlab chiqiladi.
Kreking xom-ashyosini
kulchanligi odatda 0,006—0,007% chegarasida (massasiga nisbatan) joylashadi
276
[3, 4].
Oltingugurtli xomashyo qo‗llanilganda uni gidrotozalash amalga
oshiriladi. Zamonaviy zavodlarda katalitik kreking qurilmasi gidrotozalash bloki
bilan birgalikda o‗rnatiladi qaysiki, oltingugurt birikmalari vodorod sul‘fid
ko‗rinishida chiqariladi hamda umumiy xomashyoni azot va kislorod
birikmalaridan tozalash sodir bo‗ladi. Xom*-ashyoda
oltingugurt miqdori
gidrotozalashdan keyin 0,1 - 0,3% (massasiga nisbatan) gacha pasayadi.
Kreking qurilmalarida yuqori faolli seolit tarkibli katalizatorlar keng
qo‗llaniladi ya‘ni 10 dan 25% gacha (massasiga nisbatan) amorf matritsaning
massasida kristall alyuminsilikatlar bo‗ladi. Buning natijasida benzinni chiqishi
katta qiymatga oshadi va oktan soni 82-84 (motor metodida) yoki 92-94
(tadqiqot metodida) ko‗tariladi hamda kontakt vaqtini kamaytiradi.
Katalizator
aniq granulometrik tarkibga, yoyilgan yuzaga, yuqori g‗ovaklikka va mexanik
mustahkamlikka ega bo‗lishi kerak.