-rasm. Katalitik kreking sxemasining variantlari. a) qo‗zg‗almas katalizator




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

6.5-rasm. Katalitik kreking sxemasining variantlari. a) qo‗zg‗almas katalizator 
qatlami; 
b) qo‗zg‗aluvchan yirik donali granulli katalizator qatlami; v) suyultirilgan 
katalizator qatlami; g) liftli reaktor; 1–reaktor; 2–regenerator; 3 – ajrtagich; I–xomashyo; II 
-havo; III-yonish mahsulotlari; IV–reaksiya mahsulotlari; V – suv bug‗i. 
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishga urinishlar olimlar va ishlab 
chiqaruvchilarda katalizatorning uzluksiz regeneratsiyasini amalga oshirish 
fikrini paydo qilgan. Buning uchun uni ishlatilgan (kokslangan) holatda chiqarib 
olib, alohida apparatda regeneratsiya qilish va tiklangan holatda reaktorga 
qaytarish kerak bo‗lgan. Boshqa so‗z bilan aytganda, katalizatorning uzluksiz 
aylanishini tashkil etish, shuningdek reaktor va regeneratorning yangi 
konstruksiyasini ishlab chiqish kerak bo‗lgan. Bu g‗oya o‗tgan asrning 40 - 
yillari boshlaridan harakatlanuvchi katta granulalar (sharikli) katalizatorli 
qurilmalarda amaliyotga joriy etilgan. Uning reaktor va regenerator orasida 
ko‗chishi (sirkulyatsiyasi) tashuvchi sifatida havodan foydalanuvchi 
pnevmotransport yordamida amalga oshirilgan. Katalizatorning bunday 
sirkulyatsiyasi 5.6 -rasm, b sxematik ko‗rsatilgan. Jarayonga harakatlanuvchi 
katalizator joriy etilgan vaqtdan boshlab barcha katalitik kreking o‗ziga xosligi - 
unda ikki apparat, bir-biri bilan o‗zaro bog‗lik holda ishlovchi reaktor va 
generator mavjud bo‗lganligi bilan tavsiflanadi. Bunday yechim jarayonni 
uzluksiz jarayonlar toifasiga o‗tkazishga va uning samaradorlik darajasini 
oshirishga imkon berdi. Shunga qaramasdan, bunday turdagi qurilmalar 
pnevmotransportli katta granulalar katalizator bilan bog‗liq ahamiyatli 


271 
kamchilikka ega edi. Tashiladigan gazning yuqori solishtirma sarfi qurilma 
quvvatini oshirishga imkon bermadi. Bundan tashqari, katalizatorning kichik 
harakat tezligi bilan bog‗lik reaktorda bo‗lish vaqtining uzoqligi undan 
yetarlicha samarali foydalanilmasligiga sabab bo‗ldi.
Katalitik krekingning keyingi rivojlanish jarayonda siqilgan (qaynovchi) 
katalizator qavati foydalanishga o‗tilishi bilan kechdi (chet ellarda jarayon 
―flyuid‖ yoki FCC nomini oldi), u dastlab notekis shakldagi zarralar 
(changsimon) ko‗rinishida va keyinchalik kichik shariklar (mikrosfera) 
ko‗rinishida foydalanilgan. Ikki holatda ham katalizator zarralari hajmi 10-120 
mkm.ni tashkil etgan. Qayd etish kerakki, qattiq zarralarning siqilgan qavati 
nafaqat tashqi ko‗rinishiga ko‗ra, quvurlar orqali (pastga – og‗irlik kuchi 
ta‘sirida va pastga – gaz va bug‗ oqimi bilan) bir apparatdan boshqasiga oson 
ko‗chishi bilan ham suyuqlikni eslatadi. Bunday jarayon sxemasi 4.6, v rasmda 
keltirilgan. Siqilgan qavat katalizatorli qurilmalar ko‗p davlatlarning neftni 
qayta ishlash sanoatida keng tarqalgan. Bu bunday jarayonda issiqlik tekis va 
samarali ta‘minlanishi va butun reaksiya bo‗shliqda tekis massa-almashinuvi 
bilan ifodalanadi. Bunda xomashyo malekulalarining katalizator yuzasiga 
diffuziyasi uchun zarur bo‗lgan vaqt sezilarli qisqaradi, natijada, umumiy 
kontakt vaqti ham qisqaradi. Bu hodisa asosan seolit saqlovchi katalizatordan 
foydalanuvchi qurilmalardan foydalanishda qayd etilgan va lift-reaktor deb 
nomlanuvchi jarayonga o‗tishga imkon yaratgan. Lift-reaktor tik quvur bo‗lib, 
unda, katalizator tashuvchisi kimyoviy reaksiya kechishi bilan xomashyo 
bug‗lari oqimi bilan birlashadi. Bunday reaktorda xomashyo va katalizatorning 
bo‗lish vaqti 5-7 soniyani tashkil qiladi va bu maqsadli mahsulot paydo 
bo‗lishiga olib keluvchi qayta ishlashning asosiy jarayonlari tugallanishi uchun 
(katalizatorning malum faolligida) yetarli vaqtdir. 
Qaralayotgan jarayonning rivojlanishining eng oxirgi texnologiyasi 
MSCC (millisekund katalitik kreking) tizimining yaratilishi bo‗ldi. Uning eng 
asosiy o‗ziga xosligi o‗z nomida aytilganidek juda qisqa vaqtda xomashyoning 
bug‗lanishi va katalizator bilan kontaktidadir. Shuni qayd etishimiz kerakka, bu 


272 
vaqt albatta soniyaning mingdan bir ulushlarida emas, biroz kattaroq 
qiymatlarda hisoblanadi (o‗rtacha 0,5-1,5 soniya), masalan lift reaktorlarda 
kamroq. Tuzilmaviy jihatdan kompleks 5 seksiyaga bo‗linadi: 
seksiya 1000 – issiqlik utilizatsiyasi va regeneratsiya gazlarini tozalash, 
yordamchi tizimlar; 
seksiya 2000 – MS katalitik krekingi va fraksiyalash; 
seksiya 3000 – gazni fraksiyalash; 
seksiya 4000 – siqilgan uglevodorod gazlarini oltingugurt birikmalaridan 
tozalash; 
seksiya 5000 – benzin fraksiyalarini oltingugurt birikmalaridan tozalash. 
Kompleks blok- sxemasi va uni zavodning boshqa qurilmalari bilan 
o‗zaro aloqasi 6.7 rasmda ko‗rsatilgan. Aytish kerakki, har qanday texnologik 
qurilma NQIZ tarkibida mustaqil tuzilma birligi sifatida, qoidaga ko‗ra, 
seksiyalar, bloklar yoki bo‗limlarga ajratiladi. Bunday bo‗linishdan ikki maqsad 
ko‗zlanadi. Birinchidan, foydalanish xavfsizligi oshadi, chunki sxema 
elementlari (bloklar va h.k.) o‗rtasida bo‗luvchi va izolyatsiyalovchi qurilmalar 
o‗rnatiladi. Ikkinchidan, jarayonni yanada samarali va moslashuvchan 
boshqarish mumkin. NQIZ uchun kompleksning asosiy va yangi qismi seksiya 
2000 bo‗lib, katalitik krekingni va reaksiya mahsulotlarini birlamchi 
fraksiyalashni o‗z ichiga oladi. Uni tez-tez qurilmaning yuragi deb atashadi. Bu 
yerda, konstruksiyasi va foydalanishning xarakterli o‗ziga xosligi va 
qiyinchiliklariga ega bo‗lgan jihozlar o‗rnatiladi. Agarda boshqa seksiyalar 
uchun mavjud qurilmalarda shunga o‗xshash apparat va texnologik oqimlarni 
topish mumkin bo‗lsa (masalan, seksiya gazni fraksiyalash 3000, LK-6U 
qurilmasidagi seksiya 400 ga analogigi mavjud), reaktor-generator bo‗limi 
barcha jihatlardan zavod uchun yangi va noyobdir. Aynan shuning uchun biz 
faqatgina seksiya 2000 ishiga batafsil to‗xtalamiz. 
Seksiya 2000 texnologik sxemasi tarifi. 
6.7 - rasmda seksiya 2000 texnologik sxemasi keltirilgan. Sxemaga 
seksiya 3000 ga taaluqli ba‘zi apparatlar qo‗shilgan. 


273 

Download 15,32 Mb.
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Katalitik kreking sxemasining variantlari. a) qo‗zg‗almas katalizator

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish