264
oshiriladi. Katalizatorda koksning umumiy miqdori biroz ortadi, ammo ―
del‘ta-
koks‖ yanada ko‗proq pasayadi.
―
Del‘ta-koks‖ miqdorining kamayishi xomashyoni tarqatish uchun
beriladigan suv bug‗i miqdorining tezda oshirilishida, xomashyo fraksion
tarkibining yengillashishi
va uning kokslashuvida, shuningdek reaktorda
nisbatan past haroratlarda qurilmani ishga qo‗shish va xomashyoni yuklash
davrida sodir bo‗ladi. ―
Del‘ta-koks‖ ko‗rsatgichining o‗sishi regenerator va
reaktorda haroratning ortishiga olib keladi. Katalizator sirkulyatsiyasi darajasi
avtomatik
pasayadi, bunda katalizator faollligi pasayadi, benzin chiqishi
kamayadi, ishlatilgan katalizatorda koks miqdori esa ortadi. Buning natijasida
―del‘ta-koks‖ o‗sishda davom etadi.―
Del‘ta-koks‖ ko‗rsatgichning oshishiga
quyidagilar sabab bo‗lishi mumkin:
xomashyoning tezda og‗irlashuvi va
kokslashuvning o‗sishi, xomashyoni dastlabki
qizdirish haroratining oshishi,
regeneratsiyalangan katalizator oqimiga uning reaktorga kirishi oldidan
beriladigan nordon suv (yoki suv bug‗i) miidorining kamayishi va h.k.
―
Del‘ta-koks‖ parametri konkurent ishlab chikaruvchi firmalar taklif
etayotgan katalizatorlardan birini tanlashda foydali bulishi mumkin.
Haqiqiy xomashyo katalizator namunalaridagi laboratoriya sinovlari
natijalariga ko‗ra ularda koks chiqishini baholash va katalizator
sirkulyatsiyasining maqsadga muvofiq darajasi va uning
faollik darajasi haqida
kerakli xulosalarni chiqarish mumkin. Katalizator sirkulyatsiyasi darajasining
oshishi bilan uning reaksiyalash zonasidagi konsentratsiyasi ortadi, bu esa
xomashyoning katalizator bilan kontaktlashish yuzasini oshiradi va uning
pasayish faolligini sekinlashtiradi.
Natijada, xomashyo konversiyasi va o‗z
navbatida gaz, benzin va koks chiqishi ortadi (6.3- rasm), bunda yengil gazoyl
va kub mahsuloti kamroq hosil bo‗ladi. Qayd etish kerakki, katalizator
sirkulyatsiyasi darajasining 6,5 – 7% gacha o‗sishi bilan benzin chiqishi
barqarorlashadi, 7 dan oshganda esa uning tarkibiga kiruvchi gaz va koks hosil
bo‗lgan uglevodorodlar krekingi natijasida biroz pasayadi.
Bundan tashqari,
uning juda yuqori qiymatlari uning reaktor bug‗latish zonasida bo‗lish vaqtining
265
qisqarishiga va ishlatilgan katalizatordan uglevodorodlar bug‗lanishining
yomonlashuviga olib keladi. Bu o‗z navbatida, regeneratorda haroratning
oshishini keltirib chiqaradi. Aytish mumkinki, katalizator sirkulyatsiyasi darajasi
– jarayonning kompleks omili bo‗lib, unga nafaqat mahsulot chiqishi va uning
sifati hamda reaktorning bug‗latish zonasi va regeneratorning ish sharoiti ham
bog‗liqdir. Xomashyo uglevodorodlari kreking reaksiyasi
reaksiya aralashma
hajmining oshishi bilan kechadi. Shu sababli, reaksiyalash zonada bosimni
oshirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu reaksiyalar muvozanatini dastlabki
moddalar tomonga siljitadi. Reaktorda reaksiya mahsulotlari siklonlar, transfer
chiziqlari,
rektifikatsiya
kolonnasining
likopchalari,
kondensator-
sovutgichlarning gidravlik qarshiligini yenga oladigan darajada bosim ta‘minlab
turiladi.