-rasm. Katalitik krekingda benzinning oktan soniga (73% li konversiyasida)




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

6.1-rasm. Katalitik krekingda benzinning oktan soniga (73% li konversiyasida) 
xomashyoni zichligini ta‘sir qilish grafigi 
Katalitik 
kreking 
jarayonining 
asosiy 
omillari. 
Katalitik kreking jarayoni omillari deb olinadigan mahsulotlarning chiqishi va 


259 
sifatini, ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‗rsatgichlari va uning ekologik 
tavsifsini ko‗rsatuvchi texnologik rejim parametrlariga aytiladi. Ularning qiymat 
chegaralari qurilmaning texnologik reglamentida qayd etilgan bo‗ladi. Uning 
ishlatish jarayonida bu parametrlar xomashyo va katalizatorning o‗zgarmas 
tarkibi sharoitida doimiy darajada ushlab turiladi. xomashyoning fizik-kimyoviy 
xossalari, reaktordagi harorat, katalizator sirkulyatsiyasining ko‗pligi, reaktor 
ishchi zonasidagi bosim, xomashyoning katalizator bilan kontakt vaqti, 
reaktorda suv bug‗i sarfi, gazoyl retsirkulyatsiyasi. Katalitik kreking jarayoni 
omillarining kerakli qiymatlarida xomashyoni qayta ishlashning belgilangan 
aniqligiga erishiladi. Texnik adabiyotlarda qayta ishlash aniqligi yoki kreking 
aniqligi tushunchalari ko‗pincha konversiya atamasi bilan almashtiriladi. Qayta 
ishlash aniqligi yoki konversiya deganda odatda foizlarda ifodalangan gaz, 
benzin yoki koksning umumiy chiqishi tushuniladi. Shuni aytish kerakki, bu 
miqdor shartli hisoblanadi, chunki yengil katalitik gazoyl hosil bo‗lishiga olib 
keluvchi kimyoviy reaksiyalarni hisobga olmaydi. Bundan tashqari qaynash 
chegarasi xomashyoniki bilan mos tushuvchi og‗ir katalitik gazoyl ―shartli qayta 
ishlanmagan‖ qismi hisoblanadi. Aslida, og‗ir gazoyl reaksiya zonasidan 
o‗tgach, sifati bo‗yicha mutlaqo boshqacha bo‗lib qoladi, ammo bunday 
o‗zgarishning qiymatini aniqlash imkonsiz. Shuning uchun, qayta ishlashning 
aniqligi yoki konversiyadan turli sharoitlarda kechuvchi jarayonlarni 
tavsiflovchi nisbiy ko‗rsatgich sifatida foydalanish mumkin. Massaning 80%dan 
ko‗p bo‗lgan konversiya yuqori, 67-77% chegarasida o‗rtacha va 67% dan kami 
kichik hisoblanadi. Maksimal benzin chiqishiga odatda massaning 75-79% 
konversiyasida erishiladi. Konversiya bilan jarayon texnologik rejimining 
qattiqligi kabi tushunchalar bog‗liq.
Qattiq rejim – bu reaktorda haroratning oshishi, konversiyaning yuqori 
qiymatini va natijada koks chiqishining oshishi benzinning maksimal oktan 
sonini ta‘minlovchi katalizator sirkulyatsiyasining ko‗pligidir. Xomashyoning 
sifat qiymatlari va ularni katalitik kreking natijalariga tasiri o‗tgan bobda 
qaralgan edi. Bu yerda biz jarayonning boshqa omillariga, asosan, bosh 


260 
mahsulot – benzin olinish nuqtai nazaridan to‗xtalamiz. 
 Reaktordagi harorat. Katalitik kreking jarayonida asosiy kimyoviy 
reaksiyalar issiqlikning yutilishi bilan kechadi va shu sababli kreking 
mahsulotlari harorati xomashyoning katalizator bilan kontakt zonasidan 
reaktordan chiqishiga qadar harakati davomida pasayib boradi. Reaktor 
balandligi bo‗yicha haroratlar farqi 30-40°С ga yetishi mumkin. Uning qiymati 
reaktor balandligi va kesimi bo‗ylab joylashgan bir necha nuqtalarda nazorat 
qilinadi. Qurilmaning ishchi rejimida u 490-530°С 
harorat
oralig‗ida o‗zgaradi. 
Reaktorning harorati sifatida odatda reaksiya mahsulotining undan chiqib 
siklonga kirishidagi harorat olinadi. U reaktorga kiritiladigan xomashyo va 
katalizator sarflariga, ularning haroratiga, katalizator faolligiga, qayta ishlash 
chuqurligiga, beriladigan suv bug‗i miqdoriga, xomashyoni tarqatish darajasi va 
uning fizik-kimyoviy xossalariga bog‗liq. Reaktordagi harorat ham qayta 
tiklangan katalizator sirkulyatsiyasi ko‗pligi va harorati qatori, jarayonda 
qurilma ishini o‗zgartirishi mumkin bo‗lgan asosiy parametrlar qatoriga kiradi. 
Qurilmani ishlatish davomida katalizatorning faolligi va ajratuvchanligi 
pasayadi. Shuning uchun ham va uning reaktor hamda regenerator sikloni orqali 
yo‗qotilishi sababli, sirkulyatsiya tizimiga yangi yoki muvozanatlashgan 
katalizator kiritiladi. Benzinning chiqishi va uning oktan sonini saqlab turish 
uchun doimiy, bir tekis katalizatorni qo‗shimcha boyitib ta‘minlab turish va 
reaktorda haroratni oshirib turish kerak bo‗ladi. Bu operatsiyalar birlamchi 
(xomashyo og‗ir uglevodorodlarning katalizator bilan kontakti davomida 
parchalanishi) va ikkilamchi (birlamchi reaksiyalar natijasida hosil bo‗lgan 
uglevodorodlarning qayta ishlanishi) kimyoviy reaksiyalar tezligining oshishiga 
olib kelib, bu esa xomashyo konversiyasini o‗sishiga, olinadigan mahsulotning 
chiqishi va tarkibining o‗zgarishiga olib keladi. Reaktorda haroratning o‗rtacha 
10°С ga oshishi konversiyaning 12-13%ga ko‗payishiga olib keladi. Tadqiqot 
metodiga ko‗ra, uning 530°С 
haroratgacha 
ko‗tarilishi bilan (6.2 -rasm) 
benzinning chiqishi (qaynash harorati - 195°С) va uning oktan soni ko‗payadi. 


261 

Download 15,32 Mb.
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Katalitik krekingda benzinning oktan soniga (73% li konversiyasida)

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish