253
uglevodorodlar olinadi.
Benzinni oktan sonini oshishi aromatik uglevodorodlarni miqdorini
ko‗payishiga bog‗liq. Aromatik uglevodorodlar hosil bo‗lishi reaksiyasi issiqlik
yutilishi bilan sodir bo‗ladi. Shuning uchun riforming jarayoni bir necha ketma-
ket ishlovchi reaktorlarda olib boriladi. Har qaysi bosqichdan reaktordan so‗ng
xomashyo trubali pechlarda isitiladi.
Odatda sanoatdagi qurilmalarda uchta reaktor mavjuddir.
Boshlang‗ich davrda qurilmalarda АП-56-alyumoplatina katalizatori
ishlatilgan. Bu katalizatorni tarkibida 0,58%mass. platina bo‗lgan.
Taxminan
shu miqdordan ftor qo‗shilgan. Bu katalizatorlar ishlaganda qurilmaning ishlash
davri 6 oydan 1 yilgacha bo‗lgan. Xomashyo 85-180 yoki 105-180
0
С
harorat
benzin fraksiyasi yoki 105-140 (ksilol) fraksiyasi bo‗lsa jarayondagi bosim 4,0
MPa, yengilroq fraksiyani (benzol fraksiyasi) ishlayotganda bosim 2,0 MPa ni
tashkil etadi.
Ishlanayotgan fraksiyani tarkibida oltingugurt birikmalarini miqdori 0,1%
mass. dan ko‗p bo‗lganda qurilmalar gidrotozalash bloki bilan ta‘minlangan.
Keyinchalik sanoatda АП-64 katalizatori ishlatiladi. Uning tarkibidagi
platinaning miqdori 0,6-0,65% mass.ga teng bo‗lganda
shuncha miqdorda xlor
qo‗shilgan. Bu katalizatorlar benzinning oktan sonini 87 punktgacha ko‗tarishga
va qurilmaning ish davrini 1 yilgacha uzaytirishga imkoniyat berdi.
Shu davrga kelib hamma platforming qurilmalari gidrotozalash bloklarida
alyumokobal‘tmolibden yoki
alyumonikel‘molibden katalizatorlari yordamida
homashyoni oltingugurt va azot birikmalaridan va boshqa birikmalardan tozalab
beriladi. Shu sababli benzinni oktan sonini 95(i.m.) gacha ko‗tarishga erishildi.
Xomashyo pechda 330
0
С
haroratgacha
isitilib gidrochista reaktoriga
beriladi, tozalangan xomashyo yana
pechning seksiyasiga kelib, 500
0
С
haroratgacha
isitiladi va platformingni 1-chi reaktoriga beriladi. Bu reaktorda
xomashyoni harorati 35-40
0
С ga pasayadi. So‗ngra yana pechni seksiyasiga
qaytib kelib
harorati
510
0
С gacha isitiladi. Keyin II reaktorga beriladi, bu yerda
harorat 10-15
0
С ga pasayadi. Pechning seksiyasida yana 515
0
С
haroratgacha
254
isitilib oxirgi parallel ishlovchi ikkita reaktorning biriga beriladi.
Oxirgi
reaktorda qisman gidrokreking sodir bo‗lgani uchun harorat faqat 5-7
0
С ga
pasayadi. Olingan katalizat tindirish kolonnasiga yuboriladi. Qo‗shimcha hosil
bo‗lgan vodorodli gaz odatda gidrochistka qurilmalariga beriladi.
Bu xildagi qurilmalarda yiliga 600 va 1000 tonna xomashyo ishlanadi. АП-64
katalizatorida quyidagi ko‗rsatkichlar bilan ishlanadi:
Bosim -3,3 - 3,8 MPa
Harorat -490 - 500; 500 - 515
0
С
Xomashyodagi aromatik uglevodorodlar -13% mass.
Katalizatdagi - 55-65% mass.
Oktan soni: homashyoniki – 40 - 53 i.m.
Katalizatniki -80 - 85 i.m.
Platina-reniy va ko‗p metalli katalizator ishlatilganda jarayonning bosimi
1,5-2,0 MPa ni tashkil etadi. Aromatik uglevodorodlar va izomerlangan
parafinlarning miqdori ko‗payadi, oktan soni oshadi.
Riforming katalizatori
reaktorlarga 1:2;4 nisbatida joylanadi. 1- reaktordagi xomashyoni hajmiy tezligi
Sh - reaktorlardagiga nisbatan to‗rt marotaba ko‗pdir. 1 - reaktorda asosan
naftendan aromatik uglevodorodlar olish, II
- va III - reaktorlarda esa
izomerlash-digidrogenlash va degidrotsikllash reaksiyalari sodir bo‗ladi.