255
tashqari, jarayonda hosil bo‗luvchi yengil katalitik
gazoyl tegishli qayta
ishlashdan so‗ng dizel yoqilg‗isi komponenti sifatida ishlatilishi mumkin.
Hozirgi kunda katalitik kreking qurilmasining bir - biridan asosan reaktor
konstruksiyasi va regeneratori va ularning o‗zaro joylashuviga ko‗ra farq
qiluvchi yetarlicha ko‗p ko‗rinishlari mavjud. Ularning mutloq ko‗pchiligini
suyultirilgan qatlamga ega katalizatorli (FCC jarayoni) va lift-reaktorli
qurilmalar tashkil etadi. Ularni birgina muhim belgi birlashtiradi – xomashyoni
katalizator bilan nisbatan qisqa vaqtli kontakti reaksiyasi.
Shuni takidlash joizki, oxirgi o‗n yillikda katalitik
krekingning umumiy
rivojlanish tendensiyasi, boshqa narsalar qatori, jarayon xomashyo bazasini
neftning og‗ir distillyatlari va qoldiqlarini qayta ishlashga
jalb qilish hisobiga
to‗g‗ri keladi. Bunda asosiy maqsad – maksimal qiymatda yuqori oktanli benzin
olish o‗zgarmas bo‗lib qoldi.
Og‗ir xomashyoni qayta ishlash uning reaksion zonada bo‗lish vaqtini
sezilarli qisqartirishni talab qiladi, sababi katta uglevodorod va geteroatom
tuzilmalari ko‗p darajada koks hosil qilishga moyil
va bu benzin chiqishini
kamaytiradi.
Aytib o‗tilgan tendensiyaning global xarakteri jahon amaliyotida ―kontakt
qisqa vaqti (Short Contact Time - SCT)‖ termini bilan nomlangan
texnologiyaning paydo bo‗lishiga olib keldi. Yana bir bor takidlaymizki, ushbu
texnologiyalar faqatgina benzin ishlab chiqarish uchun qo‗llaniladi. Shu bilan
birga so‗nggi yillarda katalitik krekingning, asosiy vazifasi – neftni qayta ishlash
va neftkimyo (katalitik piroliz) uchun qimmatli xomashyo,
olefinga boyitilgan
gaz (to‗yinmagan uglevodorod) olish bo‗lgan yana bir yo‗nalishi rivojlanmokda.
Ma‘ruzada ko‗rilayotgan jarayon reaksiya vaqtining juda qisqaligi bilan
tavsiflanib, ―millisekund‖ deb nomlanishida o‗z aksini topdi va UOP
фирмасининг сўнгги ишланмаси ҳисобланади. Uning asosiy maqsadi –
yuqori sifatli benzin komponentini ishlab chiqarish bo‗lib, u ishlatishga
tushirilgan OAJ ―Mozir NQIZ‖ ga Yevropa va jahon
sifat darajasiga yaqin
bo‗lgan avtomabil benzinini ishlab chiqarishga imkon beradi.
256
Hozirgi kunda katalitik kreking qurilmasi uchun xomashyo sifatida
ko‗proq neftni haydash yoki qayta ishlash fraksiyalari, ba‘zi hollarda 360°С dan
yuqori haroratda qaynovchi qoldiqlari xam foydalaniladi. Kimyoviy tarkibiga
ko‗ra ular turli (n-alkanlar) va tarmoqlangan (izo-alkanlar) uglevodorod zanjirli
alkanlar aralashmasi,
sikloalkanlar, arenlar va turli xil molyar massali giyurid
tuzilishli uglevodorodlar ko‗rinishida bo‗ladi. Xomashyoda yetarlicha katta
miqdorda asosan smola-asfaltenli moddalar tarkibiga kiruvchi geteroatomli
birikmalar mavjud bo‗ladi. Vakuumda haydash jarayonida
olinadigan fraksiyalar
keng va tor vakuum fraksiyalariga (distillyatlar yoki haydalgan fraksiya)
ajratiladi. Katalitik krekingda xomashyo sifatida odatda to‗g‗ridan - to‗g‗ri
haydalgan 350 - 500°С, 360 - 570°С
haroratli
keng vakuum fraksiyalari hamda
dastlabki gidroqayta ishlangan (katalizator yoki vodorodli qayta ishlash,
masalan, gidrotozalash yoki yengil gidrokreking jarayonlari) vakuum
fraksiyalaridan foydalaniladi. Jarayonda xomashyo bazasini kengaytirish
zarurati oxirgi yillarda oxirgi qaynash harorati 540-580
о
С bo‗lgan og‗ir neft
xomashyolarini va qoldiqlarini (masalan mazut)
uning xomashyo fraksiyalari
sifatida ishlatishga sabab bo‗ldi.