269
oshmaydi. Ikkinchi zonadagi reaksiya aralashmadagi
katalizatorning past
konsentratsiyasi va kontaktning qisqa vaqti reaksiya mahsulotlarini qaytadan
kreking bo‗lishdan saqlaydi. 7,5 m
3
atrofidagi hajmga ega bo‗lgan
uchinchi
reaksion zonada, kontakt davomiyligi bor yuki 0,25 - 0,40 soniyani, unda gaz va
bug‗larning tezligi esa 13 - 15 m/s ni tashkil etadi. Ushbu zonadan chiqishda
xomashyoning umumiy konversiyasining qurilmasi maksimal benzin chiqarish
bilan ishlaganda 75-79%ni tashkil etadi. Xomashyoning
katalizator bilan
kontakt vaqti jarayonning shunday omiliki, u xomashyoning benzinni maksimal
chiqishida belgilangan samaradorlik bo‗yicha reaktor hajmini hisoblash uchun
xizmat qiladi. Qurilma quvvatining o‗zgarishi jarayon natijalarida aks etadi.
Uning loyihadagiga nisbatan ko‗payishi yoki kamayishi bilan kontaktning
shunday vaqtida ham benzinning chiqishi kamayadi.
Agar samaradorlik
loyihadagidan yuqori bo‗lsa, benzin chiqishining kamayishi xomashyoning
katalizator bilan kontakti davomiyligining pasayishi bilan tushuntiriladi.
Samaradorlik loyihadagidan kam bo‗lganida benzinning chiqishi-benzin
uglevodorodlarining xomashyoning katalizator
bilan kontakt davomiyligi
oshishi hisobiga gaz va koksga qaytadan kreking bo‗lish sababli kamayadi.
Katalitik kreking jarayonining texnologik sxemasi va asosiy jihozlari.
Katalitik krekingning birinchi sanoat qurilmalari neftni qayta ishlash zavodlarida
o‗tgan asrning 20-30-yillarida paydo bo‗lgan. Dastlab jarayonda katta granulalar
katalizator zich qavatli reaktorlardan foydalanilgan (6.5 - rasm), ammo undan
tezda voz kechilgan. Sababi, shunday bo‗lganki,
bir tomondan kimyoviy
reaksiyaning yuqori tezligi natijasi, ikkinchi tomondan, katalizatorning past
ajratuvchanligi va boshqa tomondan, juda tez kokslangan va o‗z faolligini
yo‗qotgan. Bu dastlab xomashyo sifatida koks hosil bo‗lishiga
kam moyil
bo‗lgan dizel fraksiyalaridan foydalanilishiga qaramay sodir bo‗lgan. Katalizator
regeneratsiyasi uchun uni tez-tez to‗xtatish talab etilgan va bu ish uni chiqarib
olmasdan bevosita reaktorda bajarilgan. Buning natijasida jarayon aslida davriy
bo‗lgan, uning samaradorligi esa past bo‗lib qolgan.