-rasm – Benzin chiqishi va uning oktan sonining (IM) reaktordagi haroratga




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

6.2-rasm – Benzin chiqishi va uning oktan sonining (IM) reaktordagi haroratga 
bog‗liqligi. 
530°С dan yuqori haroratda hosil bo‗layotgan benzin miqdori kamayadi, 
chunki uning tarkibiga kiruvchi uglevodorodlar parchalanishni boshlaydi. U 
ortiqcha miqdorda gaz va koks hosil bo‗lishiga olib keladi. Qayd etish kerakki, 
6.4-rasmda belgilangan xomashyo va katalizator uchun harorat o‗zgarishiga 
bog‗liq holda benzin chiqishining o‗zgarishi misol qilib keltirilgan. Boshqacha 
tarkibli xomashyo va katalizator bo‗lganida benzin chiqish miqdori va oktan 
soni boshqacha bo‗ladi, lekin haroratning ta‘siri (egri chiziq yurishi) analogik 
saqlanadi. Maksimal benzin chiqishiga 520-530°С haroratlarda erishiladi va u 
boshqa teng sharoitlarda xomashyoning fizik-kimyoviy xossalari va katalizator 
faolligi bilan aniqlanadi. Reaktorda haroratning oshirilishi bilan benzinning 
oktan soni, unda olifen va aromatik uglevodorodlar miqdorining oshishi 
hisobiga ortadi. Biroq 530°С 
haroratdan
yuqori qiymatlarda benzinning oktanlar 
soni o‗sishi to‗xtaydi, ko‗rinib turibdiki, bu uning tarkibiga kiruvchi 
uglevodorodlar izomerlari orasida o‗rnatilgan muvozanat natijasidir. Bundan 
tashqari, reaktorda haroratning oshishi bilan quruq gaz chiqishi, propan-butilen, 
butan-butilen fraksiyalari va koks miqdori ortadi. Bunda propilen va butilen mos 
fraksiyalari miqdori ham ortadi. Gaz holatidagi mahsulotlar chiqishining va 
ularning tarkibida to‗yinmagan uglevodorodlar miqdorining ortishi ikkilamchi 
reaksiyalarning kechishi natijasi hisoblanadi, chunki kreking birinchi 
reaksiyalari uchinchi darajali uglerod atomiga ega bo‗lgan naftenli va parafinli 


262 
uglevodorodlar izituzilmasining hosil bo‗lishiga olib keladi. Gaz holatidagi 
uglevodorodlar (С
1

4
) chiqishining ko‗payishi reaktorda bosim ortishiga olib 
keladi, 
bosh 
fraksiyalash 
kolonnaning 
sovutgich-kondensatorlarini, 
kompressorlarini va quruq gazni tozalash absorberlarining ish sharoitini 
yomonlashtiradi. 
Reaktorda haroratning oshishi bilan bi- va politsiklik aromatik 
uglevodorodlar yon zanjirlari parchalanishi tezlashadi (dealkillash reaksiyasi). 
Bu yuqoriroq zichlikli va kamaytirilgan setan soniga ega bo‗lgan alkanlarga 
taqqoslaganda, qisqa yon zanjirli aromatik uglevodorodlar hosil bo‗lishiga 
imkon beradi. Ular yengil va og‗ir gazoyllarda (rektifikatsion kolonna kub 
mahsulotida) jamlanadi. Qurilmaning ishi davomida reaktorga harorat shunday 
beriladiki, bunda benzinning belgilangan chiqishi va uning oktan sonini 
ta‘minlaydi, uning doimiyligi esa reaktorga 650-750°С 
haroratda
kelib 
tushuvchi qayta tiklangan katalizator sarfi bilan avtomatik rostlab turiladi. 
Shunday qilib, reaktordagi harorat jarayonning eng asosiy parametri 
hisoblanadi, u berilgan xomashyoda, katalizator va unumdorlikda belgilangan 
oktan sonli benzinni optimal chiqishini belgilaydi. Jarayonning xomashyoda 
katalizatorning ko‗pligi, katalizator va xomashyoning harorati 200 - 250°С, suv 
bug‗i sarfi va shunga o‗xshash boshqa parametrlari reaktorda talab qilingan 
haroratni o‗rnatish mumkin bo‗lgan qiymatda bo‗ladi. 
Katalitik kreking jarayoni reaktor – kontur – reaktor va h.k. kontur 
bo‗ylab uzluksiz aylanib turuvchi katalizator mavjudligida bajariladi. 
Sirkulyatsiyaning massa tezligi (t/soat) shunday bo‗lishi kerakki, katalizator 
quyidagi funksiyalarni bajara olsin: 
–xomashyoni qizdirish va bug‗latish uchun va uning bug‗larini reaksiya 
haroratigacha qizdirish uchun reaktorga issiqlik berish; 
–kreking endotermik reaksiyalarining bajarilishiga sarf bo‗lgan issiqlik 
o‗rnini qoplash uchun reaktorga issiqlik berish; 
–jarayon kimyoviy reaksiyalarining yuiori tezligini ta‘minlash; 
–o‗zining zarrachalari ustida reaktordan koksni olib chiqish. 


263 
Katalizator sirkulyatsiyasi reaktorga beriladigan katalizator va xomashyo 
massasi sarflari nisbatining ko‗pligi bilan tavsiflanadi. Sanoat sharoitida 
katalizator sirkulyatsiyasi massasi ko‗pligi odatda 4-7 ni tashkil qiladi va uning 
sarfi kabi maxsus zulfin bilan reaktorda talab qilinadigan haroratga ko‗ra rostlab 
turiladi. Reaktorga kelib tushadigan regeneratsiyalangan katalizator harorati 
oshirilganida, uning sarfi kamayadi (reaktor barqaror haroratida). Bu ishlatilgan 
katalizatorda koks miqdorining oshishiga olib keladi, u esa 1% dan oshmasligi 
kerak. Koks miqdori katta bo‗lganida uning katalizator bo‗shliq tuzilmalariga 
cho‗kishi sodir bo‗lib uglerodning yonib ketishini qiyinlashtiradi va buning 
natijasida regeneratsiya samaradorligi pasayadi, ya‘ni regeneratsiyalangan 
katalizatorda qoldiq koks miqdori ortadi. Ishlatilgan katalizatorda koks 
miqdorini kamaytirish uchun regeneratorda harorat kamaytiriladi va reaktorga 
kelib tushayotgan regeneratsiyalangan katalizator ko‗taruvchisida nordon suv 
miqdori oshiriladi. Faollik pasayishining oldini olish uchun regeneratsiyalangan 
katalizatorda qoldiq koks miqdori 0,02-0,03% dan oshmasligi kerak. ―Ishlatilgan 
(kokslangan) katalizatorda koks miqdori‖ atamasi o‗rniga mutaxassislar 
ko‗pincha qiymati quyidagi tenglama orqali hisoblanuvchi ―del‘ta koks‖ 
tushunchasidan foydalanishadi: 

Download 15,32 Mb.
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm – Benzin chiqishi va uning oktan sonining (IM) reaktordagi haroratga

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish