|
Inson organizmiga ta'sir etadigan yoki atrof muhit ta'sirida turli kasalliklar chiqaruvchi konserogen moddalar
|
bet | 1/4 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #125785 |
Bog'liq AAAAAA Inson organizmiga ta'sir etadigan yoki atrof muhit ta'sirida turli kasalliklar chiqaruvchi konserogen moddalar.
KANSEROGEN MODDALAR (lotincha cancer — rak va genes — keltirib chiqarmoq) , kanserogenlar, onkogenn moddalar — maʼlum sharoitda organizmga taʼsir qilganda rak va boshqa. oʻsmalar paydo qiluvchi kimyoviy moddalar. 500 ga yaqin xili maʼlum. Politsiklik uglevodorodlar, azoboʻyoqlar, aromatik aminlar, nitrozaminlar, ogʻir metall tuzlari, alkaloidlar, toksinlar va boshqa moddalar kiradi.
Ularning koʻpchiligi mutagenlar va immunodepressantlardir. Kanserogen moddalar odam va hayvon organizmiga tashqaridan kirishi (ekzogen Kanserogen moddalar) yoki organizmning oʻzida kanserogen boʻlmagan moddalardan paydo boʻlishi (endogen Kanserogen moddalar) mumkin. Baʼzi endogen mahsulotlar (steroid gormonlar, triptofan metabolitlar va b.) koʻp toʻplansa yoki si-fati oʻzgarsa, ular ham Kanserogen moddalar xossasiga ega boʻladi.
Konserogen moddaning atrof-muhitga tasiri
Hozirgi vaqtda atrof-muhitni kanserogen politsiklik aromatik moddalar bilan ifloslantiruvchi ob’yektlar aniq. Kanserogen (rak xastaligini keltirib chiqaruvchi) karbonsuvlarni hosil qiluvchi salbiy omillar quyidagilar: isitish, energetik tizimlarda hosil bo‘ladigan tutun va chiqindilar, avtotransport vositalarini dudburonlaridan chiqadigan gazlar, qurumlar, sanoat korxonalarining chiqindilari, ko‘cha changlari, yelim idishlar (bakalashka, plastmassa, rezina, xazon yoqish) va shu kabilar.
Sanoat korxonalari va transport vositalari ko‘p bo‘lgan shaharlarda politsiklik aromatik karbonsuvlar tarkibida eng kanserogen faol moddalar miqdori yuqori bo‘lar ekan. Qishloqlarda aksincha, kanserogen moddalar atmosfera havosida ancha kamroq kuzatiladi.
Xorijlik olimlarning kuzatishlariga ko‘ra benzopiren atmosferada ochiq havoda 1 ming 485 km. li masofaga tarqalgan. Yog‘ingarchilik davrida bu masofa 1 ming 158 km. ni tashkil qilgan. Qizig‘i shundaki katta bir hududda uning tarqalishi har xil, jumladan, shaharlarning katta va transportlar serqatnov ko‘chalarida kanserogenlarning konsentratsiyasi (zichligi) kichik ko‘chalardagiga qaraganda ancha yuqori. Shuni aytish kerakki, avtotransport vositalarining soni shiddatli o‘sib bormoqda. Shahar ekologiyasini benzopiren va boshqa kanserogenlarni hisobga olganda eng ko‘p buzayotgan ob’yekt, bu avtotransportdir. Keyingi vaqtlarda uning hisobiga kanserogen moddalar 10-25 foizga ko‘payadi.Benzopirenning havodagi miqdori ba’zi bir sanoat korxonalari joylashgan hududlarda ko‘proq uchraydi. Jumladan, metallurgiya sanoati korxonasi atrofida, kimyo korxonalari, neftni qayta ishlash hamda asfalt, alyuminiy, nikel zavodlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Benzopirenning tarqalishi shahar hududlarida miqdoriga qarab quyidagicha, ya’ni eng ko‘p miqdor avtomagistral ko‘chalar havosida, so‘ngra sanoat korxonalari joylashgan mintaqada, yana turar joylar havosida, eng kam miqdordagi kanserogen moddalar esa daraxtzorlar, parklar, xiyobonlar atrofidagi havoda uchraydi. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida atmosfera havosidagi benzopirenni o‘rtacha yillik ruxsat etilgan miqdori 1 mg/m3ga teng. Bu miqdor organizmda saraton kasalligini paydo qilmaydi va xavotirga o‘rin yo‘q.
Kanserogen moddalarning yana bir xavfli tomoni, ularning oziq-ovqat, ichimlik suv bilan me’da-ichak tizimiga tushib o‘sma kasalliklarini keltirib chiqarishidir. Olimlarning fikricha benzopiren va boshqa kanserogen moddalar ko‘p miqdorda oziq-ovqatlar, go‘sht va sut mahsulotlarida uchrab turadi. Benzopirenni suv havzalarida uchrab turishining asosiy sabablaridan biri sanoat korxonalarining chiqindi suvlari oqova ko‘rinishida ochiq suv havzalariga tozalanmay tashlanishi tufaylidir. Ulardan tashqari aholi turar joylaridagi chiqindilar yog‘ingarchilik, sel oqimi bilan yuvilib suv havzalarining ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.
Oziq-ovqat sanoatida shirinlashtirgich sifatida keng miqyosda ishlatiladigan aspartam moddasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan kanserogen (saraton keltirib chiqaruvchi) deb e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Reuters yozdi.
Aspartam turli mahsulotlarda, jumladan, Coca-Cola Diet ichimligi, Mars Extra saqichi va Snapple ichimliklarida shakarning o‘rniga ishlatiladi.
Iyul oyidan boshlab ushbu shirinlashtirgich Xalqaro Saraton tadqiqotlari agentligi (IARC) tomonidan tuzilgan kanserogenlar (saratonni qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan moddalar) ro‘yxatiga kiritiladi. Aspartam «kanserogen bo‘lishi mumkin» deb tamg‘alanadi. Qoidaga ko‘ra, IARC moddalarni 4 darajada tasniflaydi: kanserogen, ehtimol kanserogen, kanserogen bo‘lishi mumkin va tasniflash imkoni yo‘q.
Qayd qilish joiz, aspartamni qancha miqdorda iste’mol qilish inson salomatligi uchun zararsiz ekani noma’lum. Bunday xulosa boshqa tashkilot - JSST bilan Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘yicha qo‘shma ekspertlar qo‘mitasi (JECFA) tomonidan beriladi. JECFA 1981 yildan beri o‘rtacha 60 kg vaznga ega inson kuniga 12-36 banka diyetik gazlangan ichimlik iste’mol qilsa, xavfli guruhga tushib qolishini ta’kidlab kelayotgan edi. Endi tashkilot bu xulosasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
Nashr xabariga ko‘ra, ko‘p yillik tadqiqotlar davomida sun’iy shirinlashtirgich iste’mol qiladigan odamlarda tabiiy shakarni iste’mol qiladiganlarga qaraganda ko‘proq saraton kasalligi tashxisi qo‘yilgani tasdiqlangan. Sichqonlar va kalamushlarda o‘tkazilgan sinovlar bu farazni tasdiqlagan.
|
| |