5.11-rasm. Piroliz qurilmasining texnologik sxemasi:
1,6,8,32-34-issiqlik almashtirgichlar; 2,5-quvurli pechlar; 3-toblash apparatlari; 4-bug‗li
barabanlar;
7-mo‗ri
quvuri;
11,16,14,15,25,29,43,52,66,61-suvli
sovutgichlar;
20,21,24,37,44,47,52-gazajratgichlar;
26-turbokompressor;
31,41,50-
27,28,30,35,40,46,49,55,60-kolonnalar;
9,13-havoli
sovutish
apparatlari;
10,12,17-
19,22,23,39,45,54,59,64-nasoslar; 36-propanli sovutgich; 38,48,58,68-qaynatgich; 42,51-
gidratlash reaktori; 57,62-yig‗gich.
239
quvurlarining oraliq fazosiga 12 MPa bosim ostida qaynoq suv beriladi.
Mahsulotlarning reaksiyasini issiqligi hisobiga suv yuqori bosimli bug‗ga
aylanadi va trubokompressor iste‘mol qiladi (26).
Piroliz mahsulotlari toblash apparatlaridan (3) 400°С haroratda chiqadi va
yuvuvchi rektifikatsiya kolonnasining (11) pastki qismiga yo‗naltiriladi. Ular bu
yerda kolonnaning o‗rtasiga (11) beriladigan 150-250°С (kvenchinom)
haroratdagi sovutilgan fraksiyani oqimi bilan uchrashadi, 180
о
С
haroratgacha
sovitiladi va uglerodning qattiq zarrachalaridan yuviladi. Og‗ir kondensat
kolonnaning pastki qismidan nasos (12) yordamida olinadi va rektifikatsiya
kolonnasiga (16) beriladi. Kolonnaning pastki qismidan ko‗tariladigan gazlar va
bug‗lar kar likopchadan o‗tadi, qo‗shimcha yuviladi va yuqoridan hosil
qilinadigan sug‗orish flegmasi bilan kontaktlashadi va 100°С
harorat
gachа
sovitiladi.Kondensat kar likopchadan nasos (10) bilan olinadi va rektifikatsiya
kolonnasiga (16) yo‗naltiriladi. Kolonnaning (16) pastki qismidagi mahsulot –
qozon yoqilg‗isining komponenti (250-400°С
harorat
dagi fraksiya) – nasos (17)
yordamida olinadi, issiqlik almashtirgich (1) orqali xomashyoni qizdirib, undan
keyin olib sovutish apparatida (13) sovitiladi va qurilmadan chiqariladi.
Kolonnaning (16) o‗rta qismidagi distillyat fraksiyasi 150-250°С
harorat
da nasos (18) bilan olib chiqiladi, issiqlik almashtirgichdagi (8) suvni
qizdiradi, issiqlik almashtirgichdagi (6) etan-propan fraksiyasi apparatdagi (9)
havo bilan sovutiladi. Bu mahsulotning bir qismi kolonna (11) orqali kvenchip
sifatida sirkulyatsiya qilinadi, balans miqdori esa qurilmaning oraliq parkiga
boradi.
Kolonnaning (16) yuqori qismidan chiqadigan fraksiyaning bug‗lari
q.h.b.- 150°Сda kondensator-sovutgichda (15) kondensatsiyalanadi va 30°Сda
yaqin haroratda ajratgichga (21) to‗planadi. Ajratgichning pastki qismidan
fraksiya 150°С
haroratda nasos
(22) yordamida kolonnani (16) sug‗orish uchun
beriladi, balans miqdori esa qurilmadan chiqariladi. Gaz ajratgichning (21)
yuqori qismidan turbokompressorning (26) I-chi pog‗onasiga beriladi.
Turbokompressor qurilmaning qozon-utilizatoridan kirib kelgan 3 MPa
240
bug‗ bosimi ostida ishlaydi. Ishlangan suv bug‗idan xomashyoga qo‗shishda
foydalaniladi va pechga beriladi, ortiqchasi esa zavoddagi bug‗uzatmasi orqali
olib ketiladi. Gazni 6,5 MPa.gacha siqish 5 pog‗onada amalga oshiriladi. Undan
keyin har bir pog‗onada siqilgan gaz sovutgichlarda (25) sovitiladi va
kondensatdan gaz ajratgichlarda (24) ajratiladi. Kondensat nasos (23) yordamida
ajratgichga (20) qaytariladi. Gaz IV chi pog‗onada siqilgandan keyin MEA
eritmasi bilan kolonnalarda (28 va 30) tozalashdan o‗tkaziladi. Kolonnaning
yuqori qismiga (28) suvli sovutgichda (29) sovitilgan 15% li suvli MEA eritmasi
beriladi, gazdan yutiladi, kolonnaning pastki qismidan ko‗tariladi, oltingugurt va
karbonad oksidi ajraladi. Tozalangan gaz turbokompressorning V-chi
pog‗onasiga qaytariladi, to‗yingan MEA eritmasi bug‗li qizdirgichda (31)
qizdiriladi va regeneratsiya kolonnasiga (30) beriladi.
V-chi pog‗onada kompr
е
mirlangan (siqib bosimi oshirilgan) gaz
kolonnada (27) seolit yordamida tozalashdan o‗tadi, propilen, etilen va metanni
sovuq oqimlari hisobiga sovutgichlarda (32,33 va 34) sovutiladi va metanni
ajratish uchun (demetanizatorga) ajratish uchun beriladi. Kolonna 6,1 MPa
bosimda va yuqori qismidagi 30
о
С haroratda ishlaydi. Kolonnaning yuqorisidan
chiqadigan vodorod-metan aralashmasi sovutgichdagi (36) propan bilan
sovutiladi va ajratgichda (37) kondensatdan ajratiladi. Kondensat nasos (39)
bilan kolonnaga (35) sug‗orishga beriladi, vodorod-metanli aralashma esa
issiqlik almashtirgich (34) orqali qurilmadan chiqariladi.
Qoldiq kondensat kolonnadan (35) 4,41-4,7 MPa bosim ostida
ishlayotgan kolonnaga (40) (deetanizatorga) oqib o‗tadi. Kolonnaning
yuqorisidan chiqariladigan etan-etilen fraksiyasi vodorod bilan qo‗shiladi,
qizdirgichdagi (41) bug‗ bilan qizdiriladi va atsetilenni (42) selektiv gidrirlash
reaktoriga GIPX-108 katalizatorida 1,96—2,45 MPa bosimda to‗planadi.
Katalizator sovutgichda (43) sovutiladi va ajratgichda (44) vodoroddan
ajratiladi. Vodorod IV-chi pog‗ona turbokompressorga to‗planadi, etan-etilen
fraksiyasi nasos (45) yordamida kolonnani (40) sug‗orishga beriladi va
ajratishga etilen kolonnasiga (46) 1,47—1,57 MPa bosimda va 150S yuqoriga
241
haroratda beriladi. Kolonnaning yuqori qismi propan bilan sovutiladi. Etilen gaz
ajratgichdan (47), issiqlik almashtirgichdan (33) o‗tadi va qurilmani tark etadi.
Kolonnaning pastki qismidan (46) etan chiqariladi, piroliz pechiga (6)
yo‗naltiriladi. Qoldiq kolonnadan (40) kolonnaga (49) oqib o‗tadi
(depropanzatorga). Kolonnaning yuqorisidan chiqariladigan propan-propilen
fraksiyasi qizdirgichda (50) bug‗ bilan qizdirilgandan keyin reaktorga (50)
selektiv gidrovkalashga beriladi. Sovutgichda (52) sovitilgan gidrogenizat
ajratgich yordamida (53) vodoroddan ajratiladi.
Vodorod IV-chi pog‗onadagi turbokompressordan olinadi, propan-
propilen fraksiyasi nasos (54) yordamida propilen kolonasiga (55) beriladi. Bu
fraksiyaning bir qismi sug‗orish sifatida kolonna orqali (49) sirkulyatsiya
qilinadi. Propilen kolonnasidagi bosim 1,96-2,16 MPa, yuqorida harorat 40-
45°С bo‗ladi. Kolonnaning (55) yuqorisidan chiqadigan propilen sovutgichda
(56) sovitiladi va kondensatsiyalanadi, yig‗gichda (57) to‗planadi, u yerdan
nasos (59) yordamida qisman kolonnaga (55) sug‗orishga beriladi, qolgan qismi
issiqlik almashtirgich (32) orqali qurilmani tark etadi. Propan kolonnaning (55)
pastki qismidan pirolizga yoki qurilmadan chiqariladi. Qoldiq kolonnadan (49)
butanli kolonnaga (60) oqib o‗tadi (debutanizatorga), bosimi 0,69 MPa, harorati
yuqorida 50°С Butan-butilen fraksiyasi kolonnaning yuqorisidan chiqadi va
sovutgichda (61) kondensatsiyalanadi hamda yig‗gichga (62) oqib o‗tadi va
nasos (64) bilan qurilmadan haydab chiqariladi. Fraksiyaning bir qismi sug‗orish
uchun kolonnaga (60) beriladi va kolonnaning pastki qismidan piroliz smolasi
olib chiqiladi. Kolonnaning pastki qismi (35,46,55 va 60) bug‗li qaynatgichlar
(38,48,58 va 63) yordamida qizdiriladi.
|