-rasm. Koksning mahmum suyultirilgan qatlamini to‗xtovsiz haydaydigan




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

5.10-rasm. Koksning mahmum suyultirilgan qatlamini to‗xtovsiz haydaydigan 
qurilma apparatining texnologik sxemasi: 
1-havo purkagich; 2-o‗txona; 3-ajratgi-sovutgich; 4,12-siklonlar; 5-koks qizdirgich; 6-
taqsimlash panjarasi; 7,8-pnevmo transport chizig‗i; 9-hom-ashyoni taqsimlagich; 10-qaynoq 
oqimni uzatish chizig‗i; 11-reaktor; 13-parallel-kondensator (skrubber); 14-16,20,21,29-
nasoslar; 17,22,26,28-havoli sovutish appartlari; 18-rektifikatsiya kolonnasi; 19-
bug‗lantiruvchi kolonna; 23-sovutgich; 24-suv-gaz-ajratgich; 25-issiqlik almashtirgich; 27-
bug‗ generatori. 
Skrubberning yuqori qismiga sug‗orish sifatida sovutilgan og‗ir gazoyl‘ 
beriladi. Bug‗li mahsulotlar bilan og‗ir gazoylni kontakti hisobiga bug‗larning 
og‗ir komponentlari ham kondensatsiyalanadi. Kondensatsiyalangan aralashma 
(retsirkulyat) skrubberning (13) ostki qismidan olinadi va nasos (15) bilan 
reaktorga (11) yo‗naltiriladi. 
Skrubberga cho‗kkan koks-issiqlik tashuvchilarning yupqa qatlamlari 
kokslanish jarayonida (balans koksi) reaktorning bug‗lantirish seksiyasini pastki 
qismiga tushadi, bunda u suv bug‗ining qarshi oqimi balan shamollatiladi. Keyin 


233 
esa ular egilgan quvur uzatma bo‗yicha (8) (havo transporti) aralashadi va koks 
qizdirgichga (5) beriladi. Havo purkagich (1) yordamida koks qizdirgichning 
taqsimlash panjarasining tagi qismidan (6) sirkulyatsiyalanadigan koksni 
belgilangan haroratda qizdirish uchun hajmiy havo beriladi. Koks balansdagi 
koksning bir qismini yoqish issiqligi hisobiga qizdiriladi. Yoqiladigan mahsulot 
(mo‗ri gazlar) ikki pog‗onali siklonlardan (4) o‗tadi, undan juda kichik koks 
zarralari ajraladi va bug‗li qozon utilizatorga to‗planadi (sxemada 
ko‗rsatilmagan). 
Koks qizdirgichda qizdirilgan (5) koks egilgan quvur uzatma (7) orqali 
pnevmo transportga reaktorga (11) qaytariladi. Suv bug‗i ham tashuvchi muhit 
hisoblanadi. Yoqiladigan koksning miqdori yangi paydo bo‗ladigan koksning 
miqdoridan kam, uning ortiqchasi fraksiya ko‗rinishida yirik zarrachalar bilan 
ajratgich-sovutgich (3) tizimi orqali to‗xtovsiz chiqarib ketiladi. Juda kichik 
zarrachalari ajratgich-sovutgichdan koks-qizdirgichga (5) qaytariladi. Koksning 
alohida kichik zarrachalarini yirik o‗lchamidan ajratish ajratgichning pastki 
qismidan beriladigan suv bug‗i yordamida ta‘minlanadi. Ajratgichning pastki 
qismidan (3) chiqariladigan koks suv bug‗i yordamida qabul qilgichga tashiladi 
(sxemada ko‗rsatilmagan). Reaktor blokida sirkulyatsiya bo‗ladigan koks 
zarrachalarining o‗lchami 0,075 dan 0,300 mm. gacha, balans qismi esa -0,4 mm 
va undan katta. 
Koks zarrachalarining ―qaynoq oqimi‖ koks-qizdirgichning (5) yuqoridagi 
reaktorning (11) tubi teshiklaridan chiziq (10) orqali beriladi. Bunda sharoitda 
bug‗lardagi koks zarrachalarining konsentratsiyasi oshadi: siklonlarning usti 
(12) qismiga zarrachalarning mexanik ta‘siri, ularning kokslanishini oldini 
oladi. Kolonnaning yuqori qismidan (18) chiqadigan benzin va suv bug‗lari, 
kokslanish gazi havoli sovutish apparatida (22) va sovutgichda (23) sovutiladi 
va suv-gaz-ajratgichda (24) to‗planadi. Bu yerda mahsulotlar yog‗li gazga, 
nobarqaror benzinga va suvli kondensatga ajratiladi. Benzin nasos (29) 
yordamida qisman sug‗orishga kolonnaning yuqoridagi likopchaga (18) beriladi, 
uning balans miqdori issiqlik almashtirgichdan keyin (25) barqarorlashtirishga 


234 
yo‗naltiriladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Koksning mahmum suyultirilgan qatlamini to‗xtovsiz haydaydigan

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish