Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

KR 
KK 
ZK 
Vodorod 

5,50 

0,40 
16,00 
2,50 




Metan 
2,65 
12,50 
34,00 
32,50 
34,40 
11,00 




Etilen 



4,50 
29,30 
6,00 


0,12 
3,50 
Etan 
13,32 
24,50 
24,50 
21,50 
5,00 
8,00 
0,80 
1,60 
0,84 
5,00 
Propilen 



4,00 
10,50 
22,00 


23,00 
7,50 
Propan 
41,29 
32,00 
20,50 
15,00 
0,20 
12,50 
21,70 
46,90 
7,89 
6,60 
Izobutilen 



2,20 
1,30 
6,00 


19,81 
2,15 
ya-Butilen 



4,40 
1,20 
14,00 


18,81 
6,60 
Izobutan 
8,02 
11,00 
21,00 
7,00 

14,00 
14,80 
26,20 
17,47 
12,90 
p-Butan 
24,50 
14,50 

8,50 
0,50 
4,00 
48,20 
21,10 
4,14 
15,50 
Amilenlar 








3,07 
13,25 
Izopentan 
5,05 





8,10 
2,20 
4,43 
2,10 
p-Pentan 
3,27 
-
-
-
-
-
3,50 
2,00 
0,90 
11,50 
Geksanlar va undan 
yuqori 
1,90 





2,90 

0,06 
13,00 
qo‗shimchalar 




1,50 



0,09 
0,75 
-metan-etanli (quruq gaz), ba‘zan piroliz uchun xomashyo yoki moylarni 
chuqur parafinsizlantirish qurilmalarida sovituvchi agent va h.k. sifatida 
ishlatiladigan etan; 
pirolizda xomashyo, iste‘mol uchun siqilgan gaz va sanoat qurilmalarida 
sovuq agent sifatida ishlatiladigan propan; 


172 
-sintetik kauchuk ishlab chiqarishda alkillash qurilmasi xomashyosi 
bo‗lgan izobutan; 
-
butadiyen
olish yoki iste‘mol uchun siqilgan gaz va avtobenzinlar 
yoquvchi xossalarini rostlash uchun komponent sifatida ishlatiladigan butan; 
-izopren kauchuk va avtobenzinlarning yuqori oktanli komponentlari 
ishlab chiqarish xomashyosi bo‗lib xizmat qiluvchi izopentan; 
-piroliz, izomerlash jarayonlari va h.k.lar uchun xoshashyo pentan 
fraksiyalari. Ba‘zida pentan va undan og‗irroq uglevodorodlar fraksiyalarga 
ajratilmaydi va gaz benzini sifatida ishlatiladi. 
To‗yingan gazlar GFQlarida tarkibida olifen saqlovchi oqimlardan 
quyidagi fraksiyalar ajratiladi: 
-polimerlash va alkillash, neftkimyo sanoati jarayonlari xomashyosi – 
propan-propilen;
-metiletilketon, poliizobutilen, sintetik kauchuk va boshqa ishlab chiqarish 
uchun alkillash qurilmasi xomashyosi – butan-butilen; 
-neftkimyo xomashyosi sifatida ishlatiladigan etan-etilen va pentan-
amilen fraksiyalari. 
Uglevodorod gazlaridan GFQlarda olinadigan fraksiyalar sifati bo‗yicha 
bu neft mahsulotlari texnik shartlariga to‗g‗ri kelishi kerak. 
Uglevodorod gazlari fraksiyalanishdan oldin dastlab oltingugurt 
vodorodidan tozalash va quritish bloklariga yuboriladi. 
Neft va gazni qayta ishlash zavodlarida uglevodorod gazlarini individual 
yoki chuqur texnik fraksiyalarga ajratishning quyidagi fizik jarayonlari eng keng 
tarqalgan: kondensatsiyalash, kompressiya (bosim ostida siqish), rektifikatsiya 
va absorbsiya. GFQlarda bu jarayonlar turli kombinatsiyalarda birlashtirilgan. 
Kompreslash va kondensatsiyalash – gazni kompressorlarda siqish va 
sovutgichlarda gaz va suyuqlik ikki fazali tizimli hosil qilib sovutish 
jarayonlaridir. Bosimni ko‗tarish va haroratini tushirish bilan suyuq fazaning 
chiqishi oshadi, shu bilan birga, kondensatsiyalangan uglevodorodlar yengil 
komponentlarni aralashtirib ularni suyuq holatga o‗tishini yengillashtiradi. 


173 
Odatda sovituvchi agent sifatida suv, havo, bug‗lanuvchi ammiak, propan yoki 
etandan foydalangan holda kompreslash va sovutishning ko‗p bosqichli (2, 3 
yoki ko‗prok) tizimlari qo‗llaniladi. Siqilgan va sovitilgan gazlarni ajratish gaz 
ajratgichlar yordamida amalga oshiriladi, u yerdan esa gaz va kondensat 
rektifikatsiya yoki absorbsiya usullari orqali keyingi fraksiyalashga jo‗natiladi. 
Absorbsiya – gaz aralashmalarini suyuq yutuvchi – absorbent bilan 
xomashyodagi alohida komponentlarni tanlab yutilishiga asoslangan ajratish 
jarayonidir. Uglevodorodlarni absorbentda aralashuvchanligi - bosim ortishi, 
molekulyar massaning ortishi va jarayon haroratining absorbsiyalanayotgan gaz 
kritik haroratidan pasayishi bilan ortadi. 
Absorbsiya - qaytar jarayon va u yutilgan gazlarni suyuqlikdan ajralishi – 
desorbsiyaga asoslangan. Absorbsiya va desorbsiyaning birlashishi ko‗p 
marotaba yutuvchini qo‗llash va undan yutilgan komponentni ajratib olish 
imkonini beradi. Desorbsiya uchun qulay sharoit bu absorbsiyada 
bajariladiganiga nisbatan teskari sharoitdir, ya‘ni yuqori harorat va past bosim. 
Uglevodorod gazlari uchun eng yaxshi absorbentlar ularga tuzilishi va 
molekulyar massasi yaqin bo‗lgan suyuq uglevodorodlardir, masalan benzinli 
yoki kerosinli fraksiyalar. 
Rektifikatsiya - uglevodorod gazlarini ajratishning yakunlovchi bosqichi 
hisoblanadi. Neft fraksiyalarini rektifikatsiya qilishga nisbatan taqqoslanganda, 
siqilgan gazlar rektifikatsiyasining o‗ziga xosligi – xomashyoning qaynash 
haroratiga ko‗ra juda yaqin bo‗lgan komponentlari yoki fraksiyalarni yuqori 
aniqlikda ajratish zarurligi. Shunday qilib, etan va etilennnig qaynash haroratlari 
orasidagi farq 15°С ni tashkil qiladi. Butan-butilen fraksiyalarini ajratish eng 
kiyinroq: izobutanni normal bosimda qaynash harorati - 11,7°С, izobutilen - 
6,9°С, butenni - 1 - 6,29°С, а-butan - 0,5°С ni tashkil etadi. 
Siqilgan gazlarni rektifikatsiyalash kolonnalarida yuqori bosimlarda 
amalga oshirishga to‗g‗ri keladi, chunki suyuqlik ta‘minotini hosil qilish uchun 
kolonna yuqori mahsulotlarini sun‘iy sovutishga murojaat qilmasdan oddiy 
havoli va suvli sovutgichlarda kondensatsiyalash kerak bo‗ladi. 


174 
Ajratishning aniq sxemasini (ketma-ketligini), harorat, bosim va 
kolonnada likopchalar sonini tanlash – dastlabki gaz aralashmasi tarkibi, 
olinadigan mahsulotdan talab qilinadigan tozalik va assortimentiga ko‗ra 
aniqlanadi.
NQIZda neftzavod gazlarini ajratish uchun asosan 2 turdagi gaz 
fraksiyalash qurilmalari qo‗llanilib, ularning har biriga kompresslash va 
kondensatsiyalash bloklari kiradi: rektifikatsion - qisqa GFQ va absorbsiya - 
rektifikatsiya - AGFQ. 3.12 va 3.13 rasmlarda to‗yingan gazlarni ajratish 
uchun GFQ va moyli gazlarni fraksiyalash va katalitik kreking benzinini 
barqarorlashtirish uchun AGFQ ning prinsipial sxemasi keltirilgan (sxemalarda 
oltingugurtdan tozalash, quritish, kompreslash va kondensatsiyalash bloklari 
ko‗rsatilmagan). GFQ rektifikatsiya blokida (3.12-rasm) uglevodorod gazi 
xomashyosidan dastlab deetanizator 1 da metan va etandan tashkil topuvchi 
quruq gaz chiqarib olinadi. 1 kolonna yuqorisida ammiakli kondensator-
sovutgichda sovitilgan ta‘minotni uzatish orqali past harorat ushlab turiladi.
Deetanizator kubli qoldigi propan kolonnasi 2 ga tushadi, va u yerda bu 
kolonnaning yuqori qismidan chiqarib olinuvchi propan fraksiyasi va butan 
kolonnasi 3 ga jo‗natiluvchi С
4
va undan yuqori uglevodorod aralashmalariga 
ajratiladi. Bu kolonnaning rektifikati izobutan kolonnasi 4 da izobutanli va 
butanli fraksiyalarga ajraluvchi butanlar aralashmasidir. Kolonnaning 3 kub 
mahsuloti keyinchalik pentan kolonnasiga 5 uzatiladi va u yerdan izopentan 
kolonnasida 6 n-pentan va izopentanga ajraluvchi pentan aralashmalari yuqori 
rektifikat ko‗rinishida chiqarib olinadi. 
Kolonna 5 pastki mahsulotlari - С

va undan yuqori fraksiyalar – 
qurilmadan chiqarib olinadi. 
AGFQ qurilmalarida (3.13-rasm) katalitik kreking gazlarini deetanizatsiya 
qilish uchun fraksiyalovchi absorber 1 dan foydalaniladi. U qo‗shilgan absorber-
desorber kolonnasidir. Fraksiyalovchi absorber yuqori qismida absorbsiya, ya‘ni 
maqsadli (С
3
va yuqori) komponentlarni gazdan yutilishi, pastki qismida esa – 
absorbentni berilayotgan issiqlik hisobiga qisman regeneratsiyasi kechadi. 


175 

Download 15,32 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish