Gazokondensatni fraksiyalash texnologiyalarining o‗ziga xosligi




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

3.12. Gazokondensatni fraksiyalash texnologiyalarining o‗ziga xosligi 
Gazkondensat uglevodorodi xomashyosini qazib chiqarish va qayta 
ishlash neft va tabiiy gazga taqqoslaganda mamlakat neft gaz majmuasining 
nisbatan yangi tarmogi hisoblanadi. GK ni ochish va ishlatish tarixi sobiq 
SSSRda 1955 y. Azarbayjonning Qoradog‗ konidan boshlangan. 1961 – 1980 
yillarda GK konlari Turkmanistonda (jami 38 ta), O‗zbekistonda (52 ta), 
Qozog‗istonda (eng katta Qarachagan) va Ukrainada (SHebelinskoye, 
Glebovskoye va b.), Komi respublikalarida (Vuktil‘skoy) ochilgan. 1985 y. 
Urengoy koni ochilishi bilan GK zaxirasi markazi G‗arbiy Sibirga kuchdi. 
Hozirgi kunda ham Yamburg, Urengoy, Shimoliy Urengoy, Yen-Yaxtin, 
Tyumen viloyatining Pessov va Zapolyar, Yamal yarim orolida Xarasavey va 
Kruzenshternev, Irkutsk viloyatida Markov konlari eng katta konlar hisoblanadi.
Ishlatishga qo‗yilganlari orasida kimyoviy tarkibi bo‗yicha favqulodda 
unikal gazokondensat konlar mavjud. Misol uchun, Urengoy konidagi Senemon 
qudug‗i gazokondensati umumiy oltingugurt miqdorining kamligi (0,01% 
atrofida), naften uglevodorod konsentratsiyasining odatdan tashqari yuqoriligi 
(massaning 95,7%) va to‗liq benzin va dizel fraksiyalaridan tarkib topganligi 
bilan tavsiflanadi.
Oxirgi yillarda qayta ishlashga gaz kondensati keng jalb qilinadigan 
bo‗ldi. Qazib chiqarish joyida ajratilgan gaz kondensati barqarorlashtiriladi, 
bunda, undan С
1

4
va qisman С

fraksiyalari ajratib olinadi. Hosil bo‗lgan 
barqaror gaz kondensati asosan (85%) benzin va dizel (360°С gacha) 
fraksiyalaridan tarkib topgan bo‗ladi. Gazokondensat qazib chiqarishning 
tannarxi neftni qazib chiqarish tannarxiga nisbatan 2.4 marta past, uni qayta 


169 
ishlash mahsulotlarini ixtisosli jarayonga kiritishda esa o‗rtacha 1.5 barobar 
arzonroq neft mahsulotlari hosil bo‗ladi. Gaz kondensati neftga nisbatan yana 
bir afzallikka egaki, uni qayta ishlash katta kapital xarajatsiz neftni chuqur qayta 
ishlash va dastlabki xomashyodan motor yoqilg‗i fraksiyalarini chiqishini 
ta‘minlaydi. Yoqilg‗i olishning asosiy usuli bu gaz kondensatini alohida benzin 
va dizel fraksiyalariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydashdir. 
Ko‗p hollarda benzin fraksiyalari kichik oktan soniga ega bo‗ladi va 
qo‗shimcha ravishda boyitiladi..
Ba‘zi hollarda gaz kondensatlaridan oddiy texnologiyalar bilan bevosita 
kon sharoitida dizel yoqilg‗isi olinadi va bu borish qiyin bo‗lgan uzoq 
hududlarda uning ehtiyojini ta‘minlash uchun muhimdir.
Benzinsizlantirish kolonnasi K-1 da atmosferali haydash. 
К-1 ning yuqori qismidan bevosita ELOU blokidan harorati 70 - 80°С 
bo‗lgan tuzsizlantirilgan GK ning 10-14% beriladi. Tuzsizlantirilgan GKning 
qolgan qismi issiqlik almashinuvida 160 - 170°С gacha qizdirilgach bug‗latgich 
I-1 ga jo‗natiladi, undan gaz (8...10 %) K-1 ning o‗rta qismiga tushadi, I-1 ning 
qoldig‗i esa issiqlik almashinuvida 210 - 230°С gacha qo‗shimcha qizdirilgach 
K-1 ning pastgi qismiga kiritiladi. 
М
urakkab rektifikatsiya kolonnasi K-2 da atmosferali haydash. 
I-1 қолдиғини 385°С гача қиздириш радиант қувурлари вертикал жойлашг 
П-1 pechida amalga oshiriladi, bu bilan bug‗ va suyuq fazalarni quvur kesimi 
bo‗ylab (quruq devor) effektini hosil qilmasdan quvurlarni qizdirib tekis 
tarqalishini ta‘minlaydi. K-2 yon quvuridan: bug‗latish kolonnasi K-3/1 orqali 
kerosin fraksiyasi; K-3/2 orqali yengil dizel fraksiyasi, og‗ir dizel fraksiyasi esa 
bug‗latmasdan olinadi. K-2 yuqori qismidan og‗ir benzin fraksiyasi chiqarilib, 
K-1 yengil benzini bilan birgalikda K-4 kolonnasida barqarorlashtiriladi. 
Chiqarib olinayotgan oqimlar issiqligidan to‗liqroq foydalanish uchun har bir 
olinuvchi yon oqim ostidan va olinuvchi og‗ir dizel fraksiyasi ustidan 
sirkulyatsiya ta‘minoti qo‗llaniladi. K-2 haydash seksiyasiga mazutni bug‗latish 
uchun qizdirilgan suv bug‗i beriladi. 


170 
K-5 kolonnasida mazutni vakuumli haydashni suv bug‗ini qo‗llamasdan 
yuqorida bosim 2,7 kPa (20 mm sm. ust.) va bug‗latish zonasida 4,7 kPa (35 mm 
sm. ust.) bo‗lganida amalga oshriladi. K-5 istiqbolda vakuum gazoylini qaynashi 
bilan 540°Сda oluvchi chuqur vakuumli kolonna sifatida loyihalangan 
(faqatgina, hozirgi vaqtda odatiy vakuumli haydash rejimida ishlatilmoqda). K-5 
elakli kesishib oquvchi nasadkalarning beshta moduli bilan ta‘minlangan. K-5 
yon quvuridan bug‗latilmasdan 360°С da dizel fraksiyasi va 360 - 500 (540)°С 
da vakuum gazoyli olinadi. Kolonnada ikkita sirkulyatsion ta‘minotdan 
foydalaniladi – biri -K-5 yuqorisida, ikkinchisi – konsentratsiyalash zonaning 
o‗rta qismida. Evaparatsiyalash qismi ustidagi qoraygan fraksiya va kolonna 
pastida issiqlik almashgichdagi mazutning sovigan 
kvenchini 
retsirkulyatsiya 
(yoki chiqarib olish) nazarda tutilgan. M-2 pechidagi mazutni qizish harorati 
390 - 420°С ni tashkil qiladi. K-5 yuqori qismi harorati 30°С atrofida ushlab 
turiladi va bu uchta bug‗ ejektor va yopiq turdagi sig‗imli-ajratgichlardan 
tuzilgan kondensatsiyalash-vakuum hosil qiluvchi tizim ishini anchaga 
yengillashtiradi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Gazokondensatni fraksiyalash texnologiyalarining o‗ziga xosligi

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish