• 3.9-rasm. Qalpoqcha va klapanlarning turlari
  • * —, ** — rostlanadigan kesimli kontakt fazalari.  3.8-rasm. Massa almashinuv jarayonlari kontakt qurilmalari klassifikatsiyasi




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    * —, ** — rostlanadigan kesimli kontakt fazalari. 
    3.8-rasm. Massa almashinuv jarayonlari kontakt qurilmalari klassifikatsiyasi 
    Kesishib oquvchi likopchalar (elaksimonini hisobga olmaganda), 
    suyuqlikning ularda bo‗lish vaqti boshka turdagi likopchalarga nisbatan 
    ko‗proqligi uchun, ajratuvchi qobiliyatining kattaligi bilan tavsiflanadi. 
    Qalpoqchali likopchalarning kamchiligi solishtirma unumdorligining pastligi, 
    nisbatan 
    yuqori 
    gidravlik 
    qarshilik, 
    metall 
    sig‗imining 
    kattaligi, 
    tayyorlanishning murakkabligi va narxining yuqoriligi hisoblanadi.
    Parchalovchi elakli likopchalar qalpoqchali likopchalarga nisbatan 
    kichikroq gidravlik qarshilikka, yuqori unumdorlikka hamda tor ishchi 
    diapazonga ega. Ular vakuumli kolonnalarda ko‗proq qo‗llaniladi. 
    Klapanli va ballastik likopchalardan, asosan gaz tezligining o‗zgaruvchan 


    162 
    sharoitlarda ishlashga mo‗ljallanganligi sababli oxirgi vaqtlarda foydalanilishi 
    kengroq tarqalmoqda va kontakt qurilmalarining eski konstruksiyalarini asta - 
    sekin siqib chiqarmoqda.
    3.9-rasm. Qalpoqcha va klapanlarning turlari
    qalpoqchalar: a-dumaloq; b-oltiburchakli; v-to‗g‗ri burchakli; g-tarnovli; d - S-simon; 
    klapanlar: ye-to‗g‗ri burchakli; j-pastki cheklagichli dumaloq; z- yuqori cheklagichli 
    dumaloq; i-ballastli; k-kesishib oquvchi ejeksion diskli; l-kesishib to‗g‗ri oquvchi plastinkali; 
    m- S-simon klapanli qolpoqcha; 1- likopcha diski; 2-klapan; 3-cheklagich; 4-ballast 
    Klapanli likopchalarning ishlash prinsipi shundan iboratki, likopcha 
    tuynugi ustida erkin yotuvchi turli shakldagi klapan likopcha tekisligi va klapan 
    orasidagi bo‗shliq maydoni qiymatini gazbug‗ yuklamasiga bog‗liq holda 
    avtomatik rostlaydi va bu bilan gazning doimiy (klapanning ko‗tarilish 
    balandligi chegarasida) tezligini va o‗z navbatida likopchada umumiy gidravlik 
    qarshilikni ta‘minlaydi. Klapanning ko‗tarilish balandligi cheklagich(to‗siq) 
    (kronshteyn, oyoqchalar) balandligi bilan cheklanadi. 
    Ballastli likopchalar klapanli likopchalardan ularda yengil klapan va 
    cheklagich orasida klapandan og‗irroq bo‗lgan ballast o‗rnatilganligi bilan 


    163 
    farqlanadi. Klapan gaz va bug‗ning katta bo‗lmagan tezligida ko‗tarilishni 
    boshlaydi. Natijada ballastli likopcha, faqatgina klapanli likopchaga nisbatan 
    ishga ancha ertachiroq kirishadi, kengroq ishchi diapazoniga, anchagina ajratish 
    samaradorligiga (15...20 % ga) va kichik gidravlik qarshilikka (10.15 % ga) ega 
    bo‗ladi.
    Aralash qalpoq-klapanli likopchalar qalpoqchaliga nisbatan ko‗proq 
    rivojlanayotgan va samaraliroqdir. Shunday qilib S – simon likopcha klapan 
    bilan quyidagicha ishlaydi: gaz (bug‗) past tezliklarda S – simon elementlar 
    kesik joylari orqali o‗tadi va gaz ma‘lum tezlikka erishganda klapanni ishga 
    qo‗shadi. Likopchalarning bunday ikki bosqichli ishi rektifikatsion kolonna 
    unumdorligini 25....30% ga oshirishga va ishchi yuklamasining keng 
    diapazonlarida ajratishning yuqori samaradorligini saqlashga imkon beradi. 
    Kesishib to‗g‗ri oquvchi likopchalar kesishib oquvchilardan, ularda gaz 
    (bug‗) energiyasi suyuqliklarning likopcha bo‗ylab yo‗naltirilgan harakatini 
    tashkil etishda foydalaniladi, bu bilan ko‗ndalang notekislik va suyuqlikning 
    likopchada qayta aralashib ketishining oldi olinadi va natijada kolonnaning 
    unumdorligi oshadi. Faqatgina ularda kontakt samaradorligi kesishib oquvchi 
    likopchalarga nisbatan birmuncha kamroq. 
    Klapanli likopchalar yangi avlodlari orasidan, mamlakatlar NQIZlariga 
    joriy qilinishi neftni haydash qurilmalari texnik-ikqtisodiy ko‗rsatgichlarini 
    yaxshilashga imkon yaratgan, diskli ejeksion (kesishib oquvchi) va plastinkali 
    kesishib to‗g‗ri oquvchi likopchalarni ajratish mumkin. 
    Ejeksion klapanli likopcha bu teshikli (0...90 mm) tasma va qo‗yuluvchi 
    uskunali likopcha. Likopcha tasmasi teshiklariga, ejeksiyali kanallarga 
    suyuqlikning bir tekis oqishi uchun taqsimlovchi tumshuqqa ega bo‗lgan, 
    suyuqlik ejeksiyasi uchun teshigi (kanali) bo‗lgan botiq diskdan (0 - 110 mm) 
    iborat klapanlar o‗rnatiladi. Klapanlar 4 ta cheklovchi oyoqchalar va 12 ta 
    ejeksiyali kanallarga ega. Ularning qalinligi 0,8...1,0 mm bo‗lgan 
    zanglamaydigan po‗latdan shtamplab tayyorlanadi. Bitta klapan massasi bor 
    yo‗qi 80 - 90 gr ni tashkil qiladi (bug‗ muhitli kapsulali esa – 5 - 6 kg). 


    164 
    Bug‗larning minimal yuklamasida klapanlar dinamik rejimda ishlaydi. 
    Yuklamani oshirish davomida klapanlar cheklagichga tirgalguncha ko‗tariladi 
    va klapanlar ustida suyuqlik ejeksiyasi boshlanadi hamda bu klapan ustidagi 
    bo‗shliqda suyuqlikning jadalroq aralashuviga imkon beradi. Klapandagi 
    taqsimlovchi tumshuq kolonna to‗xtatilganda likopchadan suyuqlikning to‗liq 
    oqimini ta‘minlaydi. 
    Sanoat-tajriba sinovlari ularning quyidagi yuqori ishlatish afzalliklarini 
    ko‗rsatadi: yuklamaning keng diapazonlarida suyuqlikni olmasdan turib tekis va 
    barqaror ishlashini; favqulodda yuqori FIK (~ 80 - 100%), qalpoqchali 
    likopchalar unumdorligidan ~ 20% ga oshuvchi yuqori unumdorlik va h.k.
    3.10-rasmda ba‘zi likopchali kontakt qurilmalarining samaradorliklari 
    taqqoslanishi keltirilgan. Ko‗rinib turibdiki, gidgavlik qarshilik bo‗yicha eng 
    yaxshi ko‗rsatgichlarga elakli va S – simon klapanli likopchalar, FIK bo‗yicha 
    esa – ballast klapanli va S – simon klapanli likopchalar ega. 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    * —, ** — rostlanadigan kesimli kontakt fazalari.  3.8-rasm. Massa almashinuv jarayonlari kontakt qurilmalari klassifikatsiyasi

    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish