Rektifikatsiya kolonnasidagi bosim va harorat rejimini tanlash




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

3.8. Rektifikatsiya kolonnasidagi bosim va harorat rejimini tanlash 
Flegmalar soni, likopchalar soni va turining qabul qilingan qiymatlarida 
haydash jarayonining iqtisodiy ko‗rsatgichlariga kolonnadagi bosim va harorat 
rejimi ko‗proq ta‘sir ko‗rsatadi. Bu ikki ishchi parametrlar bir - biriga o‗zaro 
bog‗liq: misol uchun, faqatgina bosim talab qilingan harorat rejimini hisobga 
olmagan holda optimallashtirish mumkin emas va aksincha. 
Rektifikatsiya kolonnasida texnologik parametrlarni optimallashtirishda 
shunday bosim va harorat qiymatlarini tanlash maqsadga muvofiqki bo‗ladi va 
ular: 
-ajratuvchi tizimning kritikdan uzoq (aks holda rektifikatsiya jarayonini 
amalga oshirish mumkin emas) holatini ta‘minlaydi va nisbiy uchuvchanlik 
koeffitsiyentining kattaroq qiymatini ham ta‘minlashi mumkin; 
-xomashyo va haydash mahsulotlarining issiqlik ta‘sirida parchalanish 
yoki ularni apparatlar va kommunikatsiyalarda kristallanish ehtimolini bartaraf 
etadi; 
-rektifikatsiya bug‗larini kondensatsiyalashda arzon va mavjud sovuq 
agentlardan (suv, havo) va kub suyuqligini isitish va bug‗latish uchun arzon 
hamda mavjud issiqlik tashuvchilardan (masalan, yuqori bosimli suv bug‗i) 
foydalanish, shuningdek sovutgich, kondensator, issiqlik almashinuvchi va 
isitgichlarning talab qilingan yuzasini kamaytirish imkonini beradi. 
-rektifikatsiya kolonnasi bilan material va issiqlik oqimlari bilan 
bog‗langan apparat va jarayonlarning normal ishini ta‘minlaydi;
-solishtirma unumdorlik, kapital va foydalanish xarajatlar bo‗yicha 
optimal darajani ta‘minlaydi. 
Bosim miqdori bo‗yicha, neft xomashyosini haydashda sanoat 
qurilmalarida qo‗llaniladigan rektifikatsiya kolonnalarini quyidagi turlarga 
bo‗lish mumkin: 


156 
a)barqarorlashgan va benzinsizlangan neftlarni mazut va yoqilg‗i 
fraksiyalarga haydashda qo‗llaniladigan, atmosfera bosimidan birmuncha 
balandroq bosimda (0,1...0,2 MPa) ishlovchi, atmosfera bosimli; 
b)mazutni vakuumli (chuqur vakuumli) gazoyl yoki toza moyli fraksiyalar 
va gudronga fraksiyalash uchun mo‗ljallangan, ta‘minlash zonasida qoldiq 
bosim (mos ravishda ~ 100 i 30 gPa)da vakuum (yoki chuqur vakuum) ostida 
ishlovchi, vakuumli (chuqur vakuumli); 
v)neftlarni barqarorlashtirish yoki benzinsizlantirishda, gaz benzinlarni, 
neftni haydab olingan benzinlarni barqarorlashtirishda va yo‗ldosh neft gazlari 
yoki neft zavodi gazlarini fraksiyalash va ikkilamchi jarayonlarida 
qo‗llaniladigin, yuqori bosimda (1.4 MPa), ishlovchi kolonnalar. 
Rektifikatsiya kolonnasida bosimni oshirish yoki kamaytirish mos 
ravishda harorat rejimining oshishi yoki kamayishi bilan olib boriladi. Shunday 
qilib, rektifikat sifatida propanni olish uchun kolonnaning yuqorisidagi talab 
qilinadigan harorat, bosim 0,1 va 1,8 MPa bo‗lganda mos ravishda -42 va +55°С 
ni tashkil qiladi. Rektifikatsiyalashning ikkinchi variantini afzalligi ko‗rinib 
turibdiki, yuqori bosim, propan bug‗larini kondensatsiyalash uchun maxsus 
sovituvchi agentlar va qimmat past haroratli sovutish tizimlaridan emas balki, 
suvdan foydalanishga imkon yaratadi. Haydash, masalan vakuum ostida haydab 
xomashyoni qizdirish haroratidan 100 - 150°С ga ortiqcha haroratda qaynatib 
neft fraksiyalarini sezilarli parchalanishlarsiz (buzilishsiz) olish imkonini beradi.
Harorat rejimi bosim bilan bir qatorda jarayonning eng asosiy 
parametrlaridan biri hisoblanib, uning o‗zgarishi rektifikat mahsuloti sifatini 
rostlaydi. Rostlashning eng muhim nuqtasi bu kiritiluvchi xomashyo va 
kolonnadan olinadigan rektifikat mahsulotlarining harorati hisoblanadi.
Sanoat uskunalaridan foydalanish amaliyoti shuni ko‗rsatadiki, neftni 
atmosfera bosimi ostida haydash rektifikatsiya kolonnasini ta‘minlash zonasida 
harorat 320 - 360°С bo‗lganda, mazutni vakuumli haydash esa isitgichdan 
chiqishdagi harorat 430°С dan yuqori bo‗lmaganda amalga oshiriladi. 
Suv bug‗i bilan haydashda kub qoldig‗i harorati odatda xomashyoni 


157 
qizdirish haroratidan 20 - 30°С pastroq, bug‗latish kolonnasidan chiqayotgan 
fraksiyalar esa bug‗latish suyuqligiga tushadigan fraksiyalar haroratiga nisbatan 
10 - 15°С ga pastroq bo‗ladi. Kolonna pastiki qismiga qizdirgich orqali issiqlik 
berishda kub suyuqligi harorati tushuvchi suyuqlikning yuqori haroratiga mos 
sonlarda bo‗lishi kerak. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Rektifikatsiya kolonnasidagi bosim va harorat rejimini tanlash

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish