150
qayta ishlash texnologiyasida ba‘zi o‗ziga xosliklari bilan bog‗liq bo‗lgan
spetsifik xossalari bilan tavsiflanadi.
Neft va uning yuqori qaynovchi fraksiyalari va qoldiqlari issiqlikka yuqori
bo‗lmagan barqarorligi bilan tavsiflanadi. Ko‗pchilik neftlar uchun termik
barqarorlik harorati, taxminan dizel yoqilg‗isi
va mazut orasidagi ITK egri
chizig‗i chegarasidagi issiqlik bo‗linish chegarasiga mos keladi, ya‘ni ~
350...360°С Neftni juda yuqori haroratgacha qizdirish uning buzilishi va
natijada haydashdan olinadigan mahsulotning sifati yomonlashuvi bilan olib
boriladi. Shuning uchun neft va uning og‗ir fraksiyalarini haydash - qizdirish
haroratini chegaralash bilan olib boriladi. Ruxsat etilgan
qizdirish haroratidan
yuqori haroratda qaynovchi xomashyolar, neftdan qo‗shimcha fraksiyalarni
ajratish uchun, bunday cheklangan sharoitda, komponentlarning nisbiy
uchuvchanligini oshirishning yagona yo‗li –
vakuum ostida haydashdan
foydalanish mumkin. Shunday qilib, mazutni vakuum kolonnasining ta‘minlash
qismida ortiqcha bosim ~ 100 i ~ 20 mm sm.ust. (~ 133 va 30 gPa) bo‗lganda
haydash, gazolin (yog‗li) fraksiyalarni qaynash harorati oxiri mos ravishda 500
va 600°С bo‗lganda olish imkonini beradi. Odatda vakuumli haydashda
(shuningdek, atmosferali haydashda xam) ajratilish aniqligini oshirish uchun
yengilroq fraksiyalarni bug‗latish uchun suv bug‗larini haydash qo‗llaniladi.
O‗z navbatida, neftning termik nobarqarorligi bosqichidan
kelib chiqib uning
chuqur aniqlikda haydash (ya‘ni to gudrongacha fraksiyalarni olish)
texnologiyasi minimum 2 bosqichni o‗z ichiga olishi kerak: yoqilg‗i
fraksiyalarini olish bilan kechadigan mazutgacha bo‗lgan atmosferali haydash va
gazolin (moyli) fraksiyalarni olish va gudron qolishi bilan kechadigan mazutni
vakuum ostida haydash.
Neft fraksion tarkibga ajralish va komponentlarning mos ravishda
uchuvchanligi bilan tavsiflanadigan ko‗p komponentli xomashyodir. Hisob-
kitoblar shuni ko‗rsatadiki, nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyenti qiymati neft
fraksiyalari og‗irlashishi bilan, shuningdek fraksiyalar
qaynashining harorat
oralig‗ini qisqarishi bilan uzluksiz (eksponensial) pasayadi. Neft
151
xomashyosining bu o‗ziga xosligi haydab ajratish aniqligiga, asosan yuqori
qaynovchi fraksiyalarga nisbatan va fraksiyalar tozaligiga nisbatan ham ma‘lum
cheklovlarni yaratadi. Iqtisodiy nuqtai nazarda, haydash jarayonlardan,
misol
uchun, individual toza uglevodorod yoki neftning yuqori tozalikdagi
fraksiyalarini ajratishni talab qilish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun neftni
qayta ishlashda yetarlicha katta harorat oralig‗ida qaynovchi quyidagi yoqilg‗i
va gazolin fraksiyalari olinilishi bilan qanoatlaniladi:
benzinli past qaynovchi 140°С (180°С);
kerosinli 140 (180)...240°С;
dizelli 240....350°С;
vakuumli distillyat (vakuumli gazoyl‘) 350.400°С, 400.450°С va 450 -
500°С
Og‗ir qoldiq - gudron > 490°С (> 500°С).
Ba‘zida qoldiqda katyol yoqilg‗isi sifatida ishlatiladigan mazut > 350°С
olinadigan atmosfera bosimida neftni chuqur bo‗lmagan haydash bilan
cheklanadi.
Neftning yuqori qaynovchi qoldiq fraksiyalari, haydash jarayonida
distillyatga tushganda ularning foydalanish tavsiflarini tezda yomonlashtiruvchi
va ularning keyingi qayta ishlanishini qiyinlashtiruvchi ko‗p
darajadagi
geteroorganik smola-asfaltenli birikmalardan va metallardan tashkil topadi. Bu
holat atmosferali va asosan vakuumli kolonnalar ta‘minot seksiyalarida fazalarni
aniq separatsiya qilishni tashkillashtirish zaruratini shart qilib qo‗yadi.
Kolonnalar ta‘minot seksiyasida fazalarni samarali separatsiya qilishga kub
suyuqligidan mayda tomchilar (tuman, ko‗pik, tomchilar)ni ushlovchi maxsus
ajratgichlar (parchalovchi likopchalar, nasadkalar va b)ni o‗rnatish, shuningdek
maxsus yuvuvchi likopchada bug‗ oqimini oquvchi suyuqlik bilan yuvish orqali
erishiladi. Shuning uchun va kolonna kolonnalar pastki likopchalarining ajratish
seksiyalari ajratish qobiliyatini oshirish maqsadida, xomashyoni oz miqdorda
qizdirish yo‗li bilan bir martalik qizdirish orttirmasi deb nomlanuvchi ba‘zi
orttirma ta‘minotni ta‘minlash zarur. Kolonna ta‘minot seksiyasidagi
bir marta
152
bug‗latishda haydash ulushi distillyat va yon haydash ko‗rinishida olinuvchi
mahsulotdan 2.5% ga ko‗proq bo‗lishi kerak.