143
EGga xomashyoni kiritish va undan chiqarish apparatning
pastki va yuqori
qismida joylashtirilgan quvurli teshilgan taqsimlovchi quvurlar orqali chiqariladi
hamda kiruvchi neftning oqimini bir tekis taqsimlanishini ta‘minlab beradi.
EGning pastki qismida taqsimlagich va elektrodlar oralig‗idagi tarkibida
deemulgator bo‗lgan aniq hajmdagi suvning sathi ushlab turiladi ya‘ni
deemulsiya termik ishlov berish sodir bo‗ladi va yirik suv tomchilarini
ajralishini ta‘minlaydi. Suv yuzasi va pastki elektrod tekisligi oralig‗i zonasida
neft deemulsiyasi kuchsiz elektr maydoni ta‘siriga
beriladi, elektrodlar
oralig‗ida esa – yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta‘sirida bo‗ladi.
Tuzsizlantirilgan va suvsizlantirilgan neft issiqlik almashtirgichlarda
sovutilgandan keyin tayyorlangan neft rezervuarlariga olib ketiladi,
jamlangan
qurilmalarni ETQsini seksiyasida sovutilmasdan neftni birlamchi tayyorlash
qurilmasiga beriladi.
3.5. Neft va gazni haydash jarayonlarining nazariy asoslari
Neft va gazni fizik qayta ishlash jarayonlarining asosiy qonuniyatlari,
xususan haydash va rektifikatsiyalash hamda qo‗llaniladigan apparatlarning
konstruksiyasi va ish tartiblari bilan talabalar ―Neftni
qayta ishlash jarayonlari
va apparatlari‖ kursida tanishadilar.
Shu sababli, quyida neftni kayta ishlash uchun birlamchi haydash (qayta
ishlash) va uni NQIZ larida mahsulotlarni yoki ularning komponentlarini olishni
nazarda tutuvchi ikkilamchi (fizik yoki kimyoviy) qayta ishlashdagi
jarayonlarning nazariy asoslari buyicha umumlashtirilgan ma‘lumotlar
keltiriladi.
Neft va gazni haydash va rektifikatsiyasi haqida umumiy ma‘lumot.
Haydash (distillyatsiya) – neft va gazni dastlabki aralashmadan va bir-
biridan qaynash harorati chegaralari bo‗yicha farq kiluvchi fraksiyalarga
(komponentlarga) fizik ajratish jarayonidir. Jarayon
olib borilishiga muvofiq
oddiy va murakkab haydashlarga ajratiladi.
Oddiy haydash ketma-ket, bir yoki ko‗p marotabali bug‗latib amalga
oshiriladi.
144
Ketma – ket bug‗latib haydashda neft boshlanishdan oxirgi haroratigacha
bosqichma - bosqich qizdiriladi, hosil bo‗lgan bug‗lar
uzluksiz qaytariladi va
kondensatsiyalanadi. Neft va neft mahsulotlarini bunday usulda haydash asosan
laboratoriya sharoitida fraksian tarkibini aniqlashda qo‗llaniladi.
Bir marotabali haydashda suyuqlik (neft) bug‗lari hosil qilinadi va ular
muvozanat holatga yetguncha belgilangan haroratgacha qizdiriladi va bug‗lar
suyuqlik faza – qoldiqdan bir martali ajratiladi. Bu usul, bosqichma-bosqich
bug‗latib haydashga
nisbatan, haydashning katta qismini bir xil harorat va bosim
bilan ta‘minlaydi. Bu usulning muhim ustunligi shundaki, neftni haydash
amaliyotida, neft kreking qilinmasdan turib qizdirishning cheragalangan
haroratida bug‗larni maksimal ajratishga erishishda foydalaniladi.
Ko‗p martali bug‗latib haydash oldingi jarayondan qolgan qoldiqqa
nisbatan, yanada yuqoriroq haroratda yoki pastroq bosimda bir martali haydash
jarayonini ketma-ket qo‗llashdir. Murakkab haydash jarayonlari deflegmatsiyali
va rektifikatsiyali haydash turlariga ajratiladi.