142
mukammallashtirilgan (LK-6U turidagi) qurilmalar
faqat gorizontal elektr-
gidratorlar bilan birgalikda yuqori birlik quvvatli qurilmoqda.
Hozirgi vaqtda hajmi 200 m
3
turi 2EG-200 bo‗lgan elektr-gidrotorlar
ishlab chiqarilgan va qo‗llanilmoqda (560 m
3
/soat ,D = 3,4 m va
L = 23,5 m) va
uning istiqboldagi yaxshilangan 450 m
3
hajmdagi modeli ishlanmoqda. Shu
bilan birgalikda birlik quvvatdagi elektr-gidratorlarning
takomillashtirilgan
konstruksiyalari va alohida tugunlari ishlanmoqda. Bunda neftni deemulgatorlar
va suv bilan aralashishini jadallashtiradi, gidravlik
qarshiligini pasaytiradi,
neftni kiritish joyi optimallashtiradi va gidrodinamik holatni yaxshilaydi, neftni
ikkilamchi yoki o‗chlamchi kiritishni tashkillashtiradi.
Neftni elektr tuzsizlantirish qurilmasining tartibli sxemasi 3.4-rasmda
keltirilgan. Xom neft, deemulgator va ishqorli eritma (eng oxirgisi oltingugurtli
korroziyani bostirish uchun kiritiladi) issiqlik almashgichlarda qizdiriladi
(alohida turgan ETQ si qo‗shimcha bug‗qizdirgichlari bilan birgalikda) optimal
haroratgacha
qizdiriladi, elektr-gidratorning ikkinchi pog‗onasidan chiqqan suv
bilan injektorli aralashtirgichda aralashtiriladi va ikkita
ketma-ket ishlaydigan
EG-1 va EG-2 larga uzatiladi.